Tuzlar gidroliziga turli xil omillarning ta'siri 8-sinf Kimyo fani darsligi asosida 30-mavzu Reja: Tuzlar gidrolizi Harorat ko'tarilganda tuzlarning gidrolizlanishi Eritmalar suyultirilganda gidroliz darajasi Tuzlar gidrolizi ularning tabiatiga, eritma konsentratsiyasi va haroratiga bog'liq ekanligini bilib oldik. Demak, kuchsiz kislota va kuchsiz asosdan hosil bo'lgan tuzlar to'la gidrolizga uchraydi. Harorat ko'tarilganda tuzlarning gidrolizlanishi ortadi, chunki haroratning ortishi suvning dissotsiatsiya H2O H+ + OH- muvozanatini o'ngga siljitadi. Ba'zan tuzlarning odatdagi sharoitda bormaydigan gidroliz bosqichlari yuqori haroratda sodir bo'ladi. Masalan, FeCl3 tuzi uch bosqichda gidrolizlanadi. Odatdagi sharoitda bu tuz gidrolizining faqat I bosqichi amalga oshadi: FeCl3 + HOH HCl + Fe(OH)Cl2 Eritmalar suyultirilganda gidroliz darajasi ortadi. Buni SbCl3 tuzining gidrolizi misolida ko'rish mumkin: SbCl3 + 2H2O Sb(OH)2Cl + 2HCl Lekin eritma qaynatilsa, uning II bosqichi ham sodir bo'ladi: Fe(OH)Cl2 + H2O HCl + Fe(OH)2Cl Qizdirish davom ettirilsa, II bosqichi ham sodir bo'ladi: Fe(OH)2Cl + H2O HCl + Fe(OH)3↓ Eritmalar suyultirilganda gidroliz darajasi ortadi. Buni SbCl3 tuzining gidrolizi misolida ko'rish mumkin: SbCl3 + 2H2O Sb(OH)2Cl + 2HCl Agar bu tuz eritmasiga qo'shimcha suv qo'shsak muvozanat o'ngga siljiydi va cho'kma holida Sb(OH)2Cl (yoki SbOCl - antimonil xlorid) hosil bo'ladi. Demak, eritmalarda gidroliz jarayonini sekinlashtirish uchun quyi haroratlarda va konsentrlangan holda saqlash lozim. Bundan tashqari kuchli kislota va kuchsiz asosdan hosil bo'lgan tuz eritmalarida kislotali muhitni ta'minlash, kuchsiz kislota va kuchli asosdan hosil bo'lgan tuz eritmalarida ishqoriy muhitni saqlash ham gidrolizning oldini olishi mumkin. ...

Joylangan
11 May 2024 | 08:13:16
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
2.43 MB
Ko'rishlar soni
89 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 00:18
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
11 May 2024 [ 08:13 ]
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
2.43 MB
Ko'rishlar soni
89 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 00:18 ]
Arxiv ichida: pptx