V a guruhcha elementlari

V a guruhcha elementlari

O'quvchilarga / Kimyo
V a guruhcha elementlari - rasmi

Material tavsifi

V A guruhcha elementlari Reja: 1. guruhcha elementlarining umumiy xarakteristikasi. 2. Azot, olinishi, fizikaviy va ximiyaviy xossalari. 3. Azotning vodorodli birikmalari va ularning olinishi, xossalari. 4. Azotning kislorodli birikmalari va ularning olinishi, xossalari. 5. Azotning kislotalari va tuzlari, olinishi, xossalari. 6. Azot va uning birikmalarini ishlatilishi. 7. Fosfor va uning tabiatda tarqalishi. 8. Fosforning allotropik shakllari, olinishi, xossalari. 9. Fosfor birikmalari, xossalari, ishlatilishi. 10. Mishyak guruhchasi elementlarining umumiy xarakteristikasi. Beshinchi guruh asosiy guruhchasi elementlari azot, fosfor, mishyak, surma va vismutdan iboratdir. Ushbu guruhcha elementlarining xossalari bir - biridan keskin farq qiladi. Azot gaz holatdagi moddadir. Fosfor qattiq holatdagi metallmasdir. Mishyakdan vismutga utgan sari metallik xossalar kuchayaveradi. Azotdan vismutga utgan sayin elementlarning E+5 ionlar radiusi kattalashib, nisbiy elektromanfiyligi va ionlanish energiyasi kamayib boradi. quyidagi jadvalda elementlar xossalarining o'zgarishi o'z ifodasini topgan: Elementlarning guruhchada tartib rakamning ortishi bilan metalmaslik xossalari susayib va metallik xossalari ortadi. Bu elementlar birikmalarida -3, 0, +3, +5 oksidlanish darajalarini namoyon qiladi. Fakat azot -3 dan +5 gacha bo'lgan barcha oksidlanish darajasidagi birikmalarni hosil keladi. AZOT YA guruhchaning birinchi elementi bo'lib, ko'p urganiladigan metalmaslar katoriga kiradi. Azot (N2) rangsiz, xidsiz, mazasiz gaz. havodan ozgina yengil (28 u.b.), yonmaydi, yonishga yordam bermaydi, suvda juda oz eriydi (1 l suvda 15 ml azot eriydi). Temperatura pasayishi bilan eruvchanligi ortadi. Azot erkin holatda havoning 78,2% - ini tashkil qilib, birikmalar, minerallar tarkibida va tirik organizmlarda uchraydi. Olinishi. Sanoatda azotni suyultirilgan havoni rektifikatsiyalash yo'li bilan olinadi. Laboratoriyada azot ammoniy nitritni kizdirib olinadi: NH4NO2 N2 + 2H2O Azotning birikmalarda oksidlanish darajalari kuyidagicha bo'lishi mumkin: -3, -1, +1, +2, +3, +4, +5. Azot molekulasi N2 - ning elektron konfiguratsiyasi: (sbogl)2 (sbush)2 (x,Vbogl)4 (zbogl)2 bo'lib, bu molekulasida azot atomlari orasi uchlamchi bog N N(dNN = 0,1055 nm), borligidan dalolat beradi. Shuning uchun xam azot molekulasi juda barqaror N2 2N; H0298 945 kj, K298 = 10-12 Xatto 300S issiqlikda azot molekulasining dissotsiyalanishi 0,1% -ni tashkil etadi. Erkin xoldagi azot fakat litiy metali bilan bevosita birikib 6Li + N2 2Li3N litiy nitridni hosil qiladi. Bunday nitridlar (Na3N, K3N, Mg3N2, Ca3N2, AlN) tegishli metallarni azot atmosferasida kizdirish bilan hosil kilinadi. Bu reaksiyalarda azot oksidlovchilik xossalarini namoyon qiladi. Ularda N3 xolida bo'ladi. Nitridlar suvda yaxshi eriydi: Li3N + 3H2O 3LiOH + NH3 larni hosil qiladi. Azot metallmaslardan H2, O2, Cl2 gazlari bilan ta'sirlashadi. Vodorod bilan ta'sirlashganda oksidlovchi, boshqa metallmaslar bilan ta'sirlashganda qaytaruvchi xossasini namoyon qiladi. AZOTNING VODORODLI BIRIKMALARI Azot vodorod bilan NH3 ammiak, N2H4 gidrazin, N2H2 diimid birikmalarini ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 48.65 KB
Ko'rishlar soni 84 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 00:19 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 48.65 KB
Ko'rishlar soni 84 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga