Vodorod xlorid 8-sinf Kimyo fani darsligi asosida 35-dars Reja: Vodorod xlorid Xlorid kislota Natriy xlorid (osh tuzi) Kaliy xlorid Xlorning kislorodli birikmalari Xlorning eng muhim birikmalaridan biri vodorod xloriddir. Uning kimyoviy formulasi HCl. Nisbiy molekular massasi 36,5. Tuzilish formulasi H-Cl, kovalent qutbli molekula, Sanoatda olinishi. Vodorod xloridni sanoatda olish uchun vodorod bilan xlor gazlari o'zaro reaksiyaga kiritiladi: H2 + Cl2 = 2HCl Vodorod xloridni laboratoriyada olish uchun quruq toza natriy xloridga konsentrlangan sulfat kislota ta'sir ettiriladi: NaCl + H2SO4 → NaHSO4 + HCl↑ Agar reaksiya qizdirish bilan olib borilsa, natriy sulfat hosil bo'lishi bilan yakunlanadi Kimyoviy xossalari. Vodorod xloridning kimyoviy xossalari xlorid kislotaning kimyoviy xossalariga o'xshaydi. Ammo xlorid kislotadan farqli holda quruq vodorod xlorid metallar va metall oksidlari bilan reaksiyaga kirishmaydi. Xlorid kislota Xlorid kislota vodorod xloridning suvdagi eritmasidir. Reaksiya natijasida ajralib chiqayotgan gaz (HCl) suvga yo'naltiriladi. Natijada gaz suvda erib xlorid kislota hosil qiladi. Fizik xossalari. Konsentrlangan xlorid kislota rangsiz, o'tkir xidli (vodorod xlorid ajralib chiqayotganligi uchun) suyuqlikdir. Nam havoda tutaydi. Xlorid kislotaning tuzlari xloridlar deyiladi. Natriy xlorid (osh tuzi) - NaCl. Osh tuzi tabiatda juda ko'p uchraydi. Uning asosiy massasi dengiz va okeanlar suvida erigan holda bo'ladi. Qattiq kristall holda tosh tuzi shaklida ham uchraydi. Inson 1 kunda taxminan 10 g, 1 yilda esa 3,6 kg osh tuzi iste'mol qiladi. Demak, O'zbekistondagi barcha aholi 1 yilda taxminan 900 t atrofida osh tuzi iste'mol qilar ekan. Butun dunyodagi aholi esa 25 mln. tosh tuzi iste'mol qiladi. Kaliy xlorid - KCl. Kaliy xlorid tabiatda karnallit - KCl · MgCl2 ∙· 6H2O, silvinit - KCl ∙· N aCl, silvin - KCl, kainit - KCl ∙· MgSO4 ∙· 3H2O ko'rinishdagi minerallar tarzida uchraydi. Kaliy xloridning tabiiy minerallari Qashqadaryodagi Tubokat va Surxondaryodagi Xo'jaikon konlaridan qazib olinadi. Kaliy xlorid O'yuvchi kaliy, xlor va xlorning birikmalari ham kaliy xloriddan olinadi. Kaliy xlorid qishloq xo'jalik ekinlari uchun kaliyli o'g'it sifatida muhim ahamiyatga ega. Gipoxlorit kislota - HC lO beqaror modda bo'lib, u suyultirilgan eritmalardagina mavjud bo'ladi. HClO kuchli oksidlovchidir. U asta-sekinlik bilan parchalanib, atom holdagi kislorodni ajratib chiqaradi: HClO = HCl + O HC lO2 - xlorit kislota nihoyatda beqaror, faqat suyultirilgan eritmalardagina mavjud. Kuchli oksidlovchidir. Tuzlari beqaror, zarb ta'sirida portlaydi. HC lO3 - xlorat kislota beqaror modda bo'lib, eritmadagina mavjud. Eritmadagi kislota konsentratsiyasi 40% dan ortib ketsa portlab, parchalanadi. Xlorat kislota va uning tuzlari - xloratlar ham oksidlovchilardir. ...

Joylangan
11 May 2024 | 08:17:20
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
2.03 MB
Ko'rishlar soni
89 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 00:21
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
11 May 2024 [ 08:17 ]
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
2.03 MB
Ko'rishlar soni
89 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 00:21 ]
Arxiv ichida: pptx