Uglevodorodlarning tabiiy manbalari. Neft va neftni qayta ishlash mahsulotlari 10-sinf Kimyo fani darsligi asosida 18-mavzu Uglevodorodlarning eng muhim tabiiy Neft Toshko'mir Tabiiy gaz manbalari neft, tabiiy gaz,neftning yo'ldosh gazlari va toshko'mirdir. Neft - gazsimon, suyuq va qattiq uglevodorodlarning aralashmasidan iborat moysimon, rangi - sariq yoki och-qo'ng'ir rangdan qora ranggacha, yoqimsiz hidga ega, suvdan yengil bo'lgan suyuqlikdir. Neft Neft Neftning tarkibida, uglevodorodlardan tashqari, ba'zan kislorodli, oltingugurtli va azotli birikmalar ham bo'ladi. Gaz holidagi uglevodorodlar yer tagidan tabiiy gaz yoki yo'ldosh gaz (neft qazib olishda chiqadigan gaz) holida chiqadi. Neftning tarkibiga qattiq, suyuq va gaz holidagi uglevodorodlar kiradi. Tarkibida, asosan, suyuq uglevodorodlar bo'ladigan neft - parafin asosli, qattiq uglevodorodlar bo'ladigan neft esa asfalt asosli neft deb ataladi. parafin asfalt Ba'zi olimlar neft metall karbidga (metallarning uglerodli birikmalariga) suv ta'sir etishidan paydo bo'lgan, boshqa olimlar esa neft yer ostida qolib ketgan o'simlik va hayvonlarning chirishidan hosil bo'lgan deb taxmin qiladilar. Neft suvdan biroz yengil bo'lib, amalda suvda erimaydi. Neft turli uglevodorodlar aralashmasi bo'lgani uchun uning aniq qaynash harorati bo'lmaydi. Sanoatda neftdan raketalar uchun, dizel hamda ichki yonuv dvigatellari uchun yonilg'i, surkov moylari, parafin moyi, ya'ni vazelin va boshqa mahsulotlar olinadi. I. Gazolin, ya'ni benzinlar fraksiyasi. Bu fraksiya molekulasida uglerod atomlarining soni 5 dan 9 tagacha bo'lgan uglevodorodlardan iborat bo'lib, ulardan quyidagi mahsulotlar olinadi: 1. Yengil benzin gazolin yoki petroley efiri. Petroley efiri, asosan, erituvchi sifatida ishlatiladi. 2. O'rtacha benzin benzin fraksiyasi texnikaning qaysi sohasida ishlatilishiga ko'ra aviatsion, avtomobil benzini va hoka'zolarga bo'linadi. Texnikada o'rta benzin fraksiyasi, asosan, ichki yonuv dvigatellarida yonilg'i sifatida ishlatiladi. 3. Og'ir benzin yoki boshqacha aytganda, ligroin. Bu fraksiya dizel dvigatellari uchun yonilg'i sifatida ishlatiladi. Bu fraksiyani tashkil qilgan uglevodorodlar molekulasida uglerod atomlarining soni 9 dan 16 tagacha bo'ladi. Kerosin fraksiyasi maxsus usullar bilan tozalangach, traktor dvigatellarida va uy-ro'zg'orda yonilg'i sifatida ishlatiladi. II. Kerosin fraksiyasi. Bu fraksiyadagi uglevodorodlar molekulasida uglerod atomlarining soni 16 va undan ortiq bo'ladi. II. Qoramoy (mazut) fraksiyasi. Qoramoy qayta ishlanganda, masalan, haydalganda, u parchalanib ketishi mumkin. Shu sababli mazut suv bug'i vositasida yoki vakuumda haydaladi. Qoramoyning turli fraksiyalari haydalib bo'lgach, qolgan qoldiq gudron deb ataladi. Gudrondan asfalt tayyorlanadi. Neft krekingi benzinning chiqish unumini oshirishga imkon beradi. Kreking so'zi inglizcha so'z bo'lib - parchalanish demakdir. ...

Joylangan
11 May 2024 | 08:17:20
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
8.95 MB
Ko'rishlar soni
116 marta
Ko'chirishlar soni
10 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 00:19
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
11 May 2024 [ 08:17 ]
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
8.95 MB
Ko'rishlar soni
116 marta
Ko'chirishlar soni
10 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 00:19 ]
Arxiv ichida: pptx