Vitaminlarning modda almashinish jarayonidagi o'rni. Hayvon va odam oziqasidagi vitaminlarning ahamiyati

Vitaminlarning modda almashinish jarayonidagi o'rni. Hayvon va odam oziqasidagi vitaminlarning ahamiyati

O'quvchilarga / Kimyo
Vitaminlarning modda almashinish jarayonidagi o'rni. Hayvon va odam oziqasidagi vitaminlarning ahamiyati - rasmi

Material tavsifi

Vitaminlarning modda almashinish jarayonidagi o'rni. Hayvon va odam oziqasidagi vitaminlarning ahamiyati Reja: Yog'da eriydigan vitaminlar. Suvda eriydigan vitaminlar . Vitaminlar tirik organizmda asosiy ozuqa moddalar bo'lgan oqsillar, yog'lar, uglevodlar, mineral moddalar, suv va boshqa organik maddalarga nisbatan nihoyatda kam miqdorni tashkil qilishiga qaramasdan, ular modda almashinish jarayonida nihoyatda muhim o'rin tutadilar. Vitaminlar fermentlar uchun asosiy qurilish materiali bo'lib, modda almashinishdagi katalitik funktsiyani bajaradilar. Vitaminlar asosan o'simliklarda sintezlanadi, hayvon organizmida to'planadilar. Оzuqa tarkibida vitaminlarning etishmasligi modda almashish jarayonini buzilishiga olib keladi. Buni birinchi bo'lib 1880 yilda rus olimi Lunin ―turli mineral tuzlarning organizm uchun aхamiyatini o'rganish maqsadida bir gruppa sichqonlarni tabiiy sut bilan, (sun'iy sut yoki sut tarkibiga kiruvchi yog', oqsil, qand, mineral tuzlar aralashmasining suvdagi eritmasi), ikkinchi gruppani esa sun'iy sut bilan boqqan. Ma'lum vaqt o'tgach, sun'iy sut bilan boqilgan sichkonlar o'ladi. Biroq N.I. Lunin tajribalariga o'z vaqtida jiddiy e'tibor berilmay unitilib yuboriladi. Ko'p yillar davomidagi kuzatishlar va tajribalar ovqat etishmasligi natijasida bir qator kasalliklarni kelib chiqishini ko'rsatadi. Uzoq vaqt safarda bo'lgan dengizchilar va qurshovda qolgan shahar aholisi orasida uchraydigan ts i n g a (lavsha) kasalligi ko'p vaqt sabzavot, ho'l meva iste'mol qilinmasligi sababli paydo bo'lishi aniqlangan edi. YOki beri-beri kasalligining ovqatlanishga, ayniqsa, kundalik ovqatning faqat guruchdan iborat bo'lishiga bog'liq ekanligi ham e'tiborni jalb etgan edi. Lunindan so'ng gollandiyalik olim Eykman tovuqlarni shliflangan guruch bilan boqadi. Tovuqlar ma'lum vaqtdan keyin kasallanadi. SHu tovuqlarni oddiy kepakli guruchdan bo'tqa tayyorlab boqadi va ular sog'ayadi. Golland olimi Eykmanning 1897 yili YAva orolida o'tkazgan muhim kuzatishlaridan so'ng yanada rivojlanib ketadi. Natijada tovuqlarda, odamlarda uchraydigan singari beri-beri, falaj kasalligi paydo bo'lganini aniqladi. SHu tajribadan Eykman guruchda ma'lum bir kerakli modda borligiga ishonch hosil qiladi. Bu tajribalardan so'ng bir qancha olimlar tomonidan shunga o'хshash tajribalar o'tkazilgan. Vitaminlar haqidagi gipotezaning ta'rifi 1911 yilda Londonda ishlayotgan polyak olimi Kazimir Funk tomonidan berildi. U guruch kepagidan ovqatga oz miqdorda qo'shib berilganda ham beri-beri kasallagini davolaydigan kristall faol modda olishga muvaffaq bo'ladi. Bu birikmani tarkibini tekshirib ko'rib, unda amin shaklidagi azotning borligi aniqladi va bu moddaga hayot uchun zarur bo'lgan yangi bir kimyoviy birikma deb qarab, uni (vitamin) deb nomladi. ―Vita‖ lotincha хayot, ―amin‖- tarkibida azot tutuvchi kimyoviy gruppa, ya'ni хayot amini ma'nosini anglatadi. SHu tajribadan keyin polyak olimi K.Funk mana shu noma'lum moddalarni vitaminlar deb ataydi. Vitaminlar faqat odam yoki hayvon organizmi uchun zarur bo'lmay, o'simliklar va mikroorganizmlar uchun ham keraklidir. Masalan, o'simliklar tomirlari ayrim vitaminlarsiz yaхshi rivojlanmaydi. Mikroorganizmlarning normal rivojlanishi uchun ozuqa muhitida vitaminlar bo'lishi talab qilinadi. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 258 KB
Ko'rishlar soni 124 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 00:20 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 258 KB
Ko'rishlar soni 124 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga