Uglevodlarning sinflanishi, xossalari va olinishi, ishlatilishi

Uglevodlarning sinflanishi, xossalari va olinishi, ishlatilishi

O'quvchilarga / Kimyo
Uglevodlarning sinflanishi, xossalari va olinishi, ishlatilishi - rasmi

Material tavsifi

Mavzu : Uglevodlarning sinflanishi ,xossalari va olinishi ,ishlatilishi Darsning maqsadi: Tarbiyaviy maqsad: O'quvchilar uglevodlarni inson hayotidagi ahamiyatini va o'simlik ,hayvonlarni parvarish qilish ,do'stona munosabatlarni shakllantirish. Rivojlantiruvchi maqsad: O'quvchilarni aql ,idrok,tafakkurini yozma savodxonligi,mustaqil fikrlash malakalarini rivojlantirish Ta'limiy maqsad: O'quvchilarga uglevodlar haqida tushuncha berish va mustahkamlash Darsning turi: Umumlashtirish darsi Darsning usuli :Savol-javob, kichik guruhlarda ishlash Darsning jihozi:Tarqatmalar, slayd,baholash kartoshkalari,darslik O'quvchilar 3 guruhga bo'linadi Darsning rejasi: Monosaxaridlar Disaxaridlar Polisaxaridlar O'qituvchi:Vaaleykum assalom ,bolajonlarim , Ishonchim , quvonchim ,aziz o'quvchim! O'quvchilar:Assalomu aleykum aziz ustozim , Hamisha biz sizga qilamiz ta'zim O'qituvchi:hozir darsimiz nima? O'quvchi:Hozir darsimiz kimyo O'qituvchi sabog'i: Fikrsiz aqlning zangi bo'ladi, Ilm-la egovla, yangi bo'ladi. Oynadan ibrat ol, bir kun artmasang Ustida bir enlik changi bo'ladi Bugun biz siz bilan ushbu mavzuni umumlashtiramiz. Uglevodlarning tuzilishi, formulasi Uglevodlarning sinflanishi, nomlanishi Uglevodlarning ishlatilishi Mavzu:Uglevodlarning tuzilishi, formulasi, sinflanishi, nomlanishi va ishlatilishi REJA: Uglevodlarning sinflanishi Monosaxaridlarning tuzilishi, formulasi GLYUKOZA - C6 H1206 Fizik xossalari va tabiatda uchrashi. Glyukoza (uzum qandi) - C6 H1206 - rangsiz, suvda yaxshi eriydigan, shirin ta'mli, kristall modda. O'simliklarning deyarli barcha organlarida: meva, ildiz, barg, gullari, poyasida uchraydi. Ayniqsa, uzum, shakarqamish, qand lavlagi, shirin mevalarda ko'p yig'iladi. Inson qonida 0,1% atrofida glukoza bo'ladi. 1811-yilda rus kimyogari K.S.Kirxgof kraxmalni gidrolizlab glukoza olgan. FRUKTOZA Yuqoridagilarga asoslanib, glyukoza va fruktoza uchun quyidagi tuzilish formulalarini yozish mumkin: Yuqoridagi formulalarga ko'ra, glyukoza va fruktoza aldegid va ketonlar xossalarini takrorlashlari kerak edi, lekin ular aldegid ketonlar uchun xos bo'lgan ko'pchilik reaksiyalarga kirishmaydilar. Saxaroza (qand lavlagi yoki shakarqamish qandi c12h22o11) - oq kristall modda, suvda yaxshi eriydi. Saxaroza shakarqamish poyalarida, oq qayin shirasi va ko'plab mevalar, poliz ekinlari tarkibida uchraydi. maltoza (sut qandi C12H22O11)-oq kristall moddalar, suvda yaxshi erishadi Maltoza esa asosan, hayvon sutida uchraydi. Disaxaridlarning tuzilishi, formulasi SAXAROZA - С12Н22О11 Disaxaridlar Olinishi va ishlatilishi. Saxarozani maxsus zavodlarda qand lavlagi va shakarqamishdan olinadi, maltozani hayvon sutidan va polisaxaridlar gidrolizi oraliq mahsulotlaridan ajratib olinadi. Ulardan oziq-ovqat sanoatida foydalaniladi. Kraxmal. Fizik xossalari va tabiatda uchrashi. Kraxmal-oq rangli kukun modda, sovuq suvda, spirtda, efirda erimaydi. Qaynoq suvda bo'kadi va kolloid eritma-kleyster hosil qiladi. Kraxmal eng ko'p tarqalgan o'simlik uglevodi hisoblanadi; u barglarda fotosintez jarayoni natijasida hosil bo'ladi va ildizlarda, ildiz tugunaklarida, urug' va donlarda to'planadi: Kartoshka tugunaklarida 20% atrofida Bug'doy va makkajo'hori donlarida 70% atrofida Guruchda 80% atrofida Fotosintez jarayoni quyidagi umumiy tenglama bilan ifodalanishi mumkin: 6nCO2  5nH2O h xlorofill  (C6H10O5)n  6nO2 Polisaxaridlar. Endi e'tiboringizga video rolikka qarating marhamat! Fotosintez jarayonida glukozani hosil bo'lishi Tabiiy mahsulotlarda glukozani hosil bo'lishi ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 51.49 MB
Ko'rishlar soni 83 marta
Ko'chirishlar soni 10 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 00:18 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 51.49 MB
Ko'rishlar soni 83 marta
Ko'chirishlar soni 10 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga