V guruhning P - elementlari Reja: 1. Umumiy xarakteristika 2. Azot, tabiatda uchrashi, olinishi, xossalari 3. Forfor, olinishi, xossalari, birikmalari 4. Fosforli o'g'itlar Beshinchi guruhning p - elementlariga azot - N, fosfor - R, mish'yak - As, surma Sb va vismut Bi elementlari kiradi. Bu elementlar V - guruhning asosiy guruppacha elementlari hisoblanadi, azot bilan fosfor tipik metallmas, surma amfoter, mishyak va vismut metallardir. Azot, fosfor, mishyak, surma va vismut atomlarining sirtki qavatida beshtadan (ya'ni S2 P3) elektron bo'ladi. Azotdan vismutga tomon elementlarning atom radiuslari ortib boradi; chunonchi, azot atomi kichik atom, uning yakka bog'lanishdagi kovalent radiusi 0,71 0A ga teng. Fosforning kovalent radiusi 1,10 0A ga, mishyakniki 1,16 0A , surmaniqi 1,34 0A va nixoyat vismut atomining kovalent radiusi 1,460A. Azot atomlari o'zaro juda maxkam uch karrali bog' (N?N) hosil qiladi; azotning bir atomi atrofida faqat uchta kislorod atomi joylana oladi; fosfor, mishyak, surma va vismut atomlari o'zaro faqat yakka bog'larnigina hosil qiladi; ularning atomlari atrofida uchdan ortiq kislorod atomlari joylasha oladi. Bu elementlarining o'z birikmalaridagi oksidlanish darajalari +5 dan -3 ga qadar bo'ladi. Azotdan fosforga utilganda elementlarning +5 valentlik holati ancha mustahkamlanadi; lekin fosfordan vismutga utgan sayin +5 valentlik holatning mustahkamligi kamayadi; N2O5 - P2O5-AS2O5-Sb2O5-Bi2O5 qatorida N2O5 dan Vi2O5 ga utilganda kislotali xossalar susayib, asosli xossalar kuchayadi. Bu guruppacha elementlarining 5 valenti holatdagi gidroksidlari (HNO3, H3PO4, H3AsO4, H[Sb(OH)6]) da element atomining koordinasion soni azotdan surmaga utganda 3 dan 6 ga qadar ortadi, chunki surma atomining kavalent radiusi nisbatan katta bo'lganligi uchun uning atrofiga oltita kislorod atomi joylana oladi. Bu birikmalarning oksidlovchilik xossalari 5 valentli holatning barqarorligi o'zgarishiga muvofiq keladi. Chunki HNO3 - nitrat kislota kuchli oksidlovchi lekin ortofosfat kislota H3PO4 xech qanday oksidlash xossalarni namoyon qilmaydi. Arsenat kislota H3AsO4 va stibat kislota N[Sb(OH)6] lar kislotali muhitda ma'lum darajada oksidlovchi moddalardir. Besh valentli vismutning birikmalari kislotali muhitdagina emas, xatto ishqoriy muhitda xam kuchli oksidlovchilardir. Bu elementlarning +3 valentlik holati azotdan vismutga utgan sayin mustahkamlana boradi. Elementlarning +3 valentli holatiga muvofiq keladigan gidroksidlarining asosli xarakteri azotdan vismutga utgan sari kuchayib boradi; chunonchi: HNO2 va H3PO3 - kislotalar bo'lib, H3AsO3- amfoter xossaga ega (lekin bunda kislotali xossalar ustun turadi); Sb(OH)3; xam amfoter modda, ammo unda asosli xossalar ustun turadi; Bi (OH)3 esa faqat asos xossalariga ega, u amfotermas gidroksid. Bu gidroksidlar qaytarish va oksidlash xossalarini namoyon qila oladi. +3 valentlik holatdagi As, Sb va Bi birikmalarining qaytaruvchilik xossalari As dan Bi ga utgan sayin kamayib boradi. N, P, As, Sb va ...

Joylangan
11 May 2024 | 08:17:20
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
23.41 KB
Ko'rishlar soni
127 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 00:19
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 May 2024 [ 08:17 ]
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
23.41 KB
Ko'rishlar soni
127 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 00:19 ]
Arxiv ichida: doc