Xloropren - rasmi

Material tavsifi

Xloropren Xloropren (2-xlorbutadiyen-1,3) olishning umumiy usullari asosan dixlor tutgan butenlarni yoki trixlor tutgan butanlarni digidroxlorlashga asoslangan. Butan va butenlar yoki neft yoki tabiiy gaz asosida olinadi va xlorlash yordamida ularning xlorli xosilalari sintez qilinadi. 1,2,3-yoki 2,2,3-trixlorbutandan 300C da termik degidrogalogenlash natijasida xloropren olinadi. 1,2-dixlorbuten-3 ni qattiq holatdagi kaliy ishqori ishtirokida qizdirib ham xloropren olish mumkin: Degidrogalogenlash orqali xloropren olishning yana bir usuli 1,3-dixlorbuten-2 asosida olishga asoslangan. О'z navbatida 1,3-dixlorbuten-2 esa xloroprenni vinilatsitilendan olish jarayonida hosil bо'ladi. Bunda jarayon 247-2760C da silikagel yoki kaolin katalizatorligida amalgam oshiriladi: Vodorod xlorid ajralib chiqishi gaz fazada ketadi, xloropren unumi 67-75 % ni tashkil qiladi. Xloropren olishning eng samarali, qulay va sanoat miqiyosida qо'llash mumkin bo'lgan usuli vinilatsetilenga vodorod xlorid birikishiga asoslangan. Katalizator sifatida Nyulend katalizatori (mis (I) xlorid va alyuminiy xlorid aralashmasi)qullaniladi. Bu katalizator shu yо'l bilan birgalikda atsetilenni dimerlab vinilatsetilen olishda ham ishlatiladi. Vinilatsetilenga vodorod xlorid birikishi Nyulend tomonidan ochilgan bо'lib, Karozers, Zelinskiy, Klebanskiy va xodimlari tomonidan keng о'rganilgan. Karozers ta'kidlashicha jarayonda birlamchi maxsulot har doim 4-xlorbutadiyen-1,2 (1) hosil bо'ladi. Bu moddani agarda muhitda mis (I) xlorid bо'lmasa toza holatda ajratib olish mumkin. Masalan, katalizator sifatida jarayonda kalsiy xlorid qullanilsa kumirlangan diyen tutgan xlorli hosila kо'p miqdorda hosil bо'ladi. Cu2CI2 kislotali sharoitda allen guruhini qaytmas qayta guruhlantiradi, ya'ni izoprenni hosil qiladi. Izomerlanishga katalizatordan tashqari harorat, eritmadagi vodorod xlorid konsratsiyasi va ta'sirlashuv vaqti ham katta ta'sir qiladi. Harorat, vodorod xlorid konsentratsiyasi va ta'sirlashuv vaqti oshishi bilan allen birikma unumi kamayadi. Vodorod xlorid oshishi esa yana bir molekula HCI birikib 1,3-dixlorbuten hosil bо'lishiga olib keladi. Bu hodisa ta'sirlashish vaqti oshganda esa yanada kuchayadi. Shuning uchun xlorid kislotaning suyultirilgan eritmasidan foydalaniladi va tо'yintirish bilan uning konsratsiyasi doimiyligi saqlanib turiladi. Jarayon ekzotermik hisoblanadi va sovitib turiladi. Muqobil harorat 0 dan 50C gachadir. Yuqorida keltirilgan sharoit tо'liq saqlansa xloroprenning unumi 90 % ni tashkil qiladi. Tayyor vodorod xlorid о'rniga gidroliz jarayonida ajrab chiqadigan vodorod xloriddan ham foydalanish mumkin. Masalan vinilatsetilenga past haroratda suvli yoki spirtli eritmada Cu2CI2 ishtirokida atsetilen xlorid ta'sir ettirilsa ham yuqori unum bilan xloropren hosil bо'ladi: Jarayonda atsetilen xlorid gidrolizidan atsetilxlorid undan esa vodorod xlorid hosil bо'ladi. Reaksiyaning dastlabki bosqichida, ya'ni atsetilendan vinilatsetilen olish jarayonida dimerlanishdan tashqari bir qancha qо'shimcha reaksiyalar ketadi, trimerlanish- divinilatsetilen va butadiyenil-1-atsetilen va yuqoriroq darajada polimerlanish maxsulotlari yoki atsetilenga vodorod xlorid yoki suv birikishi maxsulotlari ham vinilatsetilen gidratlanishi maxsuloti-vinilmetilketon va boshqalar. Barcha qо'shimcha maxsulotlar boshqa molekula bilan ta'sirlashib о'zgarishga uchraydi yoki smola yoki polimer hosil qiladi. Keraksiz qо'shimcha jarayonlar borishi kuchli ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 92.59 KB
Ko'rishlar soni 81 marta
Ko'chirishlar soni 13 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 00:22 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 92.59 KB
Ko'rishlar soni 81 marta
Ko'chirishlar soni 13 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga