Tuzlarning erish issiqligini aniqlash va kalorimetriya REJA: Tuzning suvda erishida kuzatiladigan jarayonlar. 1 Kolorimetriya nima? 2 Kolorimetrning tuzilishi. 3 Tuzlarning erish issiqligini aniqlash. 4 Bu qonun yordamida aniq o'lchov olib bo'lmaydigan joydagi modda o'zgarishining issiqlik effektini hisoblab topish mumkin. *Masalan,to'g'ridan to'g'ri yo'l bilan o'lchash yordamida kristallogidrat hosil bo'lishining issiqlik kattaligini aniq hisoblash qiyin,chunki suv va suvsiz qattiq moddadan kristallogidrat hosil bo'lishi suvsiz modda kristallarining yuza qavati suv bilan ta'sirlashishi boshlanishida juda tez boradi. *So'ngra esa reaksiya tezligi sekinlashadi va tez tugamaydi.Bundan tashqari,moddaning suvda erish jarayoni qiyinlashadi.Ammo termokimyoning asosiy qonuni yordamida suvsiz tuzning va kristallogidratning erish issiqligini o'lchash va 1-kattalikdan 2-sini ayirish bilan issiqlikni aniqlash mumkin. Q=Qsuvsiz tuz-Qkristallogidrat. Tuz suvda erishi bilan birga yana ikki jarayon sodir bo'ladi:1.Modda kristall panjarasining buzilishi va molekulalarning ionlarga dissatsiatsiyalanishi,bunda Q1 ga teng miqdorda issiqlik yutiladi.2.Ionlarning gidratlanishi.Bunda Q2 ga teng miqdorda issiqlik ajraladi.Tuzning erish issiqligi bu ikkala jarayon issiqlik effektlarining yig'indisiga teng. Kolorimetriya nima? Kolorimetriya (issiqlikni o'lchashdemakdir) termokimyoning asosiy tajriba usuli hisoblanadi.U kimyoviy,kizik yoki biologik jarayonlarda ajraladigan yoki yutiladigan issiqlik energiyasi miqdorini aniq o'lchash uchun mo'ljal-langan.Olingan natijalar kimyoviy tajribalarni o'tkaz-may turib,qaytar reaksiyalarda hosil bo'ladi-gan muvozanatdagi aralash malar tarkibini hisoblashga imkon beradi.O'lchash kolo-rimetr deb ataluvchi max-. sus asboblarda olib boriladi. Oddiy kolorimetr idishdan iborat bo'lib,uning ichida sodir bo'layotgan jarayon issiqligi suyuqlikka uzati-ladi va suyuqlik temperaturasi aniq o'lchanadi.Su-yuqlikning issiqlik sig'imi va uning massasini bil-gan ximik temperaturaning ortishi(yoki pasayishi) ni aniq o'lchab qancha issiqlik ajralgani yoki yutil-ganini hisoblab chiqaradi.Kolorimetrlarning ko'pgi-na konstruksiyalari ishlangan.Ular absolyut nolga yaqin temperaturada ham,ming graduslik issiqda ham ishlash xususiyatiga ega.Mikroo'lchashlar uchun mo'ljallangan ixcham kolorimetr va ko'p ton-nali ulkan kolorimetrlar mavjud. Kosmik nurlar energiyasini o'lchash uchun mo'ljallangan noyob ionizatsion kolori- metr Armanistonning Aragas tog'iga o'rnatilgan.Uning og'irligi 70 tonna. Kolorimetrning tuzilishi. Tuzlarning erish is-siqligini aniqlash u-chun kolorimetrdan foydalanish mumkin. Kolorimetr 500 ml hajmli 1.dyuar idishi 2.tiqin 3.bekman termometri 4.probirka 5.shisha tayoqdan iborat. Bekman termometri Bekman termometri-bu haroratning kichik farqlarini o'lchash u-chun ishlatiladi.Uni 1905-yilda nemis kim-yogari Ernst otto Bek-man kolligativ xususi-yatlarni o'lchash uchun ixtiro qilgan. Ishning maqsadi: 1.Issiqlik effektlarini o'lchashning kolorimetrik usuli bilan tanishish. 2.Tuzning erish issiqligini aniqlash. 3.Suvsiz tuzdan kristallogidrat hosil bo'lish issiqligini aniqlash. Tuzlarning erish issiqligini aniqlash u-chun kerakli asbob va reaktivlar: Aralashtirgichli shisha idish yoki dyuar idi shi; 0,5 hajmli stakan; bekman termomet-ri; tuz uchun ampula; shisha tayoqcha; analitik tarozi; chinni hovoncha; texnik tarozi;sekundamerli soat; KNO3;CuSO45H2O; suvsiz CUSO4. Kukun holidagi 9-10 g mis kuporosi chinni tigelda suvsiz oq kukun hosil bo'lguncha aralashtirib turgan holda qizdiriladi.Olingan oq kukun darhol probirkaga solinadi va rezina tiqin bilan mahkamlanadi.Sovutilgandan so'ng ...

Joylangan
11 May 2024 | 08:13:16
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
2.61 MB
Ko'rishlar soni
119 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 00:18
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
11 May 2024 [ 08:13 ]
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
2.61 MB
Ko'rishlar soni
119 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 00:18 ]
Arxiv ichida: pptx