Uglerodning eng muhim birikmalari 9-sinf Kimyo fani darsligi asosida 10-mavzu Reja: Uglerodning noorganik birikmalari Uglerod (II)-oksid CO Uglerod (IV)-oksid CO2 Olinishi Ishlatilishi. Uglerodning noorganik birikmalari tabiatda keng tarqalgan bo'lib, ko'plab minerallar, tog' jinslari, havo tarkibidagi karbonat angidrid tarzida uchraydi. Uglerodning noorganik birikmalaridan ayrimlari xalq xo'jaligining turli sohalari uchun muhim xomashyo bo'lib hisoblanadi. Uglerodning organik birikmalarisiz inson hayotini tasavvur qilish qiyin. Ulardan eng muhimlari uglerodning vodorod bilan hosil qilgan birikmalari uglevodorodlar deb ataladi va ular turlicha tarkibga ega bo'ladi. Uglerod kislorod bilan ikkita oksid: uglerod (II)-oksid CO va uglerod (IV)-oksid CO2 hosil qiladi. Ularning fazoviy tuzilishlari chiziqli ko'rinishga δ- δ+ ega (:C=O: va O=C=O). Uglerod (II)-oksid CO (is gazi) - rangsiz, hidsiz, o'ta zaharli, havodan yengil, suvda kam eriydigan gaz. Befarq oksidlar sinfiga mansub. Is gazi qon tarkibidagi gemoglobin bilan kislorodga qaraganda oson birikadi. Buning natijasida organizmning kislorod bilan ta'minlanishi qiyinlashadi. Bunday holatda uzoq vaqt is gazidan nafas olinsa, o'limga olib keladi. Uglerod (IV)-oksid CO2 (karbonat angidrid) rangsiz, hidsiz, havodan og'ir gaz. Karbonat angidridni havoga nisbatan zichligi 1,52 ga teng. Olinishi. Laboratoriyada uglerod (IV)-oksid kalsiy karbonat (bo'r, ohaktosh bo'lakchalari, marmar) ga xlorid kislota ta'sir ettirib olinadi Tabiatda hayvon va o'simliklarning nafas olishida, organik qoldiqlarning chirishida, yonish jarayonlarida hosil bo'ladi. Metall oksidlari va asoslar bilan reaksiyaga kirishib tuz hosil qiladi: 2NaOH + CO2 = Na2CO3 + H2O NaOH + CO2 = NaHCO3 CaO + CO2 = CaCO3 Karbonat angidrid kislotali oksid xossasini namoyon qiladi. U suvda erib, karbonat kislota hosil qiladi: CO2 +H2O = H2CO3 Ohakli suv orqali karbonat angidrid o'tkazilganda, loyqalanish kuzatiladi (CO2 uchun sifat reaksiyasi): Ca(OH)2 + CO2 = CaCO3↓ + H2O Ishlatilishi. Sanoatda soda (ichimlik sodasi, kir soda, texnik soda) olishda, organik kislotalar sintezida, yong'inni o'chirishda, gazlangan ichimliklar tayyorlashda ishlatiladi. ...

Joylangan
11 May 2024 | 08:13:16
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
8.35 MB
Ko'rishlar soni
138 marta
Ko'chirishlar soni
15 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 00:18
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
11 May 2024 [ 08:13 ]
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
8.35 MB
Ko'rishlar soni
138 marta
Ko'chirishlar soni
15 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 00:18 ]
Arxiv ichida: pptx