Uglevodorodlarning tabiiy manbalari. Tabiiy gaz va toshko'mir 10-sinf Kimyo fani darsligi asosida 19-mavzu Tabiiy gaz tarkibida ko'proq molekulyar massasi kichik bo'lgan uglevodorodlar bo'ladi. Odatda, neft tarkibida erigan holda uni qazib olishda ajralib chiqadigan yo'ldosh gazlar ham tabiiy gazlar jumlasiga kiradi. Yo'ldosh gazlar tarkibida metan kamroq, lekin metan, propan, butan va yuqori uglevodorodlar ko'proq bo'ladi. propan metan butan Neftning yo'ldosh gazlari tabiatda neftdan yuqorida yoki bosim ostida unda erigan holda bo'ladi. Yo'ldosh gazlardan, shuningdek neftni krekinglashda olinadigan gazlardan past temperaturalarda haydash yo'li bilan alohida-alohida uglevodorodlar olinadi. Propan va butandan degidrogenlash yo'li bilan to'yinmagan uglevodorodlar - propilen, butilen va butadiyen olinadi Gazdan polimer materiallar - polietilen, polivinilxloridlar olish mumkin. Elektrkimyo kombinatlarida asetilendan sirka aldegid, benzol, sirka kislota, etil spirt, kauchuk va boshqa moddalar, vodoroddan esa ammiak, nitrat kislota, kaliy, natriy va ammoniyli selitralar olinadi. sirka kislota sirka aldegid Metanni suv bilan yuqori haroratda katalizator ishtirokida qizdirib is gazi va vodorod olinadi. Bu aralashma sintez gaz deyiladi. CH4 + H2O CO + 3H2 Tabiiy gazlarni qayta ishlashning ko'p usullari ishlab chiqilgan. Qayta ishlashdan asosiy maqsad - to'yingan uglevodorodlarni to'yinmagan uglevodorodlarga aylantirishdan iborat. Toshko'mir. Yoqilg'i sifatida ishlatilishidan tashqari, undan metallurgiya sanoatida rudalardan temirni suyuqlantirib olishda ko'p miqdorda kerak bo'ladigan koks ham tayyorlanadi. Toshko'mir maxsus koks pechlarida havosiz sharoitda qizdirib, quruq haydaladi (kokslanadi), bunda uchuvchan moddalar, uglerod va kul aralashmasidan iborat g'ovak birlashma (substansiya) - koks hosil bo'ladi. Toshko'mirni quruq haydash yo'li bilan smola olinadi. Toshko'mir smolasi tarkibida aromatik va geterosiklik birikmalar bo'ladi. Ammiak suvi ammiak, ammoniy xlorid va karbonatdan iborat suvli eritma bo'lib, undan azotli o'g'itlar ishlab chiqarishda foydalaniladi. Koks gazi tarkibiga benzol, toluol, ksilollar, fenol, ammiak, vodorod sulfide va boshqa moddalar kiradi. Koks gazidan ammiak, vodorod sulfid alohida ajratilgandan so'ng benzol va boshqa qimmatbaho moddalar olinadi. ...

Joylangan
11 May 2024 | 08:17:20
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
3.32 MB
Ko'rishlar soni
120 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 00:19
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
11 May 2024 [ 08:17 ]
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
3.32 MB
Ko'rishlar soni
120 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 00:19 ]
Arxiv ichida: pptx