VI guruxning p - elementlari

VI guruxning p - elementlari

O'quvchilarga / Kimyo
VI guruxning p - elementlari - rasmi

Material tavsifi

VI guruhning p-elementlari Reja: 1. Umumiy xarakteristika. 2. Kislorodning tabiatda uchrashi, olinishi. 3. Kislorodning xossalari, birikmalari. 4. Oltingugurtning tabiatda uchrashi olinishi. 5. Oltingugurtning xossalari, birikmalari. 6. Sulfat kislota olinishi, xossalari. VI gruppa ikki gruppadan iborat: asosiy gruppacha kislorod, oltingugurt, selen, tellur, poloniy, qushimcha gruppacha xrom, molibden, volfram. Asosiy gruppachaning o'zi yana ikkiga bulinadi: tipik elementlar (kislorod va oltingugurt), selen gruppachasi (selen, tellur, poloniy). Kislorod, oltingugurt, selen va tellur tabiatda uchraydi, lekin poloniy faqat uran qatori elementlarining radioaktiv yemirilish mahsulotlari sifatida tarkalgan bo'lib, uni yadro reaksiyalari yerdami bilan sun'iy ravishda hosil qilish mumkin. Kislorod O, oltingugurt S, selen S ye, tellur Te, poloniy Ro atomlarining sirtki qavatida oltitadan (s2p4) elektron bor. Shunga muvofiq, bu elementlarning oksidlanish darajasi +6, +4 va -2 bula oladi. Kislorodning oksidlanish darajasi -2 ga teng. Oltingugurt, selen, tellur elementlarining gidridlari H2S, H2Se, H2Te qaytaruvchi moddalar bo'lib, ularning bunday xossalari H2S dan H2Te ga utgan sayin kuchayib boradi. H2S--H2Se--H2Te qatorida chapdan ungga utgan sayin bu moddalarning kislotali xossalari kuchayib boradi, chunki ionlarning radiuslari S2- dan Te2- ga utganda kattalashadi. Bu elementlarning +6 valentligiga muvofiq keladigan gidroksidlari H2SO4, H2SeO4, H2TeO4 tarkibiga ega. Bundan kuramizki, selendan tellurga utilgan sayin markaziy ionning koordinasion soni 4 dan 6 ga qadar uzgaradi. Buning sababi shundaki, ionlarning radiusi S6+ -Se6+ -Te6+ qatorida chapdan ungga utgan sayin kattalashib boradi. H2SO4 va H2SeO4 kuchli kislotadir. H2SeO4 sulfat kislotaga qaraganda bir oz kuchsiz kislota hisoblanadi; tellurat kislota H2TeO4 - bularga qaraganda yanada kuchsiz, chunki Te6+ ionning radiusi S6+ va Se6+ ionlarining radiuslaridan bir muncha katta. S, Se, Te ning olti valentli holatlariga muvofiq keladigan oksidlari, kislotalari, kuchli oksidlovchilar qatoriga kiradi. Ularning oksidlash xususiyati sulfat kislotadan tellurat kislotaga utgan sayin kuchayib boradi. Bu elementlarning +4 valentli holatlariga muvofiq keladigan gidroksidlarining umumiy formo'lasi H2EO3 bo'lib, ular o'rtacha kuchdagi kislotalardir. (H2SO3, H2SeO3, H2TeO3), sulfit kislotadan H2SO3 tellurit kislota H2TeO3 ga utgan sayin bu moddalarning kislotali xossalari kuchsizlanib boradi, xatto tellurit kislota amfoterlik xossasini xam namoyon qiladi; uning qaytaruvchilik xossasi xam kuchsiz ifodalangan, H2SO3 kuchli qaytaruvchi bo'lgani holda H2TeO3 oksidlovchidir. Kislorod O, tartib nomeri Z=8, atom og'irligi 16, atom tuzilishi K2S22P4. Kislorod tabiatda erkin va birikma xolida uchraydi. havoda xajm jihatidan 20.9% og'irlik jihatidan 23.2% kislorod bor. Yer kobigida kislorodning umumiy miqdori (dengiz suvida va havodagisi bilan) kariyb 50% ga yetadi. Kislorod Yer kobigida eng ko'p tarkalgan element hisoblanadi. U uch stabil izotopdan tashkil topgan 816O(99.769%), 817O(0.037%) va 818O(0.204%). Uning juda qisqa vaqt yashaydigan izotoplari 814O, 815O, sun'iy ravishda hosil qilingan. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 21.52 KB
Ko'rishlar soni 85 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 00:20 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 21.52 KB
Ko'rishlar soni 85 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga