Vodorodning xususiyatlari va olish usullari

Vodorodning xususiyatlari va olish usullari

O'quvchilarga / Kimyo
Vodorodning xususiyatlari va olish usullari - rasmi

Material tavsifi

Vodorodning xususiyatlari va olish usullari Reja: 1. Vodorodning xususiyatlari. 2. Vodorodni tabiatda uchrashi. 3. Vodorodni ishlatilishi. 4. Vodorodni olish usullari. Tayanch iboralari: Vodorod, vodorodning metalmaslar bilan birikmalari, «kaldirok gaz», Gidridlar, vodorod zaxirasi, vodorod izotoplari, aerostat. VODORODNING XUSUSIYATLARI. Vodorod D.I. Mendeleyev davriy sistemasida birinchi o'rinni egallaydi. Uning atomi juda oddiy tuzilgan: yadro atrofida bitta elektron aylanadi yoki yangi tasavvurlarga asosan atom yadrosi pulsatsiyalanuvchi elektron bulut bilan to'sib olingan. Vodorodning elektron formulasi 1 S1 dir. Vodorod ba'zi sharoitlarda metall xossalarini (elektron berganda), boshqa sharoitda esa metallmas xossalarini (elektron biriktirib olganda) namoyon qiladi. Lekin u xossalari jihatidan ishqoriy metallardan ko'ra galogenlarga ko'proq o'xshaydi. Shu sababli, vodorod D.I. Mendeleyev davriy sistemasining 7-gruppasiga joylashtiriladi. 1 gruppasida esa vodorodning simvoli qavs ichiga olingan bo'linadi. Fizik xossalari: vodorod oddiy sharoitda rangsiz, mazasiz, hidsiz gazdir. Xavodan 14,4 marta yengildir; vodorodning atom og'irligi 1,00797 u.b. ga tengdir va u eng yengil gazdir. Suvda kam eriydi(1l suvda 200С da 18 ml vodorod eriydi), -252,80С da atmosfera bosimida vodorod suyuqlikka aylanadi. Suyuq vodorod rangsiz bo'ladi. Massa soni 1 bo'lgan vodoroddan tashqari, massa soni 2 ga teng bo'lgan deytriy D va 3 ga teng bo'lgan tritiy T kabi izotoplari ham bordir. Kimyoviy xossalari: vodorod birikmalarida doimo 1 valentli bo'ladi. Uning o'ziga xos oksidlanish darajasi Q 1 ga teng, lekin metallarning gidridlarida - (LiH, NaH, KH, CaH2 va boshqalarda) oksidlanish darajasi -1 ga tengdir. Vodorod molekulasi 2 atomdan tashkil topgan. Ular orasidagi bog'lanish vujudga kelishi elektronlarning umumlashgan jufti (yoki elektron bulut) hosil bo'lishi bilan tushuntiriladi: N : H yoki Н2. Elektronlarning bunday umumlashuvi vodorod molekulasini alohida atomlarga qaraganda energetik jihatdan barkarorroq bo'lishiga olib keladi: 1 mol vodorodda molekulani atomga ajratish uchun 431 kj energiya sarflash kerak: Н2 = 2Н - 431 кж (Н = 431 кж) (1) Molekulyar vodorodning odatdagi aktivligi kamroq ekanlgiga sabab ana shudir. Vodorod ko'pgina metallmaslar bilan birikib, RH4(CН4), RH3(NН3), RH2(Н2S), RH(НCI) tipidagi gazsimon birikmalarni hosil qiladi. Vodorod kislorodda yonadi, bunda ko'p miqdorda issiqlik ajralib chiqadi va temperatura 300 0С gacha yetadi. Ikki hajm vodorod va bir hajm kislorod aralashmasi «qaltiroq gaz» deyiladi; bu aralashma o't oldirilganda kuchli portlaydi. Shuning uchun, vodorod bilan ishlaganda ehtiyot bo'lish kerak, apparatlar teshiksiz bo'lishi kerak. Vodorod kislorodda yonganda ham «qaltiroq gaz» portlaganda ham suv hosil bo'ladi; 2H2 Q O2 = 2H2O Q Q (2) Bu reaksiyada vodorod kislorod ta'sirida oksidlanadi, ya'ni vodorod qaytaruvchi, kislorod oksidlovchidir. Yuqori temperaturada vodorod ishqoriy va ishqoriy-yer metallari bilan birikib oq kristall moddalar - yuqorida keltirilgan metallarning gidridlari va boshqalarni ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 12.82 KB
Ko'rishlar soni 111 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 00:21 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 12.82 KB
Ko'rishlar soni 111 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga