Vodorod atomi va uning spektridagi qonuniyatlarni o'rganish Mundarija I. Bob. Vodorod atomi va uning tuzilishi…… 1.1. Markaziy simmetrik maydonda vodorod atomi…… 1.2. Bor postulatlari. Atom tuzilishining Bor nazariyasi …… 1.3. Vodorod atomi uchun Shredenger tenglamasi ……. II.Bob. Vodorod atomi spektridagi qonuniyatlar…… 2.1. Balmer seriyasi va Balmerning umumlashgan formulasi…… 2.2. Ritsning kombinatsion prinsipi va spektral termlar…… 2.3. Vodorod bombasi va undan energetik maqsadlarda foydalanish…… Xulosa Adabiyotlar …… Kirish Vodorod atomi Mendeleyev davriy sistemasidagi birinchi element bo'lib, tuzilishi jihatdan eng sodda atom hisoblanadi. Vodorod tabiatda juda keng tarqalgan bo'lib, har kuni iste'mol qiladigan suvimizning asosiy tarkibini vodorod atomi tashkil etadi. Vodorod atomining kvant tabiatini o'rganishda Shredenger tenglamasidan foydalanamiz. XX asrga kelib Nils Bor vodorod atomi uchun modelni taklif etdi. Modelni tushuntirishda postulotlardan foydalandi. Keyinchalik Bor nazariyasi yaratildi, bu nazariya tuzilishi jihatidan ham klassik ham kvant tushunchalaridan foydalanilgan. Bitiruv malakaviy ishining dolzarbligi: Vodorod atomi va uning nurlanish, yutilish spektridagi qonuniyatlarni tushuntiradigan Balmerning umumlashgan formulasi haqida ilmiy ma'lumotlar olish imkonini beradi. Shu sababli mavzuni Vodorod atomi va uning spektridagi qonuniyatlarni o'rganish deb tanladik. Tadqiqot predmeti va obyekti: BMI da tadqiqot obyekti qilib vodorod atomi va spektri tanlangan. Vodorod atomining tuzilishini tushuntiradigan Bor nazariyasi va Bor postulotlarini o'rganish tadqiqot predmeti hisoblanadi. Bitiruv malakaviy ishining maqsadi va vazifalari: Vodorod atomi ichki tuzilishini tushuntiradigan spektral seriyalar va spektral termlarning xususiyatlarini o'rganish. Vodorod atomining fizik xususiyatlari haqida batafsil ma'lumotlar keltirish. Mavzuning o'rganilish darajasining qiyosiy tahlili: Vodorod atomi tuzilishi va uning spektridagi qonuniyatlar tajribada yaxshi o'rganilgan. Tajriba natijalari asosida keltirilgan ilmiy manbalardan foydalanib Vodorod atom tuzilishida spektral seriyalar va termlarning amaliy jihatlari keltirilgan. Bitiruv malakaviy ishining ilmiyligi va ahamiyati: Mavzuga oid ilmiy manbalar va kerakli adabiyotlardan foydalangan holda vodorod atom tuzilishida markaziy simmetrik maydonning o'rniga doir hozirgi kunda mavjud ma'lumotlardan foydalangan holda nazariy jihatdan tahlil qilib o'rgandik. Ushbu malakaviy bitiruv ishidan Atom fizikasi, Atom yadrosi va elementar zarralar fizikasi fanlarini o'qitishda, BMI va MD lari tayyorlashda foydalanish mumkin. Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev [1]. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: Vodorod bombasi va undan energetik maqsadlarda foydalanish haqida batafsil ma'lumot olindi. Bitiruv malakaviy ishini tuzilishi: Kirish, ikki bob, xulosa va foydalanilgan adabiyotlarni, ta rasmni o'z ichiga olgan. - sahifada bayon etilgan. I. Bob. Vodorod atomi va uning tuzilishi 1.1. Markaziy simmetrik maydonda vodorod atomi Vodorod (Hydrogenium), H-Mendeleyev davriy sistemasining birinchi guruhiga mansub kimyoviy element; atom massasi 1,00797. Odatdagi sharoitda rangsiz, hidsiz gaz bo'lib, ta'mi yo'q. Metallarga kislotalar ta'sir ettirilganida yonuvchi gaz ajralishi XVI va XVII asr kimyogarlarining asarlarida ko'p eslatib o'tiladi. 1766 yilda ingliz ...

Joylangan
11 May 2024 | 08:17:20
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
1.45 MB
Ko'rishlar soni
89 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 00:20
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 May 2024 [ 08:17 ]
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
1.45 MB
Ko'rishlar soni
89 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 00:20 ]
Arxiv ichida: doc