Xromatografik tahlil usullarining asosiy tushunchalari va sinflanishi

Xromatografik tahlil usullarining asosiy tushunchalari va sinflanishi

O'quvchilarga / Kimyo
Xromatografik tahlil usullarining asosiy tushunchalari va sinflanishi - rasmi

Material tavsifi

Mavzu: XROMATOGRAFIK TAHLIL USULLARINING ASOSIY TUShUNChALARI VA SINFLANIShI MAVZUNI O'ZLAShTIRISh UChUN FOYDALANISh MUMKIN BO'LGAN ADABIYoTLAR 1. Pilipenko A.T., Pyatnitskiy I.V. Analiticheskaya ximiya. V dvux knigax: kn1 - M.: Ximiya, 1990,-480s. 2. Pilipenko A.T., Pyatnitskiy I.V. Analiticheskaya ximiya. V dvux knigax: kn2 - M.: Ximiya, 1990,-480s. 3. Lure Yu.Yu. Analiticheskaya ximiya proizvodstvennix stochnix vod Yu.Yu. Lure; M.: Ximiya, 1984, - 448s. 4. Yuing G. Instrumentalnie metodi ximicheskogo analiza Per. s angl. M.: Mir, 1989. - 348 s. 5. Ayvazov B.V. Vvedenie v xromatografiyu. M.: Vissh. shk., 1983. - 450 s. 6. Goldberg K.A., Vigdergauz M.S. Vvedenie v gazovuyu xromatografiyu. M.: Ximiya, 1990. - 329 s. 7. Stolyarov B.V. i dr. Prakticheskaya gazovaya i jidkostnaya xromatografiya. SPb.: SPbGU, 1998. - S. 81. 1. Xromatografiyaning rivojlanish tarixi. 2. Xromatografiya usuli va xromatografik usullarining o'ziga hos tomonlari. 3. Xromatografik tahlilning asosiy usullari va ularning sinflanishi. 4. Xromatografiya usuli yordamida sifat va miqdor analiz. 5. Xromatografiya usullarining amaliyotda qo'llanilishi. RYeJA: XROMATOGRAFIYaNING RIVOJLANISh TARIXI Xromatografiya - bu murakkab ko'p komponentli aralashmalarni ajratish usullarini ishlab chiqish bilan shug'ullanadigan fizik-kimyoviy tahlil usullarining keng sohasidir. Xromatografiyani fan sifatida kelib chiqish tarixi 1903 yilga borib taqaladi, u vaqtda Varshava universitetining ilmiy ishlar to'plamida rus olimi Mixail Semenovich Tsvetning «Adsorbsiya hodisalarining yangi toifasi va ularni biokimyoviy tahlilga qo'llanilishi haqida» nomli dasturiy maqolasi elon qilindi. Keyinchalik malum bo'lishicha, bu ishda xromatografik usul asoslari birinchi marta bayon qilingan. Mixail Semyonovich Tsvet keng va sof kimyoviy manfaatli botanik-biokimyogar edi. M.S.Tsvet Shveytsariyada ta'lim oldi. U Jeneva Universitetini tamomlab, ilmiy izlanishlarini boshlagan va 24 yoshida 1896 yilda Biologiya doktori ilmiy darajasini olgan. U olib borgan asosiy ilmiy masalalardan biri xlorofill tarkibini aniqlash masalasi edi. M.S.Tsvet o'simliklarning barglarini yashil rangga bo'yaydigan xlorofill murakkab modda, bir qator pigmentlardan iborat ko'p komponentli aralashma ekanligini tushundi va pigmentlarni alohida moddalar shaklida ajratish vazifasini qo'ydi. M.S. Tsvetning tajribalari quyidagicha edi. Yashil quruq barglardan petroley efiri yoki toluol yordamida xlorofill ekstraksiya qildi, so'ng toza bu ekstraktni (to'q yashil rangli) bir qismini qattiq adsorbent donachalari solingan shisha naychaning yuqori qismiga soldi. Adsorbentlar sifatida M.S.Tsvet mineral tuzlardan foydalangan (jami 126 tuzlarining adsorbsion xususiyatlarini tekshirgan). Kiritilgan namuna adsorbent donachalariga shimiladi va naychaning yuqori qismida yashil rangli zona hosil qiladi. Keyin M.S.Tsvet kolonkani toza erituvchi, sof petroley efiri bilan yuvdi. Shu bilan birga, bir muncha vaqt o'tgach, juda qiziqarli hodisa kuzatildi: kolba balandligi bo'ylab alohida joylashgan rangli zonalar paydo bo'ldi, ular orasidagi masofa toza erituvchining yangi hajmlari qo'shilganda ortdi (rasm b, v, g). ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 3.56 MB
Ko'rishlar soni 111 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 00:22 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 3.56 MB
Ko'rishlar soni 111 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga