Uglevodlar. Monosaxarid va disaxaridlar Reja: Uglevodlarning tuzilishi va sinflari Monosaxaridlar Disaxaridlar Uglevodlarning tirik organizmdagi ahamiyati ,,Uglevodlar'' degan nom , bu sinf birikmalarining ko'pini kimyoviy tarkibi umumiy formula bilan ifodalanganligidan kelib chiqqan bo'lib, uglerod va suvdan kelib chiqqan degan ma'noni bildiradi. Uglevodlarni keyinchalik tekshirish bu nomning aniq emasligini ko'rsatdi. Birinchidan , tarkibi bu formulaga javob bermaydigan uglevodlar ham topildi. Ikkinchidan, shunday birikmalar borki, ( formaldegid , sirka kislota ) , tarkibi umumiy formulaga to'g'ri kelsa ham , xususiyatlari jihatidan uglevodlardan farq qiladi . Uglevodlar tuzilishiga ko'ra uchga bo'linadi: Monosaxaridlar: glukoza, fruktoza riboza; Disaxaridlar (oligosaxaridlar): saxaroza, maltoza; Polisaxaridlar: kraxmal, selluloza. Monosaxaridlarni alifatik poliollarning oksidlangan mahsulotlari deb qarash mumkin. Chunki bu moddalar tarkibida gidroqsilguruhlar bilan bir qatorda aldegid yoki keton guruhlar ham bo'ladi. Ammo monosaxaridlar gidrolizga uchramaydi. Monosaxaridlarning eng muhim vakili glukoza va fruktozadir. Bu ikki monosaxaridning tarkibi formula bilan ifodalanadi. Glukoza aldegidlarga hos ba'zi reaksiyalarni , masalan, ,,kumush ko'zgu'' reaksiyasini beradi. Demak, glyukoza molekulasidagi oltinchi kislorod atomi aldegid guruh holida bo'ladi. Glukoza vodorod yodid ta'sirida qaytarilganda 2-yodgeksan hosil qiladi. Aldegid guruh uglerod zanjirining faqat oxirida turishini va bitta uglerod atomida ikkita gidroqsil guruh turishi mumkin emasligini e'tiborga olgan holda glukozaning tuzilishini quyidagicha ifodalash mumkin: Ingliz olimi U. Xeuors glukozani quyidagi olti a'zoli halqa shaklida ifodaladi va asimmetrik uglerod atomlaridagi atom va atomlar guruhini halqa tekisligini ustki yoki ostki tomonida tekislikka nisbatan tik joylashishini ko'rsatdi. Olinish usullari. Sanoatda glukoza , asosan, kartoshka yoki arpa kraxmalini mineral kislotalar ishtirokida gidrolizlash yo'li bilan olinadi: Shakarsimon moddalarni birinchi marta A.M.Butlerov 1861-yilda chumoli aldegiddan sintez qilgan . Bu reaksiya bir nacha bosqichda boradi. Dastlab ikki molekula chumoli aldegid kalsiy gidroksid ishtirokida aldol kondensatlanganda glikol aldegid hosil bo'ladi: Glikol aldegid yana bir molekula chumoli aldegid bilan reaksiyasi natijasida glitserin aldegid hosil qiladi: Xuddi shu tarzda 4, 5 va 6 molekula chumoli aldegidni reaksiyasi yoki ikki molekula glitserin aldegidning kondensatlanishidan geksozalar hosil bo'ladi: Ko'patomli spirtlarni ohista oksidlab ham olinadi. Masalan, olti atomli spirtni oksidlash natijasida glukoza olish mumkin: Molekulasida uglerod atomi ko'p bo'lgan monosaxaridlar uglerod atomlari soni kam bo'lgan aldozalardan vodorod sianid ta'sirida olinishi mumkin. Bunda aldopentozadan oksinitril olinadi va uni gidrolizlab oksikislotaga aylantiriladi: Kimyoviy xossalari. Monosaxaridlar oson oksidlanadi. Ular ishqoriy yoki neytral muhitda sekin oksidlantirilganda faqat aldegid guruh oksidlanib, oksikislota hosil bo'ladi: Monosaxaridlar aldegidlar kabi ,, kumush ko'zgu'' va Feling suyuqligi bilan sifat reaksiyalarini beradi. Monosaxaridlar qaytarilganda ko'p atomli spirt hosil qiladi. Monosaxaridlarning eng muhim kimyoviy xossalaridan biri ularning mikroorganizm chiqaradigan fermentlar ta'sirida bijg'ishidir. Hosil bo'ladigan mahsulotlarning nomiga ...

Joylangan
11 May 2024 | 08:13:16
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
173.52 KB
Ko'rishlar soni
107 marta
Ko'chirishlar soni
19 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 00:18
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
11 May 2024 [ 08:13 ]
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
173.52 KB
Ko'rishlar soni
107 marta
Ko'chirishlar soni
19 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 00:18 ]
Arxiv ichida: pptx