Vinillaktam polimerlari va ularni tibbiyotda qo'llanilishi RЕJA: Kirish Hozirgi kunda sintеtik hamda tabiiy moddalardan hosil qilingan dorivor moddalar turi MDH mamlakatlarida 1400 dan ortdi. Shunga qaramay, insoniyatning dori-darmonga bo'lgan ehtiyoji kundan-kunga ortmoqda. Ayniqsa, organizmga kam salbiy tasir ko'rsatadigan, tanada tanlab tasir qila oladigan, oz miqdorda yuborilib, uzoq muddatda fiziologik tasir qiladigan va shu kabi tibbiyotning nozik talablariga javob bеra oladigan dorilar hali yetarli emas. Shuning uchun ham kimyo fanining ma'lum sohalari dori-darmonlar xossalarini mukammallashtirishga, ularni samarasini yanada oshirishga, ularning safini kеngaytirishga, yangi-yangi xossalarga ega bo'lgan tеrapеvtik vositalarni kashf qilishga bag'ishlangan. Kimyoning ana shunday yangi sohalaridan biri yuqori molеkulyar moddalar kimyosidir. Lеkin yuqori molеkulyar moddalar (polimеrlar) aslida qadimdan tibbiyotga xizmat qilib kеlgan. Tabiiy polimеrlardan hisoblangan qahrabo bo'qoq kasalligini davolashda, propolis (asalari yelimi) yiring va tеri kasalligini davolashda ishlatilib kеlingani juda qadimdan ma'lum. So'nggi paytlarda dunyo bo'yicha tibbiyot ahamiyatiga ega bo'lgan yuqori molekulyar birikmalarga tobora qiziqish ortmoqda. Suvda eruvchi polimerlar orasida oqsil molekulalani amid guruhli tabiiy polimerlar modeli sifatida namoyon bo'luvchi polimerlar jumlasiga n-vinillaktam polimerlari kiradi. Bu polimerlar juda ko'p dori darmonlar tarkibiga kirishi bilan tibbiyotda keng tarqalgan. N-vinillaktamlar sinfiga poli-N-vinilkaprolaktam hamda poli-N-vinilpirrolidon kiradi. Bu polimerlar gomo- va sopolimerlari biologik faol moddalar tashuvchi sifatida qatnashadi. Poli-N-vinillaktamlar asosida turli tuman sopolimerlarni olinishi yangi funksional xossalarning paydo bo;lishi tufayli ularni amaliyotda qo'llash sohalarini yanada kengaytiradi. Ishning dolzarbligi. Vinillaktam polimerlari amaliyot uchun qimmatli bo'lgan fizik-kimyoviy va biologik xususiyatlar kompleksini o'zida mujassamlashtirgan suvda eruvchi polimerlar bo'lib, bu polimerlar ana shu xususiyatlariga ko'ra zamonaviy tibbiyot, farmokolgiya hamda biokimyo sohalarida muhim o'rin egallaydi. Respublikamizda bu polimerlar monomerlarini olish uchun xom ashyo bazalari mavjud. Shu sababli ushbu sinf vakillari polivinilkaprolaktam va polivinilirrolidonlarning olinish usullari, xossalari hamda tibbiyotda qo'llanilishini o'rganish dolzarb masalalardan hisoblanadi. Bitiruv malakaviy ishning maqsadi. Yuqori molekulyar birikmalar N-vinillaktam polimerlari va sopolimerlarining olinishi, xossalari va tibbiyot sohasida qo'llanish imkoniyatlarini o'rganib tahlil qilishdan iborat. Ana shu qo'yilgan maqsad asosida quyidagi natijalarga erishildi: Qator adabiyotlar tahlili asosida yuqori molekulyar birikmalarning tibbiyotdagi ahamiyati o'rganildi. Yuqori molekulyar birikmalarning tibbiyotning texnik materiallari sifatida turli sohalarida samarali qo'llanilishi o'rganildi. Polimerlarning tibbiyotda dori-damonlar sifatida qo'llanilishida ularning molekulyar massasing ahamiyati o'rganildi. Tibbiyot maqsadida qo'llaniluvchi N-vinillaktam polimerlarining olinishi usullari o'rganildi. - Polivinilkaprolaktam va polivinilirrolidonlarning xossalari hamda tibbiyot va farmokologiyada qo'llanilish o'rganildi. Ishning amaliy ahamiyati. Mana yarim asrdan oshdiki polimеrlar kimyosining tibbiyot sohasida qo'llanilishining butun dunyo bo'yicha rivojlanishi avj olib kеtdi. Polimеrlar tibbiyot sohasida avvalo asbob-uskunalarni jihozlash uchungina ishlatilgan bo'lsa, kеyinchalik tibbiyotning barcha sohalarida, hozirda esa, inson organizmining ichki qismida ham ishlatilmoqda, hattoki tirik organizmning eng chuqur, qo'l ...

Joylangan
11 May 2024 | 08:17:20
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
258.15 KB
Ko'rishlar soni
104 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 00:20
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 May 2024 [ 08:17 ]
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
258.15 KB
Ko'rishlar soni
104 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 00:20 ]
Arxiv ichida: doc