VII - guruhning asosiy gruppacha elementlari Reja: 1. Metallarning umumiy xossalari va olish usullari 2. I, II - guruh asosiy guruhcha elementlari. Davriy sistemaning VII - guruhning asosiy guruhchasida oltita element joylashgan. Bular geliy, neon, argon, kripton, ksenon, radon. Bu gruppacha elementlar asl (inert) gazlar nomi bilan yuritiladi. Bu elementlar atomlarining sirtki kvant kavatining tuzilishi barqaror, ulardagi elektronlar soni sakkizta (geliydan tashqari). Bu elementlar atomlarining ionlanish energiyasi juda yuqori, elektronga moyilligi esa juda kichik. Ularning molekulalari odatdagi sharoitda bir atomdan tuzilgan. Atomlarida juftlashgan elektronlari bo'lmasa xam, ksenon va radionning ftor bilan hosil kilgan birikmalari (XeF2, XeF6), ksenonning ftor va kislorod bilan hosil kilgan birikmalari (XeF4O2) olingan. Bu elementlarning suv, fenol bilan hosil kilgan bekaror birikmalari (Ar · 6H2O, Kr · 6H2O, Ar · C6H5OH) xam malum. Geliy 1868 yilda fransuz Jansen va ingliz Lonier tomonidan bir vaqtda kashf etilgan. Ular quyosh spektrida yangi element spektr chiziqlari borligini aniklaganlar. Geliyning nomi grekcha «Šuyosh» nomidan olingan. Argonning borligini Kavendish 1785 yildayok topgan edi. Geliy, neon, argon, kripton va ksenon 1899 - 1900 yillarda havodan topilgan. Radon esa 1900 yilda radioaktiv hodisalarni tekshirish vaqtida kashf etilgan. 1900 yilda Londonda D.I. Mendeleev bilan Ramzay maslahatlashib davriy sistemaga asl gazlarga oid yangi gruppa kiritish kerak, degan karorga keldilar. Bu gruppada geliydan radonga o'tgan sari elementlarning suyuklanish va kaynash temperaturalari oshib boradi. Shuning uchun ularni bir - biridan ajratib olish kaynash temperaturasidagi farqga va ko'mirga turlicha yutilishiga asoslangan. Bu gazlar ichida yer yuzida eng tarkalgan argon, Radondir, odatda ozrok miqdorda vodorod ko'shilgan geliy dirijabalarni tuydirish uchun ishlatiladi. Argon, neon, kriptondan reklama lampalari tayyorlashda foydalaniladi. Argon, ko'k, neon kizil, kripton esa yashil tusda shulalanadi. Argon metallarni payvandlashda, elektr lampalarni to'ldirishda (azot bilan aralashtirgani) ishlatiladi. Bu maqsadda keyingi vaqtlar kriptondan xam foydalanilmokda. Metallarning umumiy xossalari va olish usullari D. I. Mendeleevning davriy sistemasidagi elementlarning 85 tasini metallar tashkil qiladi. Metallarning 12 tasi S elementlar, 32 tasi d - 28 tasi f - va r - elementlardir Simobdan tashqari xammasi oddiy temperaturada qattiq moddalardir. Metallarning o'ziga xos belgilari kuyidagilardan iborat. 1. Metall o'ziga xos yaltiroklikka ega chunki ular yorug'lik nurini spektrning ko'zga ko'rinuvchi sohasida qaytarish xususiyatiga ega. 2. Metallar elektr va issiqlikni yaxshi o'tkazadi. Temperatura ortishi bilan ularning o'tkazuvchanligi pasayadi. 3. Ko'pchilik metallar odatdagi sharoitda kristall holatda bo'lib, cho'ziluvchan va yassilanuvchan xossaga ega. 4. Metallar elektromusbat elementlardir ularning oksidlari suv bilan birikib; ko'pincha asos hosil qiladi. Metallar zichligiga ko'ra 2 gruppa bo'linadi: d ...

Joylangan
11 May 2024 | 08:17:20
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
35.48 KB
Ko'rishlar soni
123 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 00:20
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 May 2024 [ 08:17 ]
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
35.48 KB
Ko'rishlar soni
123 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 00:20 ]
Arxiv ichida: doc