xalq xo'jaligi va sanoatda keng foydalaniladigan tabiiy polimerlar vakillari Reja: 1. Tsellyuloza va uning xossalari. 2. Tsellyulozali polimerlarning to'qimachilik va yengil sanoatda ishlatilishi. 3. Tabiiy ipak tarkibi, xossalari va ishlatilishi. 4. Jun va teri tarkibi, xossalari va ishlatilishi. Tabiiy polimerlar asosan 3 ta katta guruhlarga sinflanadi. 1.o'simliklar tarkibidagi tabiiy polimerlar 2.hayvonlar tarkibidagi tabiiy polimerlar 3. Mineral tabiiy polimerlar to'qimachilik va yengil sanoat uchun eng ko'p qo'llaniladigan tabiiy polimerlar, bu o'simlik va hayvonot tabiiy polimerlari bo'lib ular tabiiy holatda tola shaklida ishlatiladi. Tabiiy polimerlarning bir kismi qayta ishlanib sun'iy tolalar olinadi. sun'iy tolalar xam to'qimachilik va yengil sanaotda keng mikyosda kullaniladi. Tabiiy polimerlarning muhim vakillari o'simliklar tarkibidagidan tsellyuloza va xaayvonlar tarkibidagidan oqsilardir. Bu polimerlar namunalari xossalarini qisqacha ko'rib chiqamiz. Tsellyuloza Tsellyuloza - tola hosil qiluvchi eng muhim polimer , to'qimachilik materiallarining 60% dan kuprogi tsellyulozadan tayerlanadi. Tabiatda eng ko'p tarkalgan tabiiy polimerlar bo'lib, u barcha o'simliklar hujayralarining asosiy kismini tashkil etadi. o'simliklar ogirligining 50-60% tsellyulozadan iborat. Jumladan paxta chigiti tolasining 95-98%, kanop tolasining (jut, rami) 60-65%, yog'och tanasi va guzapoya tanasining 40-55%, o'simlik yaproklarining tarkibida 10-15 % tsellyuloza bor. Tsellyulozaning elementar zvenosi S6N10O5 bo'lib uning polimeri [C6H10O5]n tarikasida ifodalanadi. ko'p adabietlarda tsellyuloza funksional guruhlari alohida ajratib kursatiladi va uning formulasi: [C6H7O2(OH)3]n shaklida yoziladi. Oldingi ma'ruzalarga takidlanganidek kraxmalning formulasi shu tarika yozilib ular makromolekula formalari bilan farqlanadilar. Tsellyuloza makromolekulasi chiziqsimon shaklda bo'lib kraxmalning makromolekulasi tarmoqlangan bo'ladi. Tsellyuloza va kraxmalni tula gidrolizlash natijasida [C6H10O5]n+H2O -- C6H12O6 glyukoza olinadi. Tsellyulozani tula yondirganda [C6H10O5]n+O2 -- H2O + CO2 Suv va korbonat angidrid hosil bo'ladi. Sanoatda tsellyuloza asosan daraxtdan olinadi va yog'och tsellyulozasi deb ataladi. Uni olish uchun dastlab daraxt maydalanadi va ikki usul bilan tsellyulozasini ajratish mumkin. Bu tsellyuloza ajratishning sulfat va sulfit usullari. Sulfit usuli dunyoda ko'p tarkalgan bo'lib eritma tarkibida 3-8 % gacha bisulfitlar bor. Maydalangan daraxt katta kozonlarga solinib ( xajmi 30-150 m3 gacha) tarkibida bisulfitlar bo'lgan eritmada 0,4 - 0,5 MPa bosim, 125-1500S haroratda 10-15 soat kaynatiladi. Kaynash natijasida yog'och tarkibidagi lignin va oson gidrolizlanuvchi poliozalar eritmaga utib, tsellyuloza tozalanadi. Suv bilan yaxshilab yuviladi va natriy gipoxlorid yoki vodorod peroksid eritmasida okartiriladi. Bu sulfit tsellyulozasi deb ataladi,tarkibida 90-98 % atrofida tsellyuloza mavjud. Bunday tsellyuloza qog'oz sanoatida juda ko'p miqdorda ishlatiladi. yog'och tsellyulozasi natriy ishkori bilan qayta ishlanib, (oblagorajivanie) olegomerlar yuvilsa, sifatli tsellyuloza olinib sun'iy tolalar olish uchun ishlatiladi. Eng toza tsellyuloza sanoatda paxta momikidan ( lint) olinadi. Lint tarkibida 96% gacha tsellyuloza bo'ladi. Lint 1,5 % ishkor eritmasida 0,3-1,0 MPa bosim ...

Joylangan
11 May 2024 | 08:17:20
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
14.03 KB
Ko'rishlar soni
162 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 00:21
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 May 2024 [ 08:17 ]
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
14.03 KB
Ko'rishlar soni
162 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 00:21 ]
Arxiv ichida: doc