Uglerod va kremniy

Uglerod va kremniy

O'quvchilarga / Kimyo
Uglerod va kremniy - rasmi

Material tavsifi

Uglerod va kremniy Reja: 1.IV-A guruhcha elementlariga umumiy tavsifnoma.Uglerodning tabiatda tarqalishi 2.Uglerodning kimyoviy hossalari. Karbonat kislota tuzlari 3. Kremniyni tabiatda tarqalishi, olinishi va hossalari 4. Uglerod va kremniy birikmalarining qishloq xo'jaligidagi ahamiyati Uglerodning kimyoviy xossalarini o'ziga xosligi, muhim biogen element sifatida namoyon etadi. Uning birikmalari 10 milliondan ortib ketdi. Kremniyning birikmalari esa yer qobig'i va tuproqda ko'p miqdorda uchrashi bilan tavsiflanadi. 1.IV-A guruhcha elementlariga umumiy tavsifnoma.Uglerodning tabiatda tarqalishi IV-A guruhcha elementlariga C, Si, Ge, Sn, Pb kiradi. Bular pelementlardir. Bu elementlarning tashqi pog'onasida qo'zg'atilmagan holatda ns2 ·np2 elektronlar bo'ladi, shulardan p-elektronlar juftashmagan. Qo'zg'atilgan holatda ns2-dagi elektronlardan bittasi p-ga o'tishi natijasida s1p3 konfiguratsiyaga (4ta juftlashmagan elektronlarga) ega bo'ladi. Shuning uchun bu elementlar birikmalarida -4 dan +4 gacha oksidlanish darajalarini namoyon qiladilar. Guruhchada tartib raqamining ortishi bilan atom radiusi kattalashadi, ionlanish energiyasi esa kamayib boradi, ya'ni metallmaslik hossalari susayib, metallik hossalari kuchayib boradi. Tabiiy uglerod barqaror ikki izotopdan 126С(98,0%), 136C(1,1) tashkil topgan. 14 6С izotop havoning ustki qatlamlarida azotning neytronlari bilan to'qnashuvi natijasida kosmik nurlar ta'siridan hosil bo'ladi: 14N+01n↦11H+146C (radioaktiv izotop) 7 Uglerod tabiatda erkin va birikmalar holida uchraydi. Erkin uglerodning 4ta allotropik shakl o'zgarishi α- karbin, β- karbin, grafit va olmos ko'rinishlari ma'lum. Birikmalar holida uglerod - organik moddalar, toshko'mir, tabiiy gaz, neft, havodagi karbonat angidrid, tabiiy karbonatlar ohaktosh yoki marmar CaCO3 magnezit MgCO3, dolomit CaCO3·MgCO3, malaxit CuCO3·Cu(OH)2, gidrokarbonatlar Ca(HCO3)2 va Mg(HCO3)2 tarkiblarida uchraydi. Uglerod massa jihatidan yer po'stlog'ining 0,35%ni tashkil etadi. Uglerodning allotropik shakl o'zgarishlari. Uglerodning allotropik shakl o'zgarishlari olmos, garfit, α-karbin, β- karbinlar fizikaviy hossalari jihatidan bir-biridan keskin farq qiladi, bunga sabab ularning kristall panjaralari turlicha tuzilganligidir. Olmos yorug'ni kuchli sindiruvchi, shuning uchun yaltiroq, rangsiz kristall modda. Olmos kristallarida uglerod atomlari sp3 - gibridlangan xolatda bo'ladi. Ular o'zaro qutbsiz kovalent bog'langan. Olmosda uglerodning har qaysi atomi 4ta boshqa atom bilan qurshab olingan, bu atomlar tetraedr markazidan uning uchlari tomon yo'nalgan bo'ladi. Olmosning bu tuzilishi uning nihoyatda qattiqligini va elektr tokini umuman o'tkazmasligiga sabab bo'ladi. Zichligi ρ=3,5 gsm3 ga teng. Sun'iy olmos grafitni 200 ºC haroratda va 107 kPa bosimda qizdirib olinadi. Olmosni havosiz joyda 1800-1850o gacha qizdirilsa grafitga aylanadi. Grafit - ozgina metall yaltiroqligiga ega, to'q kulrang krisstall modda. Grafit krisstallarida uglerod atomlari sp2 gibridlangan holatda bo'ladi. Ular to'g'ri oltiburchakdan tarkib topgan yassi qatlamlar bo'lib birikkan. Ularda uglerodning har bir atomi 3ta qo'shni atom bilan kovalent bog'lanish orqali bog'langan. Har qaysi atomning valent elektroni qatlamda metallardagi kabi harakatlana oladi va uglerodning bir atomidan boshqa atomiga o'tib turadi. Mana shu ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 48.28 KB
Ko'rishlar soni 84 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 00:18 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 48.28 KB
Ko'rishlar soni 84 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga