To'yinmagan kislotalar

To'yinmagan kislotalar

O'quvchilarga / Kimyo
To'yinmagan kislotalar - rasmi

Material tavsifi

To'yinmagan kislotalar To'yinmagan kislotalarning nomlanishi va olinishi. To'yinmagan kislotalarning kimyoviy xossalari. Ishlatilashi Tarkibida qo'sh bog' va uch bog' tutgan karbon kislotalar to'yinmagan kislotalarga kiradi. To'yinmagan kislotalar ratsional va xalqaro nomenklaturalar asosida nomlanadi: N-N: CH2=CH-COOH propen kislota, akril kislota. CH3-CH=CH-COOH buten-2 kislota, kroton yoki β-metilakril kislota CH2=C(CH3)-COOH 2-metilpropen kislota, metakril kislota yoki α-metilakril kislota. Ularni qo'yidagi usullar bilan olinadi: To'yinmagan spirt va aldegidlar yumshoq sharoitda oksidlansa, to'yinmagan monokarbon kislotalar hosil bo'ladi: Alkinlar CO bilan suvli muhitda nikel tetrakarbonil ishtirokida reaksiyaga kirishadi va ,-to'yinmagan monokarbon kislotalarni (V.Reppe) hosil qiladi: Galogenkarbon, gidroksikarbon kislotalardan H2O va HX ajratib, to'yinmagan kislotalar olinadi: Kimyoviy xossalari. Uch bog' tutgan to'yinmagan karbon kislotalar to'yingan kislotalarga nisbatan kuchli kislota hisoblanadi. To'yinmagan monokarbon kislotalar kislotalarning barcha funksional hosilalarini: tuzlarini, galoidangidridlarini, angidridlarini, murakkab efirlarini beradi. To'yinmagan monokarbon kislotalar to'yinmagan bog'ning xarakteriga ko'ra alkenlarga va alkinlarga xos bo'lgan birikish va polimerlanish reaksiyalariga kirishadi: Ayniqsa, ,-to'yinmagan monokarbon kislotalar oson polimerlanadi, chunki karboqsil guruh qo'sh bog'ning reaksiyaga kirishish qobiliyatini oshiradi. Akril, metakril kislotalar oson polimerlanadi va ulardan sanoatda polimer materiallar olinadi. Ayniqsa, akril kislotaning murakkab efiri, amidi va nitril birikmalari muhim ahamiyatga ega. Olein kislotasi bo'yoq sanoatida asosiy xom ashyolardan biri hisoblanadi. Adabiyot: O.YA.Neyland Organicheskaya ximiya. M.: «Viysshaya shkola». 1990. S.550-553 R.Morrison, R.Boyd Organicheskaya ximiya. M.: Mir 1974. S. 323-324 ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 25.74 KB
Ko'rishlar soni 85 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 00:17 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 25.74 KB
Ko'rishlar soni 85 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga