Viruslar ularning tuzilishi va kimyoviy tarkibi REJA: Viruslar (lotincha: virus - zahar) - faqatgina tirik hujayralarda ko'payib, o'simlik, hayvon va odamda yuqumli kasallik qo'zg'atuvchi mikroorganizmlar. O'tmishda Viruslar atamasi har xil kasallik qo'zg'atuvchilarga, ayniqsa, noma'lum agentlarga nisbatan qo'llanilgan. Fransuz olimi L. Paster bir qancha kasalliklarning kelib chiqishida bakteriyalarning rolini isbotlab berganidan so'ng viruslar tushunchasi mikrob so'zining sinonimi sifatida qo'llanila boshlandi. Kasallik qo'zg'atuvchi bu ikki guruh agentlari, ya'ni bakteriyalar bilan viruslar o'rtasidagi muhim farq rus olimi D. I. Ivanovskiy (1892) va keyinchalik boshqalar tamaki mozaikasi hamda juft tuyoqli hayvonlarning oqsil kasali qo'zg'atuvchilari bakterial suzg'ich (filtr)dan o'tishini isbotlagach, aniqlandi. Viruslar tabiatda keng tarqalgan, odam, hayvonlar va o'simliklarda har xil og'ir kasalliklarni paydo qiladi. Ular maxsus tarqatuvchi yoki mexanik yo'l bilan tarqaladi. Ko'pchilik Viruslar yillab tiriklik xususiyatini yo'qotmaydi, qulay sharoitga (tirik hujayraga) tushib qolishi bilan kasallik qo'zg'ata boshlaydi. Ayrim Viruslar (masalan, gripp viruslar) tashqi muhitda o'z xususiyatini yo'qotadi. Viruslar qo'zg'atadigan kasallikning paydo bo'lishiga ko'pincha faqat bitta virus zarrasi sabab bo'lishi mumkin. Masalan, bitta poliomiyelit virusi zarrasi (molekulasi)dan bir necha soatda milliardlab viruslar vujudga keladi. Viruslarning ko'payishi sitoplazmadagi aminokislotalar bilan bog'liq. Millionlab viruslar molekulalari yig'indisi mikroskop ostida kristallar yoki X-tanachalar shaklida ko'rinadi. Kasallik holatini qo'zg'atish xususiyati, kasallik qo'zg'ovchi boshqa agentlarga nisbatan juda kichikligi va odatdagi sun'iy ozuqali muhitda rivojlanmasligi viruslarning o'ziga xos xususiyatidir. Faqat ba'zi bakteriofaglar bundan mustasno, ularni lab. sharoitida ko'paytirish mumkinligi isbotlangan. Laboratoriyada o'rganish imkoniyati bo'lgan barcha viruslar har xil fizik usullar bilan birmuncha aniq o'lchangan. Ularning diametri 10-300 mkm. Tayoqcha, shar yoki ipsimon shaklda bo'ladi. O'simlik va hayvonlarda kasallik qo'zg'atuvchi ko'pgina Viruslar yumaloq shaklda. Bug'doy va beda mozaikasi viruslar tashqi ko'rinishi bilan bakteriya tayoqchasi yoki o'qqa o'xshaydi. Viruslar tuzilishini elektron mikroskop va rentgenda tadqiq qilish orqali ba'zi nozik tarkibiy qismlari aniqlangan. Ularning hammasida ichki modda, asosan nuklein kislotadan iborat bo'lib, u oqsil qobiq bilan o'ralgan. Bir necha tur Viruslarning kimyoviy tarkibi o'rganilgan, xolos. Vaksinalar Viruslarning tuzilishi ham, chamasi oddiy bakteriyalarniki kabi murakkab. Uning tarkibida nukleoproteidlar, uglevodlar va lipidlar bor. Nuklein kislotasi dezvksiriboza shaklida, lipoidlar guruhi esa xolesterol, fosfolipid va neytral moy ko'rinishida uchraydi. Fitopatogen viruslar tarkibida ribonuklein kislota (RNK), hayvon va odamlarda kasallik qo'zg'atuvchi Viruslarda esa RNK yoki DNK (Ribonuklein kislota) (dezoksiribonuklein kislota) bor. Ba'zi viruslar tozalangan preparatlar holida olinib, ularning bir qismi toza haqiqiy kristallar (mas., tamaki nekrozining Viruslar), boshqalari esa suyuq kristallar (masalan, tamaki mozaikasi viruslar) yoki shakleiz cho'kmalar hosil qiladi. Viruslarni ajratib olish va tozalash uchun ultratsentrifugalanadi, turli xil fizik-kimyoviy usullardan foydalaniladi. Viruslarning tasnifi (klassifikatsiyasi) va ularni ifodalaydigan belgilar ...

Joylangan
11 May 2024 | 08:17:20
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
5.04 MB
Ko'rishlar soni
76 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 00:20
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
11 May 2024 [ 08:17 ]
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
5.04 MB
Ko'rishlar soni
76 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 00:20 ]
Arxiv ichida: pptx