VI guruh d - elementlari

VI guruh d - elementlari

O'quvchilarga / Kimyo
VI guruh d - elementlari - rasmi

Material tavsifi

VI-gruppa d-elementlari Reja: Tabiatda d-element d-elementlarning olinish usullari Elementlar va ularning birikmalarini kimyoviy xossalari Tibbiyotdagi o'rni Xalq xo'jaligidagi o'rni D.I. Mendeleev davriy sistemasining VI gruppa yonaki gruppachasiga xrom, molibden va volfram kiradi. Bu element atomlarining elektron konfiguratsiyasi (n-1) d5ns1, volframda 5d46s2. V- B gruppa yonaki gruppachasida xrom, molibden, volfram elementlari joylashgan. Ular kata davrlarning juft qatorlariga to'g'ri keladi. Bu element atomlarining elektron konfigurasi (n-1)d- pog'onacha to'lmagan: xrom va molibdenda 5 tadan elektron, volframda esa 4 ta elektron bor. VI gruppa elementlarining ba'zi xossalari jadvalda keltirilgan. jadval VI gruppa elementlarining ba'zi xossalari Xrom va molibdenning tashqi pog'onasidan bitta elektronni d-pog'onachaga ko'chishi natijasida oxirgi pog'onada bitta elektron qoladi. Volframda esa ko'chish sodir bo'lmaydi va oxirgi pog'onasida ikkitta elektron bo'ladi. Xrom uchun ahamiyatli oksidlanish darajalari +2, +3, +6. Organizmda xrom +3 oksidlanish darajasiga ega bo'lgan koordinatsion birikmalar ko'rinishida uchraydi. Volfram va molibden ham o'zgaruvchan oksidlanish darajasiga, ko'proq +4, +6, volfram uchun esa +5,+6 ga teng. Tabiatda d-element Xrom - 1797 yilda mashhur fransuz kimyogari L.Vaklen tomonidan ochilgan. U yer qobig'ida 8,3 10-3% mass. uchraydi. Tabiatda xromli temir tarkibida FeOCr2O3 - xromit, PbCrO4 -krokoit, (Mg, Fe) Cr2O4 - magnoxromit minerallari ko'rinishida uchraydi. Xrom so'zi grek tilidan olingan bo'lib xroma rang ma'nosini bildiradi (birikmalari bo'yalgan bo'lgani uchun) xrom quyoshda, yulduz tarkibida va metioritlar tarkibida uchraydi. Molibden -1782 yilda shved olimi P. Telm tomonidan ochilgan. Molibden - nisbatan kam uchraydigan metall bo'lib, 1,1·10-4% tashkil etadi. U minerallardan olinadi. Tabiatda quyidagi minerallar tarkibida uchraydi: MoS2 - molabdenit, CaMoO4 - povellit, Fe2(MoO4)3∙7,5H2O - molibdit. Volfram-1781 yilda shved kimyogari K.Shile tomonidan ochilgan. Volfram kamyob bo'lib, yer qobig'ida 1.10-4% tashkil etadi. Volfram eng qiyin eruvchi elementdir. Tabiatda quyidagi minerallar tarkibida uchraydi: CaWO4 - sheelit, (Fe, Mn)WO4- volframit. d-elementlarning olinish usullari Cr, Mo va W erkin holda tabiiy birikmalarni qayta ishlab olinadi, oxirgi mahsulot odatda Cr2O3, MoO3 va WO3 hisoblanadi. Oksidlardan yuqori haroratda turli qaytaruvchilar yordamida qaytariladi: O'ta toza metallar - birikmalarining suyuqlanmalarini elektroliz qilib olinadi. Xrom esa birikmalarining eritmasini elektroliz qilib olinadi. Metallurgiya uchun (yuqori sifatli po'lat ishlab chiqarishda) Sr, Mo va W temirning qotishmalari (ferroxrom, ferromolibden, ferrovolfram) ko'rinishida elektr pechlarda tabiiy birikmalaridan olinadi, masalan: Elementlar va ularning birikmalarini kimyoviy xossalari Xrom Cr havoda juda yupqa oksid parda bilan qoplanadi. Sovuq suv, ishqorlar, ammiak gidrati bilan reaksiyaga kirishmaydi. Konsentrlangan nitrat kkislota va «zar suvi»da passivlanadi. Suyultirilgan xlorid va sulfat kislotalar, KClO3 va KNO3 suyuqlanmalari bilan reaksiyaga kirishadi. Qizdirilganda havo kislorodi bilan sekin, galogenlar bilan tez oksidlanadi. Oltingugurt, azot bilan reaksiyaga ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 86.06 KB
Ko'rishlar soni 94 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 00:20 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 86.06 KB
Ko'rishlar soni 94 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga