Uglerodning davriy sistemadagi o'rni, atom tuzilishi 9-sinf Kimyo fani darsligi asosida 8-mavzu Reja: 2 3 4 Uglerod guruhidagi elementlar 1 Uglerod atomining tuzilishi Uglerod erkin holda Davriy sistemada joylashgan o'rni, Uglerod guruhi elementlari davriy sistemaning to'rtinchi guruhi bosh guruhchasida (p-elementlar) joylashgan bo'lib, tashqi energetik pog'onasida to'rtta elektron tutadi. Uglerod - tirik tabiatning asosidir. Uglerod tabiatda sof holda va karbonat minerallari shaklida uchraydi Olmos va grafit - uglerodning allotropik shakl o'zgarishlaridir. Karbin - uglerodning sun'iy allotropik shakl o'zgarishidir. Davriy sistemada joylashgan o'rni, atom tuzilishi. Uglerod davriy sistemaning uchinchi davri to'rtinchi guruh bosh guruhchasida 6-tartib raqamida joylashgan, p-elementlar oilasiga mansub. Davriy sistemada uglerod elektronlarni oson beruvchi va elektronlarni oson qabul qiluvchi elementlar orasida joylashgan. Vodorodli birikmalarida (CH4) uglerod to'rt valentlilikni namoyon qiladi. Uglerod tabiatda erkin holda va birikmalar tarkibida uchraydi. Minerallar tarkibida, asosan, karbonat kislota tuzlari holida bo'ladi, masalan, kalsit (ohaktosh) CaCO3 va dolomit CaCO3 . MgCO3 lar karbonat kislota tuzlaridir. kalsit dolomit Havoda uglerod karbonat angidrid - CO2 (uglerod (IV)-oksid) shaklida uchraydi. Uglerod - tirik tabiat, o'simlik va hayvonot olamining hamda ko'mir, neft, torflar asosini tashkil qiladi. Uglerod erkin holda grafit va olmos shaklida uchraydi. Kristall panjaralar tuzilishi fizik xossalari bilan farq qiladi. Ular atom kristall panjarali qattiq moddalardir. grafit olmos Olmos - tabiatdagi eng qattiq moddadir. Toza olmos rangsiz, tiniq, nur sindirish xususiyati kuchli, yaltiroq kristall tuzilishiga ega. Olmosda uglerod atomlari orasidagi bog' bir xil va har bir atom to'rtta boshqa atomlar bilan tetraedr uchlariga yo'nalgan kovalent bog' hosil qiladi. Grafit - metall yaltiroqligiga ega bo'lgan, yumshoq, qora rangli kristall modda. Grafit Grafitda uglerod atomlari qatlamlar holida joylashadi. Bir qatlam tekisligida joylashgan uglerod atomlari orasidagi bog'dan, qatlamlararo uglerod bog'lari kuchsizroqligi uchun qattiq yuzaga ishqalanganda grafit yemiriladi. Karbin - uglerodning sun'iy olingan allotropik shakl o'zgarishi bo'lib, atomlar chiziqli tuzilishda bog'langan. Fulleren - uglerodning 80-yillar oxirlarida kashf qilingan allotropik shakl o'zgarishi. 80 dan ortiq uglerod atomlarining 20 ta oltiburchak va 12 ta beshburchakdan iborat ikosaedr shaklida mavjud. ...

Joylangan
11 May 2024 | 08:13:16
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
3.51 MB
Ko'rishlar soni
90 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 00:18
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
11 May 2024 [ 08:13 ]
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
3.51 MB
Ko'rishlar soni
90 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 00:18 ]
Arxiv ichida: pptx