Vaker jarayoni, vinilastetatni sintez reakstiyasi, oksosintez

Vaker jarayoni, vinilastetatni sintez reakstiyasi, oksosintez

O'quvchilarga / Kimyo
Vaker jarayoni, vinilastetatni sintez reakstiyasi, oksosintez - rasmi

Material tavsifi

Vaker jarayoni, vinilastetatni sintez reakstiyasi, oksosintez Reja: Vaker jarayoni Vinilastetatni sintez reakstiyasi Vaker jarayoni To'yinmagan uglevodorodlarning galogenli hosilalaridan muhim tehnik ahmiyatga ega bo'lganlari vinilxorid, allil xlorid, xloropren va boshqalardir. Vinil xlorid - rangsiz gaz, - 13˚S da suyuqlikka aylanadi. U ko'proq hidlansa uxlatadi. Laboratoriyada vinil xlorid etilenni kislorod katalizatorligida xlorlab olinadi: Sanoatda vinilxlorid, asosan, astetilendan olinadi. Buning uchun astetilenga simob tuzlari katalizatorligida vodorod xlorid ta'sir ettiriladi: Rasm-1. Astetilenni gidroxlorlab vinilxlorid olish texnologik sxemasi. 1- qizdirgich, 2,6,10- sovutgich, 3-tindirgich kolonnasi, 4- ajratgich, 5-reaktor, 7,9-skruber, 11- kompressor, 12,13-rektifastiya kolonkasi, 14-seperator, 15-deflekmator, 16- kizdirgich. Undan tashqari, vinilxlorid sanoatda dixloretandan vodorod xloridni chiqarib yuborish yo'li bilan ham olinadi: Vinilxlorid yorug'lik, issiqlik ta'sirida hamda katalizator va inistiatorlar ishtirokida polimerlanadi, natijada yuqori molekulyar birikma - polivinilxlorid hosil bo'ladi: Polivinilxlorid turli xil plastmassa buyumlar tayyorlashda, jumladan elektr asboblari yasashda, elektr simlari va kabellarning ustini qoplashda ishlatiladi. Polivinilxloriddan turli laklar va ximiyaviy tolalar ham olinadi. Qurilishda ishlatiladigan linoleum ham polivinilxlorid asosida olinadi. Bulardan tashqari, vinil xloridning ko'pchilik sopolimerlari ham sanoat ahamiyatiga ega. Allil xlorid - rangsiz suyuqlik, 45˚da qaynaydi, qo'llansa hidli, ko'zdan yosh oqizadi. Laboratoriyada allil xlorid allil spirtga fosfor (V) -xlorid ta'sir ettirib olinadi. Allil xlorid sanoat miqyosida propilenni 400-450˚S da xlorlash usuli bilan olinadi: Reakstiya yuqori temperaturada o'tkazilganda xlor qo'sh bog'ga birikmasdan, balki vodorod atomini siqib chiqaradi, ya'ni vodorodga almashinadi. Allil xloriddan allil spirt va sintetik glisterin olinadi. Xloropen (2-xlorbutadien-1.3) 59˚S da qaynaydigan suyuqlik. Xloropen sanoatda astetilendan olinadi. Buning uchun avvalo vinilastetilen olinib, so'ngra unga vodorod xlorid biriktiriladi: Xloropren sanoatda sintetik kauchuk - nairit olishda ishlatiladi. To'yinmagan uglevodorodlarning poligalogenli hosilalari, ko'pincha, astetilendan olinadi. Astetilen xlorlanganda ikki xil modda (I, II) hosil bo'lishi mumkin: I modda simmerik dixloretilen, II modda esa astetilen tetraxlorid yoki simmetrik tetraxloretan deyiladi. Ammo astetilen xlorlanganda, ko'pincha avval tetraxloretan hosil bo'dib, so'ngra unga rux kukuni ta'sir etirilganda simmetrik dixloretilenga aylanadi: Bu moddalar yaxshi erituvchi bo'lishiga qaramay, erutuvchilar sifatida ishlatilmaydi, chunki zaharlidir. Simmetrik tetraxloretandan vodorod xlorid chiqarib yuborilganda trixloretilen hosil bo'ladi: Trixloretilen suyuuqlik, deyarli zaharsiz, yonmaydi. Sanoatda erutuvchi sifatida ishlatiladi. Uning qo'sh bog'i polimerlanish reakstiyasiga juda ham qiyinchilik bilan kirishadi. Ba'zan trixloretilen turli sintezlarda xom ashyo sifatida ishlatiladi. Trixloretilendan tashkari sanoatda erituvchi sifatida ishlatiladigan tetraxloretilen (perxloretilen) xam mavjud. UЦ uglevodorodlarning polixloridli birikmalaridan, masalan uglerod turt xloriddan, osnrogi geksaloretandan olinadi. Buning uchun geksaxloretan (ALCI3) katalizator ishtirokida qizdiriladi. Tetraxloretilen ham deyarli zaharsiz erituvchidir. Bu modda ham trixloretilenga o'xshash polimerlanish reakstiyasiga qiyin kirishadi (yuqori bosim, temperatura va muhum katalizator vozitasida), ba'zan esa kirishmasligi ham mumkin. To'yinmagan uglevodorodlarning ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 1.64 MB
Ko'rishlar soni 82 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 00:19 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 1.64 MB
Ko'rishlar soni 82 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga