Tuyg'un Mirzaahmedovich Boboyev

Tuyg'un Mirzaahmedovich Boboyev

O'quvchilarga / Kimyo
Tuyg'un Mirzaahmedovich Boboyev - rasmi

Material tavsifi

Tuyg'un Mirzaahmedovich Boboev Tuyg'un Mirzaahmedovich Boboev 1941 yilning 19 martida Toshkent shahrida tug'ilgan. U 1958 yilda o'rta maktabni oltin me'dal bilan tugatgach, O'rta Osiyo Davlat universitetining kimyo fakul-tetiga o'qishga kiradi va fizikaviy kimyo kafedrasida mazkur soha bo'yicha mutaxassis sifatida shakllana boshlaydi. Bu vaqtda universitet kimyo fakultetining fizikaviy kimyo kafedrasida O'zR FAning muxbir azosi H.U. Usmonov rahbarligida yuqori molekulyar birikmalar kimyosi yo'nalishida ilmiy tadqiqotlar boshlangan bo'lib, bunga bir qator talabalar jalb qilingan edi. Bular orasida polimerlar kimyosiga qiziqish bildirgan T. Boboev ham bor edi. Navqiron talaba T. Boboevga fizikaviy kimyo va yuqori molekulyar birikmalar kimyosi bo'yicha maxsus kurslardan ajoyib ma'ruzalari bilan akademik H.U.Usmonov va yosh fan nomzodi, polimerlar kimyosi fidoiysi O'.N. Musaev katta ta'sir o'tkazgan edi. T. Boboevning ilk tadqiqotlari o'sha vaqtlarda keng urf bo'lgan atom energiyasidan tinch maqsadlarda foydalanishga bag'ishlangan radiatsion polimerlash muammolariga bag'ishlandi. Uning dastlabki ilmiy maqolalari diplom ishi asosida 1965 yilda «O'zbekiston kimyo jurnali»da polistirolning metakril kislotasi bilan payvand sopolimerlarini radiatsion usulda sintez qilish va xossalarini o'rganishga bagishlangan ikki ilmiy maqola bo'ldi. U universitetni 1964 yilda tugatgach, fizik-kimyo kafedrasida aspiranturaga qoldiriladi va tabiiy birikmalar - alkaloidlar va boshqa biologik faol birikmalar asosida yangi suvda eruvchan va fiziologik faol polimerlar sintezi bo'yicha ilmiy tadqiqotlar boshlaydi. Bu tadqiqotlar kimyo fanlari nomzodi O'.N. Musaev bilan hamkorlikdagi ilmiy izlanishlar bo'lib, unga akademik H.U. Usmonov rahbarlik qilar edi. Polimerlar sohasidagi bu dastlabki izlanishlar keyinchalik kafedrada yangi ilmiy yo'nalish ochilishiga asos bo'lib xizmat qildi. T. Boboev akademik H. Usmonov va dotsent O'.Musaev rahbarligida 1972 yilda nomzodlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli yoklaydi va kafedrada fiziologik faol polimerlar sintezi va ular xossalarini tadqiq qilish bo'yicha ilmiy izlanishlarini davom ettirdi. Uning rahbarligida sog'likni saqlash , biologiya va veterinariyaning qator muammolarini xal qilish uchun yangi suvda eriydigan funksional polimerlar sintezi va fizik - kimyoviy xossalarini o'rganish bo'yicha kompleks tadqiqotlar amalga oshirildi. Alkaloidlar va fiziologik faol moddalarning N - almashgan akril- va metakril hosilalarining radiatsion, kimyoviy initsirlangan radikal polimerlanish mexanizm i va kinetikasi har tomonlama o'rganildi. Yosh olim polimerlarning farmakologik xossalarini malum yo'nalishda o'zgartirish maqsadida erituvchining tabiati va polimerlarning kimyoviy strukturasini o'zgartirish yo'li bilan azot tutuvchi funksional monomsrlarning radikal polimerlanishini boshqarish imkoniyatlarini ishlab chikdi. T. Boboev tomonidan farmakologik va biologik faol polimerlar olish maqsadida N - almashgan akril - va metakrilamidlarning N - vinilpirrolidon bilan sopolimer-lanish qonuniyatlari tadqiq qilindi. N - almashgan akril - va metakrilamidlarning sopolimerlanish jarayoniga sekinlatuvchi sifatida ta'sir qiluvchi malein angidridi bilan sopolimerlashning spetsifik xususiyatlari, zaryad ko'chib o'tishi bilan komplekslar hosil bo'lishi va «polimerlanishning to'yinish» effekti namoyon bo'lishi ko'rsatildi. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 29.25 KB
Ko'rishlar soni 113 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 00:18 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 29.25 KB
Ko'rishlar soni 113 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga