Xromning olinishi, xossalari va birikmalari

Xromning olinishi, xossalari va birikmalari

O'quvchilarga / Kimyo
Xromning olinishi, xossalari va birikmalari - rasmi

Material tavsifi

Mavzu: Xromning olinishi,xossalari va birikmalari Reja: I bob. Kirish 1.1 Xrom gruppachasiga tasnif. II bob. 2.1 Xromning tabiatda tarqalishi 2.2Xromning olinishi 2.3 Xromning xossalari va birikmalari. Xulosa. Xrom Sr, molebden Mo va volfram W xrom guruhini tashkil etadi. W bilan Mo siyrak elementlardir. Xrom va molebdenning sirtqi qavatida 1 ta, sirtdan ikkinchi qavatida 13 ta, volframning sirtqi qavatida 2 ta va sirtdan ikkinchi qavatida 12 ta elektron bor. Sirtqi qavatlarda elektronlari kam bo'lgani uchun, ular elektronlar berib reaksiyaga kirishadi. Bu esa ularda metallik xossalarini borligini ko'rsatadi. Ular shu xossalari jihatdan VI guruh bosh guruhi elementlardan farq qiladi. Bosh guruhcha elementlarining sirtdan ikkinchi qavatlarida ba'zilarida 8 ta, ba'zilarida esa 18 ta elektron bo'ladi, shuning uchun bu elementlar birikmalar hosil qilganda, barqaror qavatlardagi elektronlar ishtirok etmay, faqat sirtqi qavatlardagi elektronlar ishtirok etadi. YOnaki guruhcha, ya'ni xrom guruhcha elementlarida esa sirtdan ikkinchi qavat barqaror emas, shuning uchun bu qavatlarning elektronlari ham birikmalar hosil qilishda ishtirok etadi. Xrom (Srom) Cr. Xrom yer po'stlog'ining 0,03% ni tashkil etadi. U 1727 yilda Sibir rudasi PbCrO4 dan topilgan va chiroyli rangda bo'lgani uchun xrom (rang) deb atalgan: 4 ta tabiiy va 6 ta sun'iy izotopi mavjud. Xrom tabiatda ko'pincha xromit (xromli temirtosh) Fe(CrO2)2 holida uchraydi va odatda FeO Cr2O3 shaklida yoziladi. Xrom ba'zan krokoit PbCrO4 holda ham uchraydi. Bizda xromning eng muhim konlari Ural, Kavkaz va Qozog'istondadir. Oyda ham xrom borligi aniqlandi. Olinishi FeO Cr2O3 ga ko'mir ta'sir ettirilsa, undan temir va xrom qaytariladi: FeO Cr2O3 + 4C=Fe + 2Cr +4CO; Fe(CrO2)2 + 4CO → Fe + 2Cr +4CO2 Bundan temir bilan xrom qotishmasi olinadi, bu qotishma ferroxrom deb ataladi va to'g'ridan - to'g'ri xromli po'latlar ishlab chiqarishga ketadi. Agar toza xrom olinishi kerak bo'lsa, xrom rudasidan avval Cr2O3 olinadi, keyin u alyuminotermiya usuli bilan qaytariladi: Cr2O3 + 2Al = Al2O3 + 2Cr Bu usulda olingan xrom toza bo'lmay, unga ozroq alyuminiy aralashib qoladi. SHu sababli toza xrom olish uchun Cr2O3 kremniy bilan qaytariladi: 2Cr2O3 + 3Si → 3SiO2 + 4Cr Xossalari Xrom och kulrang tusli qattiq va yaltiroq metalldir: uning solishtirma og'irligi 7,1 ga teng to=18900, tqay= 26600 havo va nam ta'siriga berilmaydi, ya'ni korroziyalanmaydi, chunki xrom havoda oksidlanib uning sirtqi yupqa zich oksid Cr2O3 qavat bilan qoplanib qoladi, bu qavat xromni havo va nam ta'siridan saqlaydi. Suyultirilgan qaynoq xlorid va sulfat kislotalar ta'sirida eritilganda, xrom sirtidagi Cr2O3 qavati eriy boshlaydi va kislota ta'siridan ulardan vodorodni siqib chiqaradi. Xrom suyultirilgan nitrat kislota ta'siridan ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 58.62 KB
Ko'rishlar soni 95 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 00:22 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 58.62 KB
Ko'rishlar soni 95 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga