Xlorning olinishi, xossalari va uning birikmalari Reja Kirish Xlor elementiga umumiy tavsif. Xlorning tabiatda tarqalishi Xlorning olinishi Xlorning fizik-kimyoviy xossalari Xlorid kislota va uning tuzlari haqida umumiy tushuncha Xlorning kislorodli kislotalari haqida umumiy ma'lumot Xlor va uning birikmalarining ishlatilishi Xulosa Xlor (Chlorum). Xlor (Chlorum). Xlor birinchi marta 1772 yilda Sheele tomonidan olingan. 1810 yilda xlorni X.Devi yangi element sifatida kiritgan. Xlor so'zi yunonchadan xloros - sarish yashil degan ma'noni beradi. Aktiv element bo'lgani uchun fakat birikmalar holatida uchraydi. Natriy, kaliy va magniyli tuzlar dengiz, sho'r ko'llar, xatto kurigan ko'llarda xam uchraydi. Tabiatda uchrashi. Tosh tuz yoki galit- NaCl, , silvinit - KCl*NaCl, karnallit - KCl*MgCl2*6H2O, silvin- KCl, kaunit- MgSO4*KCl*3H2O kabi birikmalari ma'lum. Olinishi. Xlorning sanoat mikyosida olinishi KCl yoki NaCl ning suvdagi eritmasini elektroliziga asoslangan. Bu jarayonda eng asosiy mahsulot yuvchi natriy hisoblanadi. Laboratoriyada xlorning olinishi turli oksidlovchilarga xlorid kislota ta'sir ettirilishiga asoslangan. Oksidlovchilar sifatida MnO2, KMnO4, PbO2, K2Cr2O7, KClO3 va boshqalar olinishi mumkin. MnO2+4HCl=MnCl2+Cl2+2H2O qattiq holatdagi osh tuziga konsentrlangan sulfat kislota va MnO2 ta'sir ettirilganda xam xlor hosil bo'ladi: 2NaCl+2H2SO4+MnO2=MnSO4+Cl2+Na2SO4+2H2O Tabiatda xlorning ikkita izotopi uchraydi: 1735Cl(75,53%) va 1737Cl(24,47%). Shuning uchun uning o'rtacha atom massasi 35,45 u.b. olinadi. Bundan tashqari xlorning 5 ta sun'iy izotoplari olingan: 33Cl, 34Cl, 38Cl, 39Cl Xossalari. Xlor sarish yashil tusli gaz, uning kaynash harorati -34oS, kotish harorati -101oS. Xlor suvda, CCl4, SCl4 va TiCl4 da eriydi. Bir xajm suvda 2,5 xajm xlor eriydi. O,6 MPa bosimda xona haroratida xlor juda oson suyuqlikka aylanadi. Kimyoviy xossalari. Xlor ftorga nisbatan aktivligi kam, lekin anchagina faol element. Xlor to'ridan to'ri kislorod, azot va inert gazlar bilan ta'sirlashmaydi. Xlor metallar bilan portlash bilan reaksiyaga kirishib xloridlar hosil qiladi: 2Na+Cl2=2NaCl Ca+Cl2=CaCl2 2Al+3Cl2=2AlCl3 Vodorod xlor atmosferasida yorulik nuri ta'sirida yonib vodorod xlorid hosil qiladi: H2+Cl2=2HCl Ko'pchilik metallmaslar xam xlor ta'siridan oson oksidlanadi, bunda u oksidlovchidir: 2 P+5Cl2= 2PCl5 2P+3Cl2=2PCl3 Si+2Cl2 = SiCl4 2Sb+3Cl2=2SbCl3 Xlorning suv bilan ta'sirlanishidan vodorod xlorid va gipoxlorit kislota hosil bo'ladi: Cl2+H2O=HCl+HClO Xlorning uglerod bilan hosil kilgan birikmalari (CCl4, CHCl3, CH2Cl2, CH3Cl) metanning xlorlanish jarayonida olinadi. Xlor ba'zi murakkab moddalarni xam oksidlaydi: 2K2MnO4+Cl2= 2KMnO4+2KCl 2FeCl2+Cl2=2FeCl3 Xlordan xlorid kislota, KClO3 , organik moddalar, bo'yoklar, qishloq xo'jaligi zarakunandalariga qarshi preparatlar olishda ko'llanildi. Xlordan gazlamalarni okartirishda, ichimlik suvini dezinfeksiya qilishda ishlatiladi. Xlorid kislota va uning tuzlari. Xlorning vodorod bilan hosil kilgan birikmasi vodorod xlorid(HCl ). O'tkir xidli rangsiz gaz modda (suyukl. harorati -114,2 oS, kaynash harorati -84,9 oS). Suvda yaxshi eriydi. 1 xajm suv 450 xajmHCl ni eritadi. Vodorod xloridni suvdagi ...

Joylangan
11 May 2024 | 08:17:20
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
546.89 KB
Ko'rishlar soni
102 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 00:22
Arxiv ichida: ppt
Joylangan
11 May 2024 [ 08:17 ]
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
546.89 KB
Ko'rishlar soni
102 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 00:22 ]
Arxiv ichida: ppt