Vinilftorid Atsetilenni katali9tik giroftorlash bilan vinilftoridni olishusullari. Vinilftorid-CH2qCHF birinchi marotaba 1901-yilda Svarts tomo0nidan 1,1-diftor-2-brometanga rux ta'sir ettirib olingan. Atsetilen asosida vinilftorid olish usuli birinchi marotaba 1920-yilda yuqori bosimda atsetilenga vodorod ftorid ta'sir ettirib amalgam oshirilgan. Vinilftorid muhim ahamiyatga ega bо'lgan polivinilftorid uchun xom ashyo hisoblanadi. Polivinilftoriddan olingan plyonka, tolalar va qoplama va boshqa materiallar yuqori mexanik xossaga ega eknligi, ya'ni qattiqligi, egiluvchanligi, hamda ishqalanishga va atmosfera ta'siriga chidamliligai bilan xarakterlanadi.Masalan, A+Shning Florida shtatida ochiq havoda 15 yil turgan poliviniftorid plyonkasi о'zining mexanik chidamliligiuni 50%ini saqlab qolgan. Shuning uchun bu polimerdan olingan qoplamalar uzoq muddatga bardosh beradi. Shu boisdan hozirgi vaqtda vinilftoridni sintez qilish muhim ahamiyatga ega bо'lib, ayniqsa atsetilenni katalitik gidroftorlash usli bilan olish boshqa usllardan ancha afzal va qulay, chunki jarayon bir bosqichda ketadi, reaksiyaga olinadigan atsetilen va vodorod ftorid kо'p va arzon. Atsetilen bilan vodorod ftorid reaksiya katalizzator bо'lmagan holda uy temperaturasida va past bosimda ketmaydi. 1942-yilda Gross va Linn atsetilenni vodorod ftorid bilan 0,8-1,2 MPa bosimda va 293K temperaturada reaksiya olib borilganda 10% unum bilan vinilftorid sintez qilgan. Agar temperaturani oshirilsa vinilftoridni hosil bо'lish unumi ma'lum miqdorda kо'payadi. Agar jarayonni 373-423 K temperatura intervalida va 170-446 Pa bosimda olib borilsa, reaksiya ikkinchi tartibli bо'lib, uning faollanish energiyasi 71,1 kJmolni tashkil qiladi. Atsetilen va vodorod ftorid asosida vinilftorid olishda reaksiyani katalizatorlar ishtirokida olib borish reaksiya mahsulotini unumini oshiradi va jarayonni olib borish temperaturasini pasaytiradi. Atsetilenni katalitik gidroftorlash orqali vinilftorid olish jarayonida simob, rux, mis, xrom, alyuminiy, kadmiy va boshqa metallarning birikmalari ishlatiladi. Katalizatorlar ishtirokida atsetilen molekulasi qutblanib, uchlamchi bog'ning elektrofilligi oshadi. Atsetilenni katalitik gidroftorlash reaksiyalarining simobning birikmalaridan birinchi marotaba HgO, HgCl2, HgF2 birikmalari ishlatiladi va olingan natijalar 1937-yilda e'lon qilindi. Shuni qayd qilish mumkinki bu katalizatorlar ishtirokida reaksiya uy temperaturasida ham ketadi. Atsetilenni gidroftorlash reaksiyasi ekzotermik reaksiya bо'lib, chiqadigan issiqlikni oson ajratish uchun jarayonni suyuq fazada, ya'ni erituvchilar ishtirokida olib borish kerak bо'ladi. Keyinchalik reaksiyani olib borish uchun kumirga shimdirilgan Hg(NO3)2 ishlatilgan. Atsetilen va vodorod ftorid aralashmasi 1:1,5 nisbatda 313K da katalizatordan о'tkazilganda 0,0417 m3 (m3s)hajmiy tezlikda vinilftoridni unumi 86% ni tashkil qiladi. Agar katalizator sifatida kо'mirga shimdirilgan simobning uchftoratsetati ishlatilsa va reaksiyani 383 K da olib borilsa vinilftoridni unumi 96 % ni tashkil qiladi. Vinilftoridni sintez qilish jarayonida katalizatorlarning tayyorlash ham muhim ahamiyatga ega. Agar katalizator sifatida tarkibida simob tuzi tutgan tolalar ishlatilsa jarayon vaqtida atsetilenni karbonlashish tezligini kamayish hisobiga bunday katalizatorlar uzoq muddatda xizmat qiladilar. Vinilftoridni unumini oshirish maqsadida va katalizatorlarning xizmat muddatini oshirishda HgCI2 katalizator ...

Joylangan
11 May 2024 | 08:17:20
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
52.95 KB
Ko'rishlar soni
102 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 00:20
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 May 2024 [ 08:17 ]
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
52.95 KB
Ko'rishlar soni
102 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 00:20 ]
Arxiv ichida: doc