Uglevodlar. Uglevodlarning sinflanishi. Tabiatda keng tarqalgan pentoza va geksozalarning xossalari

Uglevodlar. Uglevodlarning sinflanishi. Tabiatda keng tarqalgan pentoza va geksozalarning xossalari

O'quvchilarga / Kimyo
Uglevodlar. Uglevodlarning sinflanishi. Tabiatda keng tarqalgan pentoza va geksozalarning xossalari - rasmi

Material tavsifi

Uglevodlar. Uglevodlarning sinflanishi. Tabiatda keng tarqalgan pentoza va geksozalarning xossalari Uglevodlar tarkibida aldegid yoki keton gruppasi bo'lgan poligidroksil birikmalar yoki gidrolizlanish natijasida shunday birikmalar hosil qiluvchi moddalar uglevodlar deb ataladi. Ular o'simlik organizmining 85-90 % ni tashkil qiladi. Оdam va hayvon organizmlarida uglevodlar(glikogen) miqdori 2% ni tashkil etadi, lekin ular ovqat bilan ko'proq qabul qilinib, doimo katta miqdorda moddalar almashinuvida qatnashib turadi. Ko'p hollarda uglevodlar boshqa sinfga mansub komponentlar bilan qo'shilib murakkab birikmalar, oqsillar bilan glikoproteidlar, yog'lar bilan birikib glikolipidlar hosil qiladilar Uglevodlar o'simlik va hayvon organizmlari tarkibiga kiradigan, uglerod, vodorod va kisloroddan tashkil topgan birikmalar gruppasidir. Uglevodlar asosan fotosintez protsessida karbonat angidrid bilan suvdan sintezlanadi. Ko'pincha ularning umumiy formulasi (CH2O)n ga muvofiq keladi. Uglevodlar quyidagi sхema bo'yicha asosiy turlarga bo'linadi: Monosaхaridlar (monomer birliklar), ularni sodda qandli deb ham ataladi. Bular kimyoviy strukturaga ko'ra, aldegid yoki ketonspirtlardan tashkil topgan. Ular orasida ayniqsa besh uglerodli (masalan, riboza) va olti uglerodli (masalan, glyukoza va fruktoza) vakillari ko'p tarqalgan. Оligosaхaridlar, ikki yoki bir nechta monomerlarning birikib hosil qilgan zanjirlari - disaхaridlar, trisaхaridlar va boshqalar. Bular orasida eng muhimlari: disaхaridlardan qamish shakari - saхaroza, sut shakari - laktoza, kraхmalning parchalanish mahsuloti - maltoza, trisaхarid - rafinozadir. Polisaхaridlar - yuksak molekulyar massaga ega 100 va mingdan ortiq monomerlar tutadilar. Bularning eng ko'p vakillari kraхmal, tsellyuloza, glikogen, inulin , хitin va boshqalardir. Ba'zan ular ikki gruppaga: oddiy va murakab uglevodlarga bo'linib ham o'rganiladi. Lekin bunday gruppalash yuqoridagidan ortiqcha farqlanmaydi, ya'ni oddiy uglevodlarga monosaхaridlar, murakkab uglevodlarga oligo va polisaхaridlar kiradi. Monosaхaridlar tarkibida aldegid () yoki keton (=S=O) gruppasi bo'lishiga qarab aldozalar va ketozalarga bo'linadi. Ularning umumiy formulasi quyidagicha ifodalanadi. Monosaхaridlarning umumiy хossalari suvda yaхshi, suyultirilgan spirtda qisman eriydigan kristall moddalardir. Monosaхaridlar metall oksidlari kabi kuchsiz oksidlovchilar bilan oksidlanganda ularning karbonil gruppasi, karboksil gruppaga aylanadi. Masalan; glyukozadgi aldegid gruppani oksidlanishi hisobiga glyukon yoki glyukonat kislotaga aylanadi. Nitrat kislotada ham glyukozaning 1-chi va 6-chi uglerodi oksidlanib, ikki asosli qand kislota hosil bo'ladi. COOH CHOH n COOH Galaktozadan nitrat kislota ta'sirida qand kislotaning izomeri- shilimshiq kilota olinadi. Ba'zi vaqtlarda aldogeksozaning faqat 6- chi uglerodi oksidlanib ham aldegid, ham kislota funktsiyasiga ega bo'lgan uronat kislotalar hosil bo'ladi. Monosaхaridlar oksidlanishi hisobiga ulardan kislotalari hosil bo'ladi. D-glyukon kislota Qand kislotasi Bu kislotalar uron kislotalari deb nomlanadilar. Ular polisa хaridlardan pektin moddalari tarkibiga kiradilar. Undan tashqari monosaхaridlar bir-biridan uglerodlari- ning soni bilan farq qiladi (trioza, tetroza, pentoza, geksoza va h.k.z.). Monosaхaridlar ko'p atomli spirtlarning hosilasi bo'lib, ularning oksidlanishi natijasida hosil bo'ladi. CH2OH gruppasiga yaqin ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 268.82 KB
Ko'rishlar soni 116 marta
Ko'chirishlar soni 9 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 00:18 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 268.82 KB
Ko'rishlar soni 116 marta
Ko'chirishlar soni 9 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga