Xromatografik analizning mohiyati

Xromatografik analizning mohiyati

O'quvchilarga / Kimyo
Xromatografik analizning mohiyati - rasmi

Material tavsifi

Mavzu: Xromatografik analizning mohiyati Mavzu: Xromatografik analizning mohiyati Reja: 1. Xromatografik tahlil usullari va ularning mohiyati. 2. Adsorbsion hamda absorbsion xromatografiya. 3. Yupqa qatlamdagi xromatografiya. 4. Ion almashinish xromatografiyaasi. Xromatografik tahlil usullari va ularning mohiyati Adsorbsion hamda absorbsion xromatografiya Neft va gaz mahsulotlaridan olingan kimyoviy birikmalarni ajratish, tahlil qilish va ularning xossalarini tekshirishning kimyoviy, fizikaviy va fizik-kimyoviy usullari orasida xromatografik tahlil usullari muhim о'rinni egallaydi. Xromatografik tahlil usullari soddaligi, samaravorligi, tanlovchanligi, tezkorligi, shuningdek, uni boshqa fizik-kimyoviy usullar bilan birgalikda avtomatlashtirish mumkinligi tufayli keng tarqalgan. Xromatografiyaa usullarining о'ziga xos xususiyati ularning universalligida bо'lib, turli konsentratsiyalarda olingan anorganik va organik qattik, suyuq hamda gazsimon moddalarni ajratish va aniklashga imkon beradi. Bu usullarning yana bir muhim tomoni shundaki, ular yordamida xossalari bir- biriga yaqin bо'lgan birikmalarni oson ajratish mumkin. Xromatografiyaa tekshiriluvchi obyektlarni sifat va miqdoriy tahlil qilishga, moddalarning fizik-kimyoviy xossalarini о'rganishga, texnologik jarayonlarni nazorat qilish va avtomatik boshqarishga imkon beradi. Keyingi vaqtlarda xromatografiyaa atrof muhitni nazorat qilishning asosiy usullaridan biri bо'lib qoldi. Xromatografiyaaga birinchi bо'lib rus botanik olimi M.S. Svetning tadqiqotlari va uning 1903 yilda bosib chiqarilgan «Adsorbsion hodisalarning yangi kategoriyasi va ularning biokimyoviy tahlilda qullanilishi» nomli maqolasi asos soldi. О'zi taklif etgan usulning asoslarini Svet quyidagicha ta'riflaydi: «Aralash eritma adsorbent ustuni orqali filtrlanganda pigmentlar turli rangdagi alohida zonalarga ajraladi. Murakkab pigmentning turli tarkibiy qismlari spektrdagi yorug'lik iurlari singari adsorbent ustunida ma'lum qonuniyat asosida bir-biridan har xil rangli qavatma-qavat bо'lib ajraladi va ularni sifat jihatdan aniqlash imkoni tug'iladi. Bunday rangbarang preparatni men xromatogramma deb, tegishli usulni esa xromatografik usul deb atadim». Moddalarni xromatografik ajratish usullari sorbsiya jarayonlariga asoslangan. Bu yerda sorbsiya deganda gaz, bug' yoki erigan moddalarning qattiq yoki suyuq yutuvchilarga (sorbentlar) yutilishi tushuniladi. Teskari jarayon desorbsiya deyiladi. Sorbsiya tushunchasi umumiy bо'lib, u adsorbsiya (fazaning sirtiga yutilish) va absorbsiya (fazaiing hajmiga yutilish) dan iborat. Sorbsiyani ikki yul bilan: statik va dinamik sharoitda amalga oshirish mumkin. 1. Statik sorbsiya ikkala fazaning nisbiy xarakatsiz xolatida ruy beruvchi sorbsion jarayon bо'lib, moddaning fazalar orasida taqsimlanish muvozanati qaror topishi bilan yakunlanadi. Dinamik sorbsiya harakatchan faza xarakatsiz fazaga nisbatan bir yunalishda siljiydigan sorbsion jarayondir. Moddalar aralashmasini xromatografik ajratish usuli dinamik sorbsiya jarayoniga asoslangan. Barcha xromatografik usullarning mohiyati shundaki, tarkibiy qismlarga ajratiladigan modda harakatchan faza (suyuq yoki gazsimon) bilan birgalikda xarakatsiz sorbent (xarakatsiz faza) qatlami orqali utadi, yutilishi turlicha bо'lgani uchun sorbent orqali turlicha tezlikda о'tadi. Aralashmalarni ajratishning ba'zi turlaridan farqli ravishda xromatografik usullarning uziga xos xususiyati sorbsiya va desorbsiya jarayonlarning sorbentning yangi qatlamlarida kо'p marta takrorlanishidadir. Bu esa ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 377.62 KB
Ko'rishlar soni 80 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 00:22 Arxiv ichida: ppt
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 377.62 KB
Ko'rishlar soni 80 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: ppt
Tepaga