To'yingan uglevodorodlar. Alkanlar. Gomologik qatori. Nomlanishi Nomenklaturasi. Organik birikmalarning tuzilish formulalariga qarab nomlash va aksincha, nomiga qarab tuzilish formulalarini tuzish imkoniyatini bera oladigan nomenklaturagina to'g'ri va ilmiy nomenklatura bo'la oladi. Organik kimyo rivojlanishining dastlabki bosqichida yangi kashf qilingan moddalarga tasodifiy nomlar berilgan. Bu tarixiy nomlar shu moddalar birinchi marta ajratib olingan tabiiy mahsulotlar nomiga (masalan, sut kislota, vino spirti), sintez qilgan va uning xossalarini o'rgangan olimlar sharafiga (Chichibabin uglevodorodi, Dils uglevodorodi, Mixler ketoni) yoki moddalarning xarakterli xossalariga qarab berilgan. Bu nomenklaturadan foydalanish qulay bo'lsada, u moddaning kimyoviy tabiati va tuzilishi haqida hech qanday ma'lumot yoki tushuncha bermaydi, balki faktik materialni o'zlashtirishni qiyinlashtiradi. Ba'zi bir murakkab hollarda esa etan asos qilib olinadi va uning uglerod atomlari va grek harflari bilan belgilanadi: , , , -tetrametil-, dietil etan Metan hosil bo'lganda gibrid orbitallar vodorod atomlarining 1 s orbitallari bilan gibrid orbitallarning o'qlari yo'nalishlarida qoplangani uchun metanda to'rtala C-H bog' ham - bog'lardir. Uglevodorodlarning tabiatda uchrashi va olinishi. Alkanlar tabiatda keng tarqalgan moddalar bo'lib, ularning quyi vakillari yer qobig'idan chiqadigan tabiiy gazlarning asosiy tarkibiy qismini tashkil qiladi. Neft ham to'yingan uglevodorodlar aralashmasining asosiy tabiiy manbai hisoblanadi. Tog' mumi, ya'ni ozokerit qattiq parafirinlar aralashmasidir. Bundan tashqari, to'yingan uglevodorodlarning ba'zi vakillari o'simliklardan ham ajratib olingan. Lekin individual ugledorodlarni tabiiy manbalardan, jumladan, neft va uning kreking mahsulotlaridan sof holda ajratib olish ko'p mehnat talab qiladigan qiyin ishdir. To'yingan uglevodorodlar. Alkanlar. Gomologik qatori. Nomlanishi. Reja: 1. Alkanlar. Gomologik qatori. 2. Alkanlarning nomenklaturasi va izomeriyasi. 3. Alkanlarning tuzilishi. sp3 - gibridlanish. 4. Tabiiy manbalari va olinishi. Uglerod atomlari o'zaro bir-biri bilan oddiy kovalent (-bog') bilan bog'langan va qolgan valentliklari vodorod bilan to'yingan organik birikmalarga to'yingan uglevodorodlar- alkanlar deb ataladi. Toyingan uglevodorodlarda uglerod atomlari birinchi valentlik holatida (sp3- gibridlangan holatda) bo'lib, uglerod zanjirini hosil qilishda sarf bo'lmagan valentlik birliklari vodorod atomlari bilan to'la to'yingan bo'ladi. Shuning uchun ular to'yingan uglevodorodlar deb ataladi. To'yingan uglevodorodlar CnH2n+2 umumiy formulaga muvofiq keladigan gamologik qatorni hosil qiladilar. Bu yerda n=1,2,3 … va h.o. butun son. Tuzilishi o'zaro o'xshash, kimyoviy xossalari esa yaqin bo'lib, tarkibi bir yoki bir necha CH2 gruppa bilan farq qiluvchi moddalar qatori gomologik qator deyiladi. Gomologik qatordagi moddalar esa gomologlar deyiladi. Gomologik qator a'zolarining fizika-kimyoviy xossalari biridan ikkinchisiga o'tganda asta-sekin o'zgarib boradi. Qatordagi ayrim a'zolarning xossalarini o'rganish bilan bu qatordagi quyi va yuqori gomologlarning xossalari haqida fikr yuriitish mumkin. Izomeriyasi. Metan, etan va propanning izomeri yo'q. Lekin butanda uglerod atomlari o'zaro ikki xil, pentanda uch xil, tartibda ...

Joylangan
11 May 2024 | 08:13:16
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
1.02 MB
Ko'rishlar soni
88 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 00:17
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
11 May 2024 [ 08:13 ]
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
1.02 MB
Ko'rishlar soni
88 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 00:17 ]
Arxiv ichida: pptx