vegetatsion va mizemetrik tajribalar Reja: 1. Vegetatsion tajribalarning mohiyati va turlari. 2. tuproqli vegetatsion tajribalar. 3. Kumli vegetatsion tajribalar. 4. Suvli vegetatsion tajribalar. 5. Ozuka aralashmasini tayyorlash. 6. Lizimetrik tajribala va lizimetrlarning turlari. 7. Tayanch iboralar 8. o'z-o'zini tekshirish uchun savollar 9. Foydalanilgan adabiyotlar. 1. Vegetatsion tajribalarning mohiyati, ahamiyati va turlari. Vegetatsion tajribalar olib borish uslublari agrokimyoda keng qo'llaniladigan uslub bo'lib, bunda o'simliklarning o'sishi va rivojlanishi uchun muhim bo'lgan omillar namlik harorat yorug'lik ozuklanish va boshqalarni boshqarish va hisobga olish anchagina qattiq tartib ostida olib boriladi. Agrokimyoda vegetatsion tajribalar olib borish uslubliyotining rivojlanishining Bussengo, Timiryazev, Pryanishnikov,Kossovich,Gedroyts va boshqa kupgina olimlarning olib borgan ishlari bilan bog'liqdir. Agrokimyoviy tekshirishlarda vegetatsion uslubni vazifasi jarayonlarning mohiyatini ochish va alohida omillarning ahamiyatini, birinchi galda o'simlik , tuproq va o'g'itlarning rolini, ana shu rolni aniklashga imkon beradigan kulay sharoitlarda aniq bilib olishdan iboratdir, degan edi D.N. Pryanishnikov. tadqiqot maqsadlariga karab vegetatsion uslub mustaqil yoki dala tajribalariga qo'shimcha ravishda o'tkazilishi mumkin. Vegetatsion tajribalar sun'iy yoki yarim sun'iy sharoitlarda o'tkaziladi va ularda o'simliklarning oziqlanishi, tuproqlarning suv rejimi hamda ularda sodir buladigan ayrim kimyoviy, fizik-kimyoviy va fiziologik jarayonlar urganiladi. Vegetatsion tajribalarda o'rganish obyekti bo'lib, o'simlik, tuproq va o'g'it xizmat qiladi. J. Bussengo birinchilardan bo'lib, tajriba o'tkazishning vegetatsion usulidan foydalangan va aytish mumkinki, shu usulning asoschilaridir biridir. K. A. Timiryazev vegetatsion tajribalarni o'simliklarning oziqlanishini o'rganishdagi muhim usul sifatida yuqori baholagan edi. tuproq , o'simlik va o'g'itlar orasidagi o'zaro taxsir jarayonining alohida xususiyatlarini bilish, o'rganish uchun yana xam anikrok maxlumotlar olish uchun vegetatsion tajribalardan foydalaniladi. Vegetatsion tajribalar yordamida o'simliklarning oziqlanishi, o'g'itlardagi ozik-moddalarning uzlashtirilishi, tuproq unumdorligi, yaxni dehqonchilikda moddalar aylanishini chuqurrok ochib beradi. Vegetatsion tajribalarda olib borilayotgan ishlarning maqsad va vazifalariga karab, etishtirilayotgan ekinlar bir necha kungacha yoki tulik pishguncha xam turishi mumkin. ko'p yillik tajribalarda esa byuir necha yillargacha xam etishtirilishi mumkin. Bunday tajribalar sunxiy shuaroitda, maxsus va vegetatsion uylarda, idishlarda olib boriladi. Vegetatsion tajribalar bir necha xil bo'ladi: - tuproqli muhitda vegetatsion tajribalar olib borish; - kumli muhitda vegetatsion tajribalar olib borish; - suvli muhitda vegetatsion tajribalar olib borish; - oqib turadigan eritmalarda ekin o'stirish. - alohida ajratib qo'yilgan sharoitda oziqlantirish va boshqalar. Lekin bu ularning orasida, asosan uch turidan kuprok foydalaniladi: - tuproqli muhitda vegetatsion tajribalar olib borish; - kumli muhitda vegetatsion tajribalar olib borish; - suvli muhitda vegetatsion tajribalar olib borish; har xil ko'rinishdagi vegetatsion tajribalarni olib borish uchun: vegetatsion uychalar, issikxonalar, turli pavilponlar, sunxiy iqlim joriy qilish, fitotronlar va boshqa qurilmalardan foydalaniladi. 2. tuproqli muhitda vegetatsion tajribalar ...

Joylangan
11 May 2024 | 08:17:20
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
22.98 KB
Ko'rishlar soni
113 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 00:19
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 May 2024 [ 08:17 ]
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
22.98 KB
Ko'rishlar soni
113 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 00:19 ]
Arxiv ichida: doc