Xom ashyoni pishirish usullari (spirt) Reja: 1. Xom ashyoni pishirish usullari. 2. Uzluksiz pishirish. 3. Birlamchi pishirilgan xom ashyoni pishirish. O'zbekistonda spirt zavodlarida asosan xom ashyo uzlukli va uzluksiz usulda pishiriladi. Uzlukli usulda pishiri, asosan, uch bosqichli yarim uzluksiz usul yordamida amalga oshiriladi. Xom ashyo pishirish oldi qozonida 60-90 oS haroratli suv bilan 1:2,5÷3,5 gidromodulda aralashtiriladi. Bir vaqtning o'zida xom ashyo va suv aralashmasi ikkilamchi bug' bilan isitiladi. So'ngra xom ashyo pishirish qozonida o'tkir suv bug'ining yuqori bosimi ostida pishiriladi. Pishgan massa saqlagichga puflanadi va malum muddatda Ushbu uskunada saqlanadi. 50-yillarning oxirlarida uzluksiz usulda ishlaydigan kraxmal saqlovchi xom ashyoni pishirishga mo'ljallangan birinchi uskunalar ishlab chiqarishga joriy qilina boshlandi. 1962 yilda esa Butun Ittifoq bijg'ish mao'sulotlari ilmiy tekshirish instituti va Ukraina spirt sanoati ilmiy tekshirish institutlari tomnidan yaratilgan kraxmal saqlovchi xom ashyoni uzluksiz usulda pishiruvchi uskanlar ishlab chiqarishda keng joriy qilishga tavsiya etildi. O'zbekistonda Yangiyo'l biokimyo zavodi spirt tsexida, Qo'qon kimyo zavodi tsexida hamda Andijon gidroliz zavodi spirt tsexlarida kraxmal saqlovchi xom ashyo uzluksiz usulda pishiriladi. Uzluksiz pishirish Uzluksiz pishiruvchi jihozlarga qo'yilgan texnologik talablar Uzluksiz pishirishda qo'llaniladigan uskunalar xilma xil bo'lishiga qaramasdan ular oldida quyidagi masala qo'yiladi: kraxmal qandlashtirish uchun xom ashyoni bijg'itiladigan moddalarni minimal yo'qotishlar bilan tayyorlash, bug', elektr energiya va ishchi kuchi sarfini minimumga yetkazish. Bundan tashqari uskunalar oddiy, qulay va xavfsiz ekspluatatsiya qilinadigan bo'lishi kerak. Yuqoridagi masalalardan kelib chiqib uzluksiz pishiruvchi uskunalarga quyida yoritiladigan texnologik talablar qo'yiladi. Xom ashyoni ezish. Uzluksiz ishlovchi uskunalarni yaratishda ezilmagan xom ashyoni, ayniqsa, kartoshkani, pishirish qozonlariga yuborishda xom ashyoni oldindan ezish ehtiyoji paydo bo'ladi. Malumki donlarning suv bilan aralashmasi tezda qavatlarga ajralib qoladi. Natijada uskunaga faqat suv yoki faqat don kelib tushadi va bu esa o'z navbatida pishirish jarayoniga salbiy ta'sir ko'rsatadi. Ezilgan kartoshka yoki donning suv bilan bir xil jinsli holatga kelguncha aralashtirilgan massani uskunaga yuborish esa hech qanday qiyinchilik tug'dirmaydi. Bundan tashqari ezilgan xom ashyoni qayta ishlash pishirish rejimini yumshatiga va, shu tufayli o'zlashtiriladigan qandlar yo'qotilishini kamaytirib, spirt chiqishini (albatta 1 t shartli kraxmaldan) oshirish imkonini beradi. V.A. Ustinnikov va hamkasblari spirt chiqishini ezilgan xom ashyo zarrachalari o'lchami va pishirish rejimiga bog'liq holda ifodalashga harakat qilganlar. Ular ushbu bog'liqni quyidagi to'g'ri chiziq tenglamasi orqali ifodalaganlar: Y = A-Vd Bu yerda: Y - berilgan don navidan bog'liq bo'lgan 1 t kraxmaldan olinadigan spirt, dal; A va V - pishirish usuli, xom ashyo navi va holatidan bog'liq bo'lgan koeffitsiyent; d - ezilgan donning o'rtacha ekvivalent diametri, mm. Bug'doy yormasida zarracha diametri d-=0,5÷3,0 mm ...

Joylangan
11 May 2024 | 08:17:20
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
13.88 KB
Ko'rishlar soni
83 marta
Ko'chirishlar soni
10 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 00:22
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 May 2024 [ 08:17 ]
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
13.88 KB
Ko'rishlar soni
83 marta
Ko'chirishlar soni
10 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 00:22 ]
Arxiv ichida: doc