VII V guruhcha elementlari Reja: 1. guruhcha elementlarining asosiy xarakteristikasi. 2. guruhcha elementlarining tabiatda tarqalishi, olinishi, xossalari. 3. guruhcha elementlari kotishmalari, modifikatsiyalari. 4. guruhcha elementlarining asosiy birikmalari. Elementlar davriy jadvalining bu guruhcha tuzilishi va undagi elementlarning joylashuvi bilan boshqa barcha guruhlardan keskin farq qiladi. Chunki bu guruhchaga kirgan elementlar vertikal o'xshashlik o'rniga gorizontal o'xshashlik namoyon etgani uchun undagi 9 ta element uchta oila ga, yani triada ga bulinadi. Ular kuyidagilar: temir triadasi (Fe, Co, Ni); palladiy triadasi (Ru, Rh, Pd) va platina triadasi (Os, Jr, Pt). Shu triadalardan temir oilasi (triadasi) elementlari bilan yaqindan tanishamiz. Fe - oilasi elementlarining asosiy xarakteristikalari Tabiatda tarqalishi: Temir oilasi elementlaridan fakat temir tabiatda (osmon jismlari) erkin holda uchrashi mumkin (meteoritlar). Temir alyuminiydan keyin tabiatda keng tarkalgan element bo'lib oksidlar va sulfidlar xolida mavjud: Fe3O4 (magnitli temirtosh), Fe2O3 (kizil temirtosh); 2Fe2O3*3H2O (kungir temirtosh), FeCO3 (shpatli temirtosh), FeS2 (temir kolchedani yoki pirit). Kobalt tabiatda kam tarkalgan element bo'lib, CoAsS (kobaltin) minerali xolida bo'ladi. Polimetall rudalar tarkibida uchraydi. Kobalt va temir elementlari mikroelementlar katoriga kiriib o'simlik va hayvon organizmda bo'ladi. Temir konning asosiy tarkibi - gemoglobinning asosini tashkil etadi. Nikel xam mishyakli va oltingugurtli minerallar ko'rinishida bo'lib: NiAsS (mishyak-nikel yaltirogi); mis, kumush va oltin rudalari tarkibida uchraydi. Olinishi: Temir sulfidli rudalardan oksidlarga o'tkazilib, oksidlarni koks, CO gazi erdamida qaytarib olinadi: 4FeS2 + 11O2 2Fe2O3 + 8SO2 3Fe2O3 + C 2Fe3O4 + CO Fe3O4 + 4CO 3Fe + 4CO2 Kobalt polimetall rudalarni qayta ishlash vaqtida Co3O4 ga o'tkazilib, bu oksidni C, vodorod, Al bilan qaytarib olinadi. Juda toza kobalt texnik kobaltni elektrorafinatsiyalash yoki bazi birikmalarini termik parchalash bilan olinadi. Nikel mis-nikelli rudalarni qayta ishlab olinadi. Nikel asosan NiO xoliga keltirilib, uni uglerod ishtirokida kaytirish bilan olinadi. Bunday usulda olingan nikel kushimchalar saklagani uchun uni nikel sulfat eritmasida elektrorafinatsiyalab yuqori tozalikdagi nikel olinadi. Erkin holda ajratib olingan Fe, Co va Ni asosan turli kotishmalar olishda ishlatiladi. Ular katoriga chuyan (96% Fe, 4% C); pulatlar (90% gacha Fe, 2% gacha C, 2-10% Ni, 2-4% Co va boshqa metallar). Bu pulatlar zanglamaydigan va issiqlikni chidamli bo'lib maxsus pulatlar deyiladi. Temir asosida olingan kotishmalar va temir birgalikda kora metallarni tashkil etadi. yuqori temperaturaga chidamli kotishmalar (73% Ni, 15% Cr, 7% Fe, 2,4%Ti va kolgani Al, Nb, Mn, Si) - inkonel; (59% Ni, 20% Cr, 16% Co, 2,3% Ti, 14% Al, kolgani Fe, Mn, Si) - nimonik; yuqori elektr qarshilikka ega kotishmalar nixrom (80% Ni, 20% Cr); uy-ruzgor buyumlari, ozik-ovqat va ximiya sanoatida ...

Joylangan
11 May 2024 | 08:17:20
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
36.49 KB
Ko'rishlar soni
100 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 00:20
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 May 2024 [ 08:17 ]
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
36.49 KB
Ko'rishlar soni
100 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 00:20 ]
Arxiv ichida: doc