Uglerodning fizik va kimyoviy xossalari 9-sinf Kimyo fani darsligi asosida 9-mavzu Reja: Tabiatda tarqalishi Fizik xossalari Kimyoviy xossalari Tabiatda tarqalishi Uglerod tirik organizmlarning asosiy tarkibiy qismidir. Neft, tabiiy gaz, torf, ko'mir, yonuvchi slanes kabi foydali qazilmalar uglerodning turli xil birikmalaridir. tabiiy gaz ko'mir slanes torf Toshko'mir uglerodga eng boy tabiiy foydali qazilmadir. Yer sharida juda ko'p tarqalgan ohaktosh CaCO3 va dolomit CaCO3 . MgCO3 lar ham uglerodning tabiiy birikmalaridir. ohaktosh dolomit Atmosferasida karbonat angidrid uchraydi, u o'simliklarning yashil barglarida fotosintezlanib, turli xildagi uglevodlarga aylanadi: 6CO2 + 6H2O = C6H12O6 + 6O2 Fotosintez natijasida hosil bo'lgan C6H12O6 dan o'simliklarning tanasini (poya, yog'och) tashkil qiluvchi sellyuloza, kraxmal (bug'doy, sholi, kartoshka), disaxaridlar (shakarqamishda, qand lavlagida), glyukoza va fruktoza (mevalarda, uzumda) hosil bo'ladi. O'zbekiston ko'mir zaxiralari bo'yicha Markaziy Osiyoda ikkinchi o'rinda turadi Ko'mir Angren, Sharg'un va Boysun konlaridan qazib olinadi. O'zbekistonda ko'mirning geologik zaxiralari 2 milliard tonnadan ortiq. Fizik xossalari Uglerod har qanday allotropik shakl o'zgarishida ham hidsiz, ta'msiz, qiyin suyuqlanadigan va odatdagi erituvchilarda erimaydigan modda. Suyuqlanish harorati 3 550°C (olmos), qaynash harorati 4 830°C (sublimatlanadi); zichligi 3 513 kgm3 (olmos), 2 260 kgm3 (grafit); izotop soni 8 (9→16). Adsorbsiya. Pistako'mir yuqori adsorbsiyalovchi xossaga ega. Adsorbsiya qobiliyati yuza maydoniga bog'liq bo'ladi. Ko'mirning adsorbentlik xossasini kuchaytirish uchun uni o'ta qizigan suv bug'i bilan faollashtiriladi Faollashtirilgan ko'mir havodagi va gazlar aralashmasidagi uchuvchan zaharli moddalarni yutishda (protivogaz); inson organizmidan zararli moddalarni tozalashda (qonni, hazm organlarini tozalash); oziq-ovqat mahsulotlarini (yog'moylarni) tozalashda ishlatiladi. N.D.Zelinskiy birinchi jahon urushi yillarida zaharli kimyoviy moddalarga qarshi aktivlashtirilgan ko'mirdan foydalanib, protivogazni ixtiro qildi. N.D.Zelinskiy Kimyoviy xossalari. Qizdirilganda ko'plab moddalar: kislorod, oltingugurt, azot, metallar, metall oksidlari bilan ta'sirlashadi; uglerod ftor bilan bevosita ta'sirlashadi (boshqa galogenlar bilan ta'sirlashmaydi): 2F2 + C = CF4 (uglerod (IV)-ftorid) Kislorod bilan kimyoviy reaksiyaga kirishib ikki xil oksid hosil qiladi: C + O2 = CO2 + 412 kJ; CO2 + C = 2CO-160 kJ 900-100°C haroratda oltingugurt bilan birikadi: C + 2S = CS2 Oraliq metallar karbidlari (titan, volfram, temir, nikel va b.) qimmatbaho xossalarga: elektr o'tkazuvchanlik, qattiqlik, yuqori haroratlarga chidamlilik, kimyoviy barqarorlik kabi xususiyatlarga ega. ...

Joylangan
11 May 2024 | 08:13:16
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
4.42 MB
Ko'rishlar soni
139 marta
Ko'chirishlar soni
31 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 00:18
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
11 May 2024 [ 08:13 ]
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
4.42 MB
Ko'rishlar soni
139 marta
Ko'chirishlar soni
31 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 00:18 ]
Arxiv ichida: pptx