Vodorod. Vodorodning umumiy tavsifi. Tabiatda vodorod Reja: Tabiatda vodorod. Vodorodning laboratoriyada va sanoatda olinishi. Vodorodning fizik va kimyoviy xossalari, ishlatilishi. Vodorodning ishlatilishi. Vodorodning umumiy tavsifi. Tabiatda vodorod Vodorod elementlar davriy sistemasida birinchi tartib raqamida joylashgan element. Uning lotincha nomi Hydrogenium. Kimyoviy belgisi H (ash). Nisbiy atom massasi 1,008. Sof holdagi vodorod birinchi marta ingliz olimi Genri Kavendish tomonidan kislotalarga metallar ta'sir etib ajratib olingan bo'lib, olim unga «yonuvchan havo» deb nom bergan edi. 1887-yili fransuz olimi A. Lavuazye «yonuvchan havo» xossalarini o'rganib kimyoviy element sifatida ta'riflab, uni yuqoridagi nom bilan atashni taklif etgan. Tabiatda vodorod. Vodorod koinotda eng keng tarqalgan element. U quyosh va boshqa juda ko'p yulduzlarning asosiy qismini tashkil etadi. Quyoshning sirtida temperatura 600°C atrofida bo'ladi. Uning ichki qismida temperatura millionlab gradusni tashkil etadi. Quyoshdagi bu temperatura vodorod elementini boshqa elementga - geliyga aylanishidan hosil bo'lib turadi. Vodorodni tabiatda 2 xil barqaror izotopi 1H - protiy (99, 985%) va 2H yoki D - deyteriy (0,015%) hamda juda kam uchraydigan radioaktiv izotopi 3H yoki Т - tritiy uchraydi. Vodorodni yer yuzida eng keng tarqalgan birikmasi suv. Undagi vodorodning miqdori 11%. Vodorod barcha tirik organizmlar, ko'mir, neft, tabiiy gazlar va ayrim minerallar tarkibida ham uchraydi. Vodorodni biologik ahamiyati shundaki, u eng awalo barcha hayotiy jarayonlar asosini tashkil etuvchi moddalar - nnsiHar va nuklein kislotalar tarkibida uchrashidir. Bundan tashqari tirik organizmlarda muhim hayot ahamiyatiga ega bo'lgan yog'lar, qand moddalar va boshqalar tarkibida ham uchraydi. Yer miqyosida vodorod elementisiz hayot bo'lishi mumkin emas. Vodorod oddiy modda sifatida havoda juda kam miqdorda uchrashi mumkin. Uning molekulyar formulasi -H2. Nisbiy molekulyar massasi - 2,018. Molyar massasi - 2,018 g mol. Vodorod elementining atomlari boshqa element atomlari bilan birikkanda 1 valentlikni namoyon qiladi. Vodorod oddiy moddasi laboratoriyada va sanoatda maxsus usullar bilan olinadi. Vodorodning fizik va kimyoviy xossalari va ishlatilishi deyilganda molekulalari H2 dan iborat bo'lgan oddiy modda tushuniladi. Kimyoviy birikmalar tarkibidagi vodorod deyilganda vodorod elementini tushunmoq kerak. Vodorodning fizik va kimyoviy xossalari, ishlatilishi Fizik xossalari. Vodorod hidsiz, rangsiz, eng yengil gaz. U havodan 14,5 marta yengil. Bunga ishonch hosil qilish uchun laboratoriyada vodorod olishda vodorod ajralib chiqayotgan shisha nay uchini sovun bo'tqasiga tushirilsa pufak hosil bo'lib havoga ko'tariladi. Vodorod suvda kam eriydi (1 litr suvda 18°C da 18 ml vodorod eriydi). Vodorod ayrim metallarga yaxshi yutiladi. Vodorod eng qiyin suyuqlanadigan gazlardan biridir. U 252,8°C rangsiz suyuqlikka aylanadi. Sovitish davom ettirilsa, qattiq vodorod hosil bo'ladi. Kimyoviy xossalari. 1. Vodorod kislorod bilan reaksiyaga kirishadi. Ushbu reaksiyaning ...

Joylangan
11 May 2024 | 08:17:20
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
381.98 KB
Ko'rishlar soni
94 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 00:21
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 May 2024 [ 08:17 ]
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
381.98 KB
Ko'rishlar soni
94 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 00:21 ]
Arxiv ichida: doc