Xrom. Davriy jadvaldagi o'rni. Atom tuzilishi va ayrim xossalari

Xrom. Davriy jadvaldagi o'rni. Atom tuzilishi va ayrim xossalari

O'quvchilarga / Kimyo
Xrom. Davriy jadvaldagi o'rni. Atom tuzilishi va ayrim xossalari - rasmi

Material tavsifi

Xrom. Davriy jadvaldagi o'rni. Atom tuzilishi va ayrim xossalari Kimyo fani darsligi asosida 28-mavzu Reja: 2 3 4 Olinishi. 1 Fizikaviy xossalari. Ishlatilishi. Kimyoviy xossalari. Olinishi. Sof xromni olish uchun xrom (II)-oksidi alyuminiy metalli bilan qaytariladi. Metallarni uning birikmalaridan alyuminiy yordamida qaytarib olish aluminotermiya deyiladi: Cr2O3 + 2Al → Al2O3 + Cr Xromli temirtosh koks bilan qaytarilsa, xrom va temir aralashmasi olinadi: FeO . Cr2O3 + 4C → 2Cr + Fe + 4CO↑ Xromning tuzlarini elektroliz qilish yo'li bilan ham xrom olinadi. Fizikaviy xossalari. Xrom kumushsimon oq rangli, yaltiroq, issiqlikni va elektrni yaxshi o'tkazadigan metall. Kimyoviy xossalari. Xromning sirti yupqa oksid parda bilan qoplanganligi sababli kimyoviy jihatdan ancha barqaror. Hatto kislotalar bilan ham qiyinchilik bilan reaksiyaga kirishadi. Suyultirilgan sulfat va xlorid kislotalar bilan qizdirilganda reaksiyaga kirishadi: 2Cr + 3H2SO4 → Cr2(SO4)3 + 3H2↑ Cr + 2HCl → CrCl2 + H2↑ Bu reaksiyada xlorid kislota ortiqcha olinsa, CrCl3 tuzi hosil bo'ladi. Konsentrlangan nitrat kislotalar bilan reaksiyaga kirishmaydi. Yuqori haroratda maydalangan xrom kislorod bilan reaksiyaga kirishib, xrom (II)-oksidini hosil qiladi: 4Cr + 3O2 → 2Cr2O3 Shuningdek, yuqori haroratda xrom bir qator oddiy moddalar bilan ham reaksiyaga kirishadi: 2Cr + N2 = 2CrN 2Cr + 3S = Cr2S3 2Cr + 3Cl2 = 2CrCl3 Ishlatilishi. Korroziyaga chidamli bo'lganligi sababli metall buyumlar sirti xrom bilan qoplanadi. Temirga turli nisbatlarda xrom qo'shib har xil xossalarga ega bo'lgan yuqori sifatli po'latlar olinadi. Masalan, 12% xrom qo'shilgan po'lat zanglamaydigan po'lat deyiladi va u tibbiyotda har xil jihozlar tayyorlashda ishlatiladi. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 2.82 MB
Ko'rishlar soni 89 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 00:22 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 2.82 MB
Ko'rishlar soni 89 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga