VI A guruhcha elementlari. Kislorod va oltingugurt

VI A guruhcha elementlari. Kislorod va oltingugurt

O'quvchilarga / Kimyo
VI A guruhcha elementlari. Kislorod va oltingugurt - rasmi

Material tavsifi

VI A guruhcha elementlari. kislorod va oltingugurt Reja: 1. Kislorodni tabiatda tarqalishi va olinishi 2. Kislorodni xossalari va ishlatilishi 3. Oltingugurtni tabiatda tarqalishi va olinishi 4. Oltingugurt va vodorod sulfidni xossalari 5. Oltingugurtning kislorodli birikmalari 6. Oltingugurt birikmalarining qishloq xo'jaligida ishlatilishi 1. Kislorodni tabiatda tarqalishi va olinishi VI-A guruhcha elementlariga umumiy tavsifnoma. VI-A guruhcha elementlariga kislorod, oltingugurt, selen, telur va poloniy kiradi. Bulardan poloniy radioktiv element bo'lib qolganlari metallmaslar jumlasiga kirib xalqogenlar, ya'ni ruda hosil qiluvchi elementlardir. Bu elementlar p- elementlar oilasiga mansub bo'lib, tashqi energetik pog'onasida ns2 np4 elektronlar bo'ladi. S, Se, Te va Po elementlarining tashqi energetik pog'onasida kisloroddan farq qilib d- pog'onachasi bor. Shuning uchun ular -2,4,6 kislorod esa -2, -1, +2 oksidlanish darajasini namoyon qila oladi. Bu elementlar vodorod bilan H2R, kislorod bilan RO2, RO3, birikmalarni hosil qiladi. Tartib raqami ortishi bilan metallmaslik xossalari susayib, metallik xossalari kuchaya boradi. Po metallarga kiradi. Kislorod yerda eng ko'p tarqalgan element bo'lib, yer po'stlog'i massasining 47,2% ni tashkil etadi. Uning havodagi hajmiy miqdori 20,95%, massa miqdori esa 23,15% dir. Yer yuzasida erkin kislorod fotosintez jarayoni tufayli paydo bo'ladi: 6 CO2 + 6H2O quyosh nuri C6H12O6 +6O2 Tabiatda uchta izotopi uchraydi: 168O - 99,76%, 178O -0,037% va 188O -0,0204%. Sun'iy ravishda radioaktiv 5 ta izotopi olingan. Kislorod suv, tog' jinslari, ko'pchilik silikat va alyumosilikat minerallari va tuzlari tarkibiga kiradi. Tirik organizmni tashkil etuvchi oqsillar, yog'lar va uglevodlarda bo'ladi. 1 g. gemoglobin 1,33 sm3 kislorodni biriktirib olishi mumkin. Kislorodni birinchi Shved kimyogari Sheele 1772 yilda magniy nitrat o'zini qizdirib olgan: 2Mg(NO3 )2 t↦2MgO+4NO2 +O2 1775 yili Lavuaze havo tarkibida kislorod borligini birinchi bo'lib aniqlagan. Laboratoriya sharoitida NaNO3, KMnO4, K2Cr2O7 va KClO3 tuzlarini qizdirib olinadi: Sanoatda kislorod havodan va suvni elektroliz qilib olinadi. Havo yuqori bosim ostida siqilib, suyuq holatga o'tkaziladi. Suyuq havodan avval azot, so'ng kislorod bug'latib olinadi. Bu usulda olingan kislorod tarkibida azot va inert gazlar aralashgan bo'ladi. Toza kislorod suvni elektroliz qilib olinadi: 2H2O elektroliz 2H2 +O2 Elektroliz sxemasi: 2H2O ↔ 2H + + 2OH - (-K ) 2H + + 2e- ↦ H2 (+A) 2H2O - 4e- ↦ O2 + 4H + 2. Kislorodni xossalari va ishlatilishi Kislorod rangsiz, ta'msiz, hidsiz, havodan bir oz og'ir gazdir. 100 ml suvda 31 ml kislorod eriydi. Kislorodni suyuqlanish harorati - 2190 C, qaynash harorati - 1830C . Kislorod molekulasi (O2) paramagnit xossaga ega. Bu xol molekulada ikkita juftlashmagan elektron borligi bilan izohlanadi: . Shuning uchun gaz, suyuq, qattiq holatlarda kislorod magnit ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 124.53 KB
Ko'rishlar soni 96 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 00:19 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 124.53 KB
Ko'rishlar soni 96 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga