xalq xo'jaligi va sanoatda keng foydalaniladigan sintetik polimerlar vakillari Reja: 1. Karbozanjirli polimerlar. 2. Polietilen. 3. Polipropilen. 4. Polivinilxlorid. 5. Polivinilatsetat. 6. Poliakrilonitril 7. Sintetik kauchuklar. 8. Geterozanjirli sintetik polimerlar. 9. Polietilenoksid va polietilentereftalat polimerlarini ishlatilishi. Karbozanjirli sintetik polimerlar.O'zbekiston xalq xo'jaligida juda ko'p miqdorda karbozanjirli sintetik polimerlar ishlatilmokda. Ularning bazi birlarini olish texnologiyasi rivojlanmokda.Masalan Surxon viloyati sho'rtan tabiiy gazni qayta ishlash kompleksida qishloq xo'jaligi uchun kerakli polietilen plenkalar ishlab chiqarish yulga kuyilmokda.Navoiy voloyatidagi Navoiazot birlashmasida nitron tolasi ishlab chikarilmokda. Karbozanjirli sintetik polimerlarning bazi vakillarini ko'rib chiqamiz. Polietilen [ -CH 2 - CH 2 - ] n Poliolifin birikmalarning eng oddiy vakillaridan biri - polietilen etilenni polimerlash yo'li bilan olinadi.Etilenning o'zi esa quyidagi usullar bo'yicha olinadi: 1.Etilenning tabiiy, gaz, neft va uning tarkibidagi gazlardan olinishi .Neftni qayta ishlash natijasida olinadigan birikmalar va bunda chikadigan gazlar etilen va uning hosilalarni hosil qilishda eng arzon xom ashyo hisoblanadi.Shuning uchun xam sanoatda etilen asosan, anashu usul bilan olinadi.Etan, propan , butan va boshqa to'yingan uglevodorodlardan etilen hamda propilen hosil qilish uchun ularni 800 - 900oS, 20-30% xromli pulat aralashmasidan iborat katalizator ishtirokida krekinglab ajratib olinadi. 2. Etilenning etil spirtdan olinishi. Bu usul klassik usullardan biri bo'lib, etil spirtni alyuminiy oksidi bilan sulfat kislota ishtirokida 160-180 5o 0 S da katalitik digidratlab olinadi. 160-1800 C 2 H 5 OH -- CH 2 = CH 2 + H 2 O H 2 SO 4 3. Etilenni atsetilendan olish . Atsetilenni palladiy katalizator ishtirokida 180-200 5o 0S da katalitik gidrogenlab , etilen hosil kilinadi: 180-200 CH ≡ SH+N 2 -- CH 2 = CH 2 Pd hozir etilen ,bir necha usulda polimerlanadi.Turli usullarda sintez qilingan polietilen makromolekulalarining tuzilishi, katta kichikligi va o'zaro joylashish tartibi bilan farqlanadi,shu sababli ularning fizik - mexanik xossalari xam turlicha bo'ladi. Sanoatda polietilen,asosan quyidagi uch usulda ishlab chikariladi: 1. yuqori bosim ostida etilenni initsiatorlar ishtirokida radikal polimerlash 2.o'rtacha bosim(4-5 MPa) va turli metal oksidlari ishtirokida eti- lenni katalitik polimerlash. 3.Atmosfera bosimi yoki past bosim (0-0,3 MPa) da etilenni metallorganik kompleks katalizatorlar ishtirokida polimerlash. yuqori bosim ostida olingan polietilenning zichligi past(928-930kgm3) bo'ladi, u o'z mustahkamligi suyuklanish harorati va shunga o'xshash boshqa fizik-ximiyaviy va mexanik xossalari jihatidan past va o'rtacha bosim sharoitida olingan polietilendan farqlanadi. Etilenni o'rtacha bosim ostida polimerlash uchun uning siklogek sandagi (geksan, geptan yoki uayt-spirtdagi) eritmasidan foydalaniladi. Reaktorga yuborilgan eritma 3,5-4 MPa bosim ostida 140-150oS da (xrom oksidlari katalizatorligida) yoki molibden oksidlari 130-1600S haroratda polimerlanib, chukmaga tushadi va uni filtrlab ajratib olinadi. ...

Joylangan
11 May 2024 | 08:17:20
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
22 KB
Ko'rishlar soni
97 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 00:21
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 May 2024 [ 08:17 ]
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
22 KB
Ko'rishlar soni
97 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 00:21 ]
Arxiv ichida: doc