Uglevodlarning biologik qiymati

Uglevodlarning biologik qiymati

O'quvchilarga / Kimyo
Uglevodlarning biologik qiymati - rasmi

Material tavsifi

UGLEVODLARNING BIOLOGIK QIYMATI REJA: 1. Uglevodlarning tuzilishi va sinflanishi 2. Uglevodlarning inson organizmidagi fiziologik ahamiyati 3. Uglevodlarning biologik qiymati Uglevodlarning tuzilishi va sinflanishi Uglevodlar. Uglevodlar hujayraning eng muhim organik birikmalari O'simliklar quruq moddasi massasining 80% ga yaqini, hayvonlar quruq hisoblanadi. Uglevodlarning umumiy formulasi Cn(H₂O)m. Tarkibiga ko'ra uglevodlar uchta guruhga bo'linadi: monosaxaridlar, disaxaridlar va polisaxaridlardir. MONOSAXARIDLAR Monosaxaridlar kichik tarkibiy qismlarga gidrolizlanmaydigan biomo lekulalardir. Ularning nomi tarkibidagi uglerod atomi soniga bog'liq. Triozalarda uglerod atomining soni 3 ta (C3H6O3), tetrozalarda 4 ta (C4H8O4), pentozalarda 5 ta (C5H10O5), geksozalarda 6 ta (C6H12O6). Monosaxaridlarning hammasi suvda yaxshi eriydigan shirin ta'mga ega rangsiz moddalardir. DISAXARIDLAR Disaxaridlar ikkita monosaxaridning birikishidan hosil bo'ladi. Ikkita monosaxarid bir-biri bilan glikozid bog' orqali birikishi natijasida disaxarid - C12H22O11 hosil bo'ladi. С6Н12О6 + С6Н12О6 = С12Н22О11+ Н2О POLISAXARIDLAR Polisaxaridlar yuqori molekular birikmalar bo'lib, molekular massasi bir necha mingga, hatto milliongacha yetadi. Ular ta'msiz bo'lib, suvda erimaydi. Polisaxaridlar monomeri monosaxaridlardan tashkil topgan gomopolimer moddalardir. Ularning monomerlari o'zaro glikozid bog'lar orqali birikkan. С6Н12О6 + С6Н12О6 + С6Н12О6 + С6Н12О6 = (С6Н11О5)n + (Н2О) n Polisaxaridlarga kraxmal, kletchatka selluloza, glikogen, xitin va pektin kiradi. Kraxmal, kletchatka, sellulozaning monomerlari glukozadir Uglevodlarning inson organizmidagi fiziologik ahamiyati Kraxmal o'simliklar tanasida ko'p to'planadigan muhim polisaxaridlardan hisoblanadi. U o'simlik donida ayniqsa ko'p bo'ladi. Masalan, sholi va makkajo'xori donida 80% gacha, bug'doy donida 60-70% gacha, kartoshka tuganagida 20% gacha kraxmal bo'ladi. Glikogen, ya'ni hayvon kraxmali deb ataladigan polisaxarid odam va hayvon, zamburug' organizmida zaxira oziq modda sifatida uchraydi. Selluloza o'simliklar tarkibida ko'p bo'lib, ular hujayra devorining asosini tashkil qiladi. O'simliklar bargi to'qimasining 15-30% i, yog'ochligining 50% i sellulozadan iborat. Uglevodlarning organizmda bajaradigan funksiyalari xilma-xil. Uglevodlarning biologik qiymati Uglevodlar asosan o'simlik mahsulotlari tarkibida ko'p miqdorda bo'ladi. Odamning sutkalik ovqatidagi kaloriyaning 56 % uglevodlar hisobiga qoplanadi. Katta yoshdagi odam bir kunda 350-450 gramm uglevod iste'mol qilishi kerak. Asalda 80,3%, qandda 98,85 %, sigir sutida 4,7 %, bug'doy nonida 49 %, javdar nonida 44,4 %, bug'doy donida 66-75 %, dukkakli o'simliklarda 24-55 % gacha, go'shtda 1-2 %, jigarda 5%, qo'ziqorinda 1,6-34,5 % gacha, yeryong'oqda 12,5 %, pishloqda 1-1,3 %, sholi va makkajo'xorida 70-80 % gacha, shakarqamish poyasida 12 %, qand lavlagida 20-21 %, qovun mevasida 17 % gacha uglevod bo'ladi. Uglevodlar odamning asosiy energiya manbai bo'lib muskullarning harakati uglevodlardan ajralgan energiya hisobiga qondiriladi Murakkab yoki sekin uglevodlar inson tanasi uchun katta ahamiyatga ega. Ular vazn yo'qotish uchun dietada, pauerliftingda mushak massasini qurish uchun murakkab ovqatlanishda qo'llaniladi. Ammo eng muhimi, ularsiz tanamiz yog'larni ham, ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 305.24 KB
Ko'rishlar soni 92 marta
Ko'chirishlar soni 10 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 00:18 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 305.24 KB
Ko'rishlar soni 92 marta
Ko'chirishlar soni 10 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga