Uglevodlar. Uglevodlarning biologik qiymati Uglevodlarning tuzilishi va sinflanishi. Uglevodlarning inson organizimidagi fiziologik va biologik ahamiyati. Uglevodlarning hazmlanishi va so'rilishi. Uglevodlar - bu poliatomli aldegid va ketospirtlardir. Dastlabki fanga ma'lum bo'lgan uglevodlar umumiy formulasi Сn(H2O)m bo'lgani uchun uglevodlar deb nomlangan (uglerod va suvdan iborat). Uglevodlar bakteriyalar, o'simlik va hayvonotlar hujayrasining asosiy komponentlari hisoblanadi. Ular orasida molekulyar massasi kichik bo'lgan birikmalar bilan bir qatorda juda katta massaga ega bo'lgan moddalar ham bor. Uglevodlar tabiatda keng tarqalgan organik moddalar bo'lib, o'simliklar tanasining quruq og'irligini 70-80% ini, inson va hayvonlar organizmining taxminan 2% ini tashkil etadi. Uglevodlar o'simliklarda karbonat angidridni kimyoviy o'zgarishi, ya'ni fotosintez orqali hosil bo'ladi va inson hamda hayvon organizmiga asosan o'simlik mahsulotlari bilan birga tushadi. Biroq ovqatlanishda qo'shilgan uglevodlar ko'proq ahamiyat kasb etadi. FUNKSIYASI ENERGETIK FUNKSIYASI - uglevodlar inson organizmi uchun asosiy energetik modda, chunki organizmning normal rivojlanishi uchun talab etiladigan energiyaning taxminan 60% uglevodlarning organizmda parchalanishdan hosil bo'ladi. Miya faoliyati uchun esa asosiy energiya manbai glyukoza hisoblanadi. PLASTIK FUNKSIYASI - uglevodlar hujayra membranasi, nuklein kislotalar, kofermentlar, murakkab oqsillar, biriktiruvchi to'qima va boshqalar tarkibiga kiradi. HIMOYA FUNKSIYASI - uglevodlarga boy so'lak va boshqa shilliq sekretlar qizilo'ngach, oshqozon, ichak, bronxlarning ichki devorlarining turli mexanik shikastlanishlaridan; patogen bakteriyalar va viruslar kirishidan asraydi. BOSHQARUV FUNKSIYASI - ovqat tarkibidagi murakkab uglevodlarga mansub kletchatka ichaklarni mexanik ta'sirlantiradi va peristaltikani kuchaytiradi. Shuning uchun ich qotish kuzatilganda tarkibida kletchatkasi ko'p bo'lgan qora non iste'mol qilish tavsiya etiladi. SPESIFIKLIK FUNKSIYASI - uglevodlarning ayrim vakillari qon gruppalarining spetsifikligini ta'minlash: antitelalarning hosil bo'lishi; nerv impulslarini o'tkazish kabi muhim jarayonlarda qatnashadi. ZAXIRA OZUQA MODDA FUNKSIYASI - kraxmal (o'simliklarda) va glikogen (hayvon va inson organizmida) zahira oziq moddalarga kiradi. Ulardan glikogen jigar va muskul to'qimasida to'planib, lozim bo'lganda sarflanadi. Glikogen glyukozaning vaqtinchalik deposidir. Organizm bir sutkada, tarkibida 400-600 g uglevod mavjud bo'lgan oziq-ovqat qabul qilishi kerak. Uglevodlar inson ovqatlanishidagi asosiy quvvat yetkazib beruvchi makronutrientlar bo'lib, ratsionning umumiy quvvatiy qiymatining 50-70% ini ta'minlaydi. Ular metabolizlanganda, aerob hamda anaerob sharoitlarda ham birdek, makroergik birikmalar hosil qilishga qodir. 1 g uglevodning metabolizlanishi natijasida organizm 4 kkal. ga teng quvvat oladi. Uglevodlar tuzilishiga ko'ra 3 guruhga bo'linadi: Monosaxaridlar - suvda yaxshi eriydi, shirin ta'mga ega. Triozalar - 3-fosfoglitseraldegid; tetrozalar - eritroza; peptozalar - riboza, dezoksiriboza;geksozalar - glyukoza, fruktoza, galaktozalar kiradi. Disaxaridlar (hamda oligosaxaridlar) -2 tadan 10 tagacha monosaxaridlar qoldig'ini tutadi, suvda yaxshi eriydi, shirin ta'mga ega. Saxaroza (glyukoza + fruktoza); laktoza (glyukoza + galaktoza); maltoza (glyukoza + glyukoza) Polisaxaridlar- monomer soni ortishi bilan suvda eruvchanligi kamayadi, ta'msiz ...

Joylangan
11 May 2024 | 08:13:16
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
1.58 MB
Ko'rishlar soni
107 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 00:18
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
11 May 2024 [ 08:13 ]
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
1.58 MB
Ko'rishlar soni
107 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 00:18 ]
Arxiv ichida: pptx