Umumiy tushunchalar va holat tenglamalari

Umumiy tushunchalar va holat tenglamalari

O'quvchilarga / Kimyo
Umumiy tushunchalar va holat tenglamalari - rasmi

Material tavsifi

Umumiy tushunchalar va holat tenglamalari Reja: Sistema. Sistemaning holati. holat tenglamasi. Partsial molyar kattaliklar. Kimyoviy o'zgaruvchilar. Energiya, ish, issiqlik. Termodinamikaning o'rganish obyekti termodinamik sistema hisoblanadi. Sistema deb amalda yoki farazan atrof muhitdan ajratilgan alohida jism yoki jismlar guruhiga aytiladi. Reaksiya ketayotgan idish, galvanik element kabi obyektlarni sitema deb hisoblash mumkin. Agar sistemaning tarkibiy qismlari bo'lgan jismlar va modda o'rtasida issiqlik almashinishi kechayotgan bo'lsa, hamda sistema to'la termodinamik parametrlar bilan tavsiflanadigan bo'lsa sistema termodinamik sistema deyiladi. Sistema bilan bevosita yoki bilvosita ta'sirlashadigan har qanday narsa atrof muhit bo'ladi. Atrof muhit shunday katta o'lchamga egaki, issiqlik berilishi yoki issiqlik olinishi natijasida uning temperaturasi o'zgarmaydi deb hisoblanadi. Atrof muhit bilan o'zaro munosabatiga ko'ra sistemalar ochiq, yopiq va izolyatsiyalangan sistemalarga bo'linadi. Ochiq sistemalar atrof muhit bilan modda va energiya almashina oladi. Misol uchun eritma solingan ochiq kolbadan erituvchi bug'lanishi, kolba atrof muhit ta'sirida isishi yoki sovushi mumkin. Yopiq sistemalar atrof muhit bilan modda almashmaydi, lekin energiya va ish almashinishi mumkin. Masalan zich yopilgan kolbadan erituvchi bug'lanib chiqib ketmaydi, lekin atrof muhit ta'sirida isishi yoki sovushi mumkin. Izolyatsiyalangan sistemalar atrof muhit bilan modda ham, energiya ham almashmaydigan sistemalardir. Sistemaning ichida uning issiqroq va sovuqroq qismlari orasida issiqlik almashinuvi, energiyaning o'zaro ichki aylanishi, kontsentratsiyalarning tenglashuvi sodir bo'lishi mumkin, lekin sistemaning ichki energiyasi doimiy bo'ladi. Ayrim sistemalarni izolyatsiyalangan holatga o'tkazish mumkin. Masalan reaksion kolbani termostatga joylashtirib, kimyoviy reaksiya davomida energiya o'zgarishini qizdirish uskunasini yoqib yoki o'chirib boshqarish mumkin, bunda sistemaning umumiy energiyasi doimiy bo'ladi. Sistema bir xil fazadan tashkil topsa gomogen, har xil fazalardan tashkil topsa geterogen deyiladi. Faza geterogen sistemaning bo'linish sirtlari bilan ajratilgan va barcha nuqtalarida bir xil fizik xossalarga ega bo'lgan qismidir. Har qanday sistemaning holati alohida xossalarining yig'indisi va termodinamik parametrlarning qiymatlari bilan xarakterlanadi. Sistemaning barcha kimyoviy va fizik xossalari yig'indisi sistemaning holati deyiladi. Sistemaning holati sistemaning tajriba yo'li bilan o'lchanadigan intensiv xossalari orqali ifodalanadigan termodinamik parametrlar yordamida xarakterlanadi. Sistemaning intensiv xossalari deb, massaga bog'liq bo'lmagan va sistemalar o'zaro tutashganda tenglashadigan xossalariga aytiladi. Bunga temperatura, bosim, zichlik, kontsentratsiya, kimyoviy potentsial kiradi. Sistemaning massaga bog'liq xossalari ekstensiv xossalar deyiladi. Bunga massa, hajm, issiqlik sig'imi, ichki energiya, entalpiya, entropiya, termodinamik potentsiallar kiradi. Intensiv xossalar sistemaning tabiatiga bog'liq va additiv xossaga ega emas. Ekstensiv xossalar esa sistemaning tarkibiy qismlarini ekstensiv xossalari yig'indisiga teng, yani additiv xossaga ega. Bevosita o'lchash mumkin bo'lgan parametrlar holatning asosiy parametrlari deyiladi. Bevosita o'lchab bo'lmaydigan parametrlar (ichki energiya, entalpiya, entropiya, termodinamik potentsiallar) holatning asosiy parametrlari funksiyalari (holat funksiyalari) deyiladi. Shuni ham takidlash ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 16.07 KB
Ko'rishlar soni 75 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 00:19 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 16.07 KB
Ko'rishlar soni 75 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga