XIX asrda organik kimyoning rivojlanishi

XIX asrda organik kimyoning rivojlanishi

O'quvchilarga / Kimyo
XIX asrda organik kimyoning rivojlanishi - rasmi

Material tavsifi

XIX asrda organik kimyoning rivojlanishi Kimyoning asosiy muammosini tushuntirishning uchinchi yo'li moddalarning tuzilishi haqidagi nazariyalardir. 1780 yilda Bergman organika so'zini va uning anorganik moddalardan farqini ko'rsatib beradi va Lavuaze, Bertsellius, Furkruslarning ular haqidagi aytgan fikrlarini tasdiqladilar. Kimyoviy moddalarning tarkibi, xossalaridan tashqari yana ularning muhim xarakteristikasi tuzilish tushunchasi fanga kiritildi. Furkrus modda tarkibida atom gruppalari mavjud deydi. Dalton esa qilingan takliflarni quyidagicha ifodalashni taklif qildi. Dalton nazariy jihatdan quyidagi murakkab moddalarning struktura formulalarini ko'rsatdi. Dalton organik moddalarda polimerlanish hodisasi bo'lishini aytdi. Bertseliusning dualistik nazariyasi fanga kiritilib, unda modda xossalari uning strukturasiga, atomlar va atom gruppalarining joylashishiga bog'liq deyiladi. Shu bilan birgalikda struktura yadrosi atomlarning kimyoviy bog'lanishi asosida vujudga kelishi ko'rsatilgan. 1820 yilda Devi G. elektroliz hodisasini amalga oshirdi. U elementlar bir-biriga tegsa elektr zaryadi vujudga keladi degan fikrni aytdi. Bu fikrni davom ettirgan Bertselius element elektromusbat va elektromanfiy kutbdan tashkil topgan bo'ladi deydi. Elektromanfiyligi eng yuqori bo'lgan element kislorod bo'lsa, yuqori elektromusbat xossasini namoyon qiluvchi elementlardan biri kaliydir. Ular o'zaro birikib K0 hosil qilishini ko'rsatadi. Libix 1832 yili murakkab radikallar larni ochdi. Bular asosida Bertseliusning dualistik nazariyasi fanga kiritilib, unda modda xossalari uning strukturasiga, atomlar va atom gruppalarning joylashishiga bog'liq deyiladi. Shu bilan birgalikda struktura yadrosi atomlarning kimyoviy bog'lanishi asosida vujudga kelishi kuyidagicha ko'rsatiladi: Kimyoviy birikmalar turli zaryadli atom radikallarining elektrokimyoviy tortishishidan hosil bo'ladi. Bu gruppalar tartibli joylashadi. 3. Kimyoviy reaksiyalar atomlar zaryadi neytrallanishi bilan boradi. 1836 yilda Bertselius metil radikalini ochadi, 1843 yili esa Bertselius organik kimyo murakkab radikallar haqidagi fan degan taklifni aytadi va 1873 yili Kaur -amil radikalini ochadi. Dyuma 1834 yil bu nazariyaga qarshi o'rin olish nazariyasini taklif qilib chikdi: 1. Tarkibida bo'lgan birikmaga S to'liq o'rin almashadi. 2. Tarkibida O bo'lsa ham shunday bo'ladi. 3. Tarkibida bo'lsa ham shunday o'rin almashish kuzatiladi. 1836 yilda Loran tomonidan yadro nazariyasi yaratiladi. 1839 yilda esa Dyuma - tiplar nazariyasini taklif qildi. 1838 yil Libix ~ ko'p asosli kislotalar nazariyasini yaratadi. 1848 yilda Paster tomonidan optik izomerlar ochildi. 1848 yili Jerar unitar sistema yaratib molekulani yaxlit, deydi. U ratsional formula o'rniga empirik formulani fanga kiritish kerak, deganfikr bilan chikdi. Hozirgi formulasini yozib organik birikmalarda gomologlar bo'lishini taklif qildi. Organik moddalar klassifikatsiyasini tuzib quyidagi funksional grutshalar organik moddalarga kislotalik, spirtlik va efirlik xossalarini berishini aytdi. Jerar birinchi marotaba modda xossasi uning strukturasininig funksiyasi ekanini fanga kiritdi. 1859 yil tiplar nazariyasini taklif etdi. Moddalarni 4 tipga bo'ldi. 1. Suvga o'xshash bo'lgan birikmalar N:0, ularga misol qilib -spirt, kislota, efirlar, aldegidlarni olish mumkin. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 30.24 KB
Ko'rishlar soni 83 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 00:22 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 30.24 KB
Ko'rishlar soni 83 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga