Vita'minlar haqida tushuncha. Suvda eriydigan vita'minlar metabolizmi va biologik funksiyalari Reja: 1. Vita'minlar haqida umumiy tushuncha. 2. Vita'minlarning tasnifi. 3. Organizmda vita'minlar metabolizmi va muvozanatining buzilishi. 4. Suvda eriydigan vita'minlar metabolizmi va biologik funksiyalari. 1. Vita'minlar haqida umumiy tushuncha. Vita'minlar haqidagi ta'limot - vitaminologiya hozirgi vaqtda mustaqil fan tarmog'idir. Vaholanki, bundan 100 yil oldin organizmning normal hayot kechirishi uchun oqsil, uglevod va yog'lar, mineral moddalar va suvning qabul qilinishini yetarli deb hisoblaganlar. Lekin amaliyot va tajribalarning ko'rsatishicha, organizmning normal rivojlanishi va o'sishi uchun bu moddalarning o'zi yetarli emas ekan. Ovqat tarkibida qandaydir moddalarning yetishmasligi bilan sodir bo'ladigan kasalliklar epidemik xarakterga ega bo'lgan. XIX asrda singa kasalligidan letal holatlar 70-80% ga yetgan. Ayni shu vaqtda beri-beri kasalligi Janubi-Sharqiy Osiyo va Yaponiya davlatlarida keng tarqaldi. Yaponiyaning 30% ga yaqin aholisi shu kasallikka chalingan. Yapon shifokori K.Takaki go'sh, sut va yangi sabzavotlarda beri-beri kasalligini oldini oladigan modda bor, degan xulosaga kelgan. Keyinchalik golland shifokori K.Eykman Yava orolida ishlab, u yerning aholisi asosan tozalangan guruch bilan ovqatlangani, tovuqlarga ham tozalangan guruch berilganda odamlardagi kabi beri-beri kasaliga o'xshagan turining rivojlanishini ko'rsatib bergan. K.Eykman tovuqlarni tozalanmagan guruch bilan boqishganda, ularning sog'ayishini kuzatgan. Bu ma'lumotlar asosida guruch po'stlog'ida davolash xususiyatiga ega bo'lgan noma'lum modda bor degan xulosaga kelgan. Haqiqatan ham, guruch po'stlog'ida odan organizmidagi normal hayotni ta'minlaydigan moddalar borligini isbotlab berdi. Vita'minlar haqidagi ta'limotning rivojlanishi N.Lunin nomi bilan ham bog'liqdir. Olim ovqat tarkibida oqsil, uglevod, yog', tuz va suvdan tashqari hayot uchun zarur bo'lgan almashtirib bo'lmaydigan qandaydir noma'lum modda bor, degan xulosaga kelgan. K.Funk birinchi bo'lib kristall holda ajratib olingan beri-beri kasalligi rivojlanishining oldini olgan organik moddani topgan va o'z tarkibida aminoguruhlarni saqlagani uchun bu noma'lum moddalarni Vita'minlar deb atashni taklif etgan (lat. vita - hayot deganidir). Darhaqiqat, vita'minlarning ko'pchiligi o'zining tarkibida aminoguruhlarni saqlamasa ham vita'minlar deb nomlanishi biologiya va tibbiyotda mustahkam saqlanib qolgan. Vita'minlar shartli ravishda vita'minlar va vitaminsimon moddalarga bo'linadi. Vitaminsimon moddalar biologik xossalari bilan vita'minlarga o'xshaydi, lekin odatda ko'p miqdorda talab etiladi. Hamma organizmlar uchun bir birikmaning o'zi vitamin bo'lib hisoblanmaydi. Masalan, askorbin kislotasi odam va dengiz cho'chqasi uchun vitamin hisoblanadi, chunki ularda sintezlanmaydi, kalamush quyon va itlar uchun esa askorbin kislotasi vitamin hisoblanmaydi, chunki u bu hayvonlarning to'qimalarida sintezlanadi. Odam organizmida ovqat va ichak bakteriyalari vita'minlar manbai hisoblanadi. Ichak bakteriyalari ko'p vita'minlarni o'zlari sintezlaydilar va vita'minlarning organizmga tushishida muhim manba hisoblanadi. Ba'zi aminokislotalar, bir nechta yuksak to'yinmagan osimlik yog' kislotalari (linolat - 2 ta, linoleat - 3 ta, araxidonat - 4 ta qo'shbog'i ...

Joylangan
11 May 2024 | 08:17:20
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
226.78 KB
Ko'rishlar soni
152 marta
Ko'chirishlar soni
11 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 00:20
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 May 2024 [ 08:17 ]
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
226.78 KB
Ko'rishlar soni
152 marta
Ko'chirishlar soni
11 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 00:20 ]
Arxiv ichida: doc