Uglevodlar. Monosaxaridlar. Olinishi va xossalari 10-sinf Kimyo fani darsligi asosida 30-mavzu Uglevodlar tabiatda keng tarqalgan va inson hayotida muhim ahamiyatga ega moddalardir. Ularning ayrim vakillari, masalan, kraxmal, glukoza, saxaroza asosiy ozuqa moddalardan hisoblansa, boshqalari (kletchatka yoki selluloza) o'simliklarga chidamlilik va qattiqlik beruvchi modda hamda mato, qog'oz va turli xil tolalar olishda ishlatiladi. Uglevodlar degan nomning kelib chiqish sababi shundaki, ushbu sinfning birinchi o'rganilgan vakillarining umumiy formulasi Cn(H2O)m ko'rinishga mos kelgan, ya'ni ular xuddi, uglerod va suvdan tashkil topgan degan ma'noni bildirgan. Ammo hozirda uglevodlarning ushbu formulaga javob bermaydigan vakillari ham ma'lum. Uglevodlar klassifikatsiyasi. Uglevodlarni ularning tuzilishiga ko'ra monosaxaridlar, disaxaridlar va polisaxaridlarga ajratish mumkin. Gidrolizlanmaydigan, ya'ni oddiy uglevodlarga ajralmaydigan uglevodlar monosaxaridlar deyiladi (glukoza, fruktoza, riboza). fruktoza Ko'p oddiy uglevodlar hosil qilish bilan gidrolizlanadigan uglevodlar polisaxaridlar deyiladi. Gidrolizlanganda ikkita monosaxarid molekulasiga parchalanadigan uglevodlarga disaxaridlar deb aytiladi (maltoza, saxaroza). Maltoza Saxaroza MONOSAXARIDLAR Monosaxaridlar eng sodda uglevodlar hisoblanadi. Ularning umumiy nomini molekulasidagi uglerod atomlar sonini lotincha nomiga «oza» qo'shimchasi qo'shib o'qish bilan hosil qilish mumkin. Monosaxaridlar xossalarini geksozalar misolida o'rganamiz. Ulardan glukoza eng katta ahamiyatga ega. glukoza Tabiatda tarqalishi. Glukoza sof holda yashil o'simliklarning deyarli hamma a'zolarida uchraydi. Ayniqsa u uzum sharbatida ko'p, shuning uchun glukoza ba'zan uzum shakari ham deyiladi. Asal, asosan, glukoza bilan fruktoza aralashmasidir. Odam a'zolarida glukoza muskullarda, qonda va oz miqdorda butun to'qimalarda bo'ladi. Glukozaning tuzilishi. Nemis olimi E.Fisher glukozaning kimyoviy xossalarini o'rganib, uning bir vaqtning o'zida ham ko'p atomli spirt, ham aldegid - aldegidospirtga to'g'ri keladigan formulasini taklif etdi. E.Fisher Qo'llanishi. Glukoza qimmatli ozuqa mahsuloti. U a'zolarda murakkab biokimyoviy o'zgarishlarga uchraydi, natijada fotosintez jarayonida yig'ilgan energiya ajralib chiqadi. C6H12O6 + 6O2 →6CO2 + 6H2O + Q ...

Joylangan
11 May 2024 | 08:13:16
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
4.05 MB
Ko'rishlar soni
102 marta
Ko'chirishlar soni
15 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 00:18
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
11 May 2024 [ 08:13 ]
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
4.05 MB
Ko'rishlar soni
102 marta
Ko'chirishlar soni
15 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 00:18 ]
Arxiv ichida: pptx