To'yingan va to'yinmagan uglevodorodlar. Alkenlar. Etilen qatori uglevodorodlar, ularni olinishi va xossalari Reja: Alkanlar va alkenlarni olinishi, xossalari Alkinlarni olinishi, xossalari Alkanlar va alkenlarni olinishi, xossalari To'yingan uglevodorodlar yoki alkanlar deb molekulasidagi uglerod atomlari o'zaro oddiy bog'lar orqali bog'langan, CnH2n+2 umumiy formulaga javob beruvchi uglevodorodlarga aytiladi. Alkanlarning molekulasida uglerod atomlari birinchi valent sp3 gibridlangan holatda bo'lib, uglerod-uglerod va uglerod-vodorod atomlari bir-biri bilan 5 bog' orqali bog'lanadi. To'yingan uglevodorodlarning birinchi vakili metan CH4 bo'lib, undan keyingi vakillari: C2H6 etan, C3H8 propan, C4H10 butan, C5H12 pentan, C6H14 geksan va hakozo. Alkillar tarkibida tegishli alkanlardan bitta atom vodorod kam bo'ladi va CnH2n+1 umumiy formula bilan ifodalanadi. Misol. CH3-metil, C2H5-etil, C3H7-propil va hokazo. To'yinmagan uglevodorodlar. Molekulasida oddiy 5 bog'lar bilan birga тг-bog'lar saqlaydigan uglevodorodlarga to'yinmagan uglevodorodlar deyiladi. Ular тг-bog'larning soniga va joylashishiga qarab asosan 3 ga bo'linadi. 1. Alkenlar. 2. Alkinlar. 3. Dienlar. Alkenlar (bir qo'shbog'li, uglevodorodlar, olefinlar). To'yingan uglevodorodlardan ikki vodorod atomiga kam bo'lgan, o'zida bitta тг-bog' saqlagan uglevodorodlarga alkenlar deyiladi. Ularning umumiy formulasi CnH2n Alkenlarning birinchi vakili etilendir. Ya'ni C2H4; CH2 = CH2 Etilendagi bitta vodorod atomi metil radikaliga almashtirilsa, etilenning birinchi gomologi - propilen CH3-CH-CH2 hosil bo'ladi. So'ngra propilendagi vodorod metil bilan va birin ketin keyingi birikmalarda ham vodorod atomi metil radikaliga almashtirilganda to'yinmagan uglevodorodlarning gomologik qatori hosil bo'ladi. Bunday uglevodorodlar etilen qatori uglevodorodlari yoki boshqacha aytganda olefinlar deyiladi. Etilen xlor bilan birikib suyuq yog'simon modda - etilen xlorid C2H4C12 hosil qiladi. Shuning uchun etilen qatori uglevodorodlarni olefinlar deb ham aytiladi. (gar olefiant - moy hosil qiluvchi gaz). 3. Alkenlarning nomenklaturasi. Etilen uglevodorodlarning oddiy vakillari alkanlardagi «an» qo'shimchasi o'rniga «ilen» qo'shimchasi qo'shib o'qiladi. Etilen H2C =CH2; propilen CH3 - CH = CH2 Metanga to'yinmagan uglevodorod metilen (-CH2-) mos kelishi kerak edi, ammo bunday uglevodorod oddiy sharoitda mavjud emas, uning ikki molekulasi tezda birikib etilen hosil qiladi. Pentandan pentilen deb ataladigan birikma hosil bo'lishi kerak edi, lekin bunday birikma amilen deb atalgan. Bu esa, yuqoridagi qoidadan mustasno ekanligini ko'rsatadi. Olefinlarni ratsional nomenklaturaga muvofiq atashda, ular etilendagi bitta yoki bir nechta vodorod atomlarining boshqa atom yoki radikallarga almashinishidan hosil bo'lgan birikma deb qaraladi. Masalan butilenni CH3-CH2-CH = CH2 - etil etilen, amilenni CH3 -CH2 -.CH2 - CH = CH2 -propiletilen deyiladi. Alkenlar sistematik nomenklaturaga muvofiq to'yingan uglevodorodlar singari aytiladi, faqat «an» qo'shimchasi o'rniga «en» ishlatiladi. Mеtаn va etilenning оlinishi vа xоssаlаriga oidlar Аsbоb vа idishlаr: shtаtiv, gаz chiqаrish nаyi o'tkаzilgаn prоbkаli prоbirkа, spirt lаmpаli, pаxtа, kristаllizаtоr, kislоrоdli gаzоmеtr yoki kislоrоd оlish аsbоbi, chinni ...

Joylangan
11 May 2024 | 08:13:16
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
44.44 KB
Ko'rishlar soni
109 marta
Ko'chirishlar soni
13 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 00:17
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 May 2024 [ 08:13 ]
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
44.44 KB
Ko'rishlar soni
109 marta
Ko'chirishlar soni
13 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 00:17 ]
Arxiv ichida: doc