Vodorod. Olinishi va xosslari. Galogenlar va ularning birikmalari

Vodorod. Olinishi va xosslari. Galogenlar va ularning birikmalari

O'quvchilarga / Kimyo
Vodorod. Olinishi va xosslari. Galogenlar va ularning birikmalari - rasmi

Material tavsifi

Vodorod. Olinishi va xosslari. Galogenlar va ularning birikmalari Vodorod davriy sistemadagi birinchi element bo'lib, uning atomi nihoyatda sodda tuzilishga ega, atomi tarkibida 1 ta proton va 1 ta elektron mavjud bo'lib, ular bir-biriga o'zaro tortishuv kuchi orqali bog'langan. Vodorodning elektron konfiguratsiyasi 1s1. Vodorodning nisbiy atom massasi 1,008. Vodorodning uchta izotopi ma'lum. Birinchisi - protiy(jH), ikkinchisi - deyteriy (D yokiiH) va uchinchisi -tritiy (T yoki N). Vodorod Koinotda eng ko'p tarqalgan element bo'lib u Quyosh va yulduzlar massasining yarmini tashkil qiladi. Boshqa sayyoralar, kometalar va yulduzlararo gaz tumanliklarida ham vodorod bor ekanligi aniqlangan. Yerda vodorod birikma holda suv, qor va muzliklar tarkibida juda ko'p uchraydi. Suvning tarkibida 11,11% vodorod bor. Olinishi. Laboratoriyada vodorod olish uchun rux metaliga kislota ta'sir ettiriladi: 2HCl + Zn → ZnCl2 + H2 Sanoatda vodorod tabiiy gazlardan, suv gazidan, suvni elektroliz qilish, koks gazi, neftni qayta ishlashda hosil bo'ladigan gazlardan olinadi. Masalan, tabiiy gaz tarkibida metan 800 0C da katalizator (nikel) ishtirokida suv bug'i bilan reaktsiyaga kiritilsa, vodorod hosil bo'ladi: metanning chala oksidlanishidan CO bilan H2 larning aralashmasi hosil bo'ladi: 2CH4+02 -ч2СО + 4Н2; AH^ =-71,3 кЖ Sanoatda vodorod asosan metanni kislorod va suv bug'i orasidagi reaktsiyasi asosida olinadi: 2CH4+02+2H20 = 2CO,+6H2; ДН^ЗД =-156 кЖ Galogen so'zi yunoncha «galos» (tuz) va «genodos»tug'diruvchi) so'zlaridan kelib chiqqan. Galogenlarning dastlabki to'rttasi tabiatda anchagina tarqalgan, so'nggi galogen - astat esa tabiiy radioaktiv yemirilishlarning oraliq mahsulotdari tarkibida uchraydi; u sun'iy ravishda, yadro reaktsiyalari yordamida hosil qilinadi. Galogenlarning davriy sistemada nodir gazlar yaqinida joylashishi ularning kimyoviy xossalarida aks etadi. Galogen atomlarining sirtqi pog'onasini yettitadan elektron (s2 p5) bo'lishi sababli galogen atomi o'ziga yana bitta elektron biriktirib olib, o'zining sirtqi pog'onasini sakkiz elektronli (s2p6) oktet konfiguratsiyaga o'tkazishga intiladi. Galogenlarning hammasi ham erkin holatda kuchli oksidlovchilar bo'lib, ayniqsa ftor bizga ma'lum bo'lgan barcha oksidlovchilar orasida eng kuchlisi hisoblanadi. Xlorli ohakning olinishi va xossalariga oid lar Kerakli reaktiv va asboblar: Marganes (IV)-oksid, kaliy bixromat, kaliy permanganat, konsentrlangan xlorid kislota, temir sim, mis tolalari, xlorli suv, lakmus qog'oz, o'yuvchi natriy, kimyoviy stkanlar, probirkalar o'rnatilgan shtativ, halqali va qisqichli shtativ, temir qoshiqcha, shisha naycha, shisha tayoqcha, probkalar, gaz chiqarish nayi o'rnatilgan probka. Xlorning olinishi. Uchta katta probirka olib, ulardan birinchisiga marganes (IV)-oksid, ikkinchisiga kaliy bixromat va uchinchisiga kaliy permanganatning no'xatdek bo'lagini soling va ularning har biriga xlorid kislotaning konsentrlangan (d=1,19) eritmasidan 1ml dan quyib probirkaning og'zini rezina probka bilan berkiting. Birinchi va ikkinchi probirkalarni alangada ozgina isiting. 36-pasmga qarab xlor olish asbobini yig'ing. Vyurs kolbasiga (1) marganes (IV)-oksiddan ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 13.05 KB
Ko'rishlar soni 129 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 00:21 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 13.05 KB
Ko'rishlar soni 129 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga