Xromning 2, 3, 6 valentli birikmalari va xossalari 9-sinf Kimyo fani darsligi asosida 29-mavzu Reja: 2 3 4 Xrom (II)-oksidi 1 Xrom (II)-oksidi Xromat kislotaning tuzlari Xrom (VI)-oksidi Xrom o'zining +2, +3, +6 oksidlanish darajalarida barqaror birikmalarni hosil qiladi: Cr+2O-2 - xrom (II)-oksid - asosli Cr+32 O3-2 - xrom (II)-oksid - amfoter Cr+6O3-2 - xrom (VI)-oksid - kislotali Xrom Xrom (II)-oksidi asosli oksid bo'lib, qora rangli kukundir. Xrom (II)oksidini olish uchun xromning simobli amalgamasi havoda oksidlantiriladi: 2Cr + O2 = 2CrO CrO havoda 100°C dan yuqori haroratda qizdirilsa, oksidlanib, xrom (II)-oksidga aylanadi: 4CrO + O2 = 2Cr2O3 Kislotalar bilan reaksiyaga kirishib, xromning ikki valentli tuzlarini hosil qiladi: CrO + 2HCl = CrCl2 + H2O Xromning ikki valentli birikmalari beqaror. Havo kislorodi ishtirokida oksidlanib, xromning uch valentli birikmalarini hosil qiladi: 4Cr(OH)2 + O2 + 2H2O = 4Cr(OH)3 Cr(OH)2 qizdirilganda, xrom (II)-oksidini hosil qiladi: 4Cr(OH)2 + O2 = 2Cr2O3 + 4H2O Xrom (II)-oksidi amfoter xossaga ega bo'lgan barqaror birikmadir. U yashil rangli kukun. Kislotalar bilan ham, ishqorlar bilan ham reaksiyaga kirishib, tuzlar hosil qiladi: Cr2O3 + 6HNO3 = 2Cr(NO3)3 + 3H2O Cr2O3 + 2NaOH = 2NasrO2 + H2O Xromning uch valentli tuzlariga ishqor ta'sir ettirilib olinadi: CrCl3 + 3NaOH = Cr(OH)3 + 3NaCl Cr(OH)3 + 3HCl = CrCl3 + 3H2O Cr(OH)3 + 3NaOH = Na3[Cr(OH)6] Xromning uch valentli birikmalaridan bo'lgan xromli achchiqtoshlar konchilik sanoatida terilarni oshlash uchun ishlatiladi. Xromli achchiqtoshlarga kaliy xromli achchiqtosh - K2SO4 . Cr2(SO4)3 . 12H2O, ammoniy xromli achchiqtosh - (NH4)2SO4 . Cr2(SO4) . 6H2O lar misol bo'la oladi va ular sulfatli qo'shaloq tuzlardir. Xrom (VI)-oksidi - kislotali oksid. To'q qizil rangli kristall modda. Ishqorlar bilan reaksiyaga kirishib, natriy xromat tuzini hosil qiladi: CrO3 + 2NaOH = Na2CrO4 + H2O Xrom (VI)-oksid suv bilan oson reaksiyaga kirishadi: agar suv ko'p bo'lsa: CrO3 + H2O = H2CrO4 agar CrO3 ko'p bo'lsa: 2CrO3 + H2O = H2Cr2O7 Demak, xrom (VI)-oksidiga ikki xil kislota to'g'ri keladi: H2CrO4 - xromat kislota, H2Cr2O7 - dixromat kislota. Xromat kislotaning tuzlari xromatlar deyiladi va ular sariq rangda bo'ladi. Dixromat kislota tuzlari dixromatlar deyilib, to'q sariq rangli bo'ladi. Kaliy xrom Dixromat kislota Xromat va dixromat kislotalarning natriyli, kaliyli va ammoniyli tuzlari barqaror va suvda yaxshi eriydi. Bu tuzlar kuchli oksidlovchilardir. Shuning uchun ularning kislotali muhitdagi eritmasi turli moddalarni oksidlashda foydalaniladi: 3Na2SO3 + K2Cr2O7 + 4H2SO4 → 3Na2SO4 + K2SO4 + Cr2(SO4)3 + 4H2O 6FeSO4 + K2Cr2O7 + 7H2SO4 = 3Fe2(SO4)3 + Cr2(SO4)3 + K2SO4 + 7H2O ...

Joylangan
11 May 2024 | 08:17:20
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
2.52 MB
Ko'rishlar soni
112 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 00:22
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
11 May 2024 [ 08:17 ]
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
2.52 MB
Ko'rishlar soni
112 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 00:22 ]
Arxiv ichida: pptx