Xusniddin Rustamovich Rustamov (1914 - 2009) Xusniddin Rustamovich G''ustzmov - res-publikamizda fizik-kimyo fanini rivojlan-tirishga katta hissa ko'shgan yirik olimlardan biri, Uzbekistan Respublikasi Fanlar akademiyasining akademigi, kimyo fanlari doktori, Toshkent Kimyo-texnologiya institutining professori. X. Rustamov 1910 yili Toshkent shahrida tug'ildi. O'rta maktabni tamomlab, O'rta Osiyo Davlat universitetining kimyo fakultetiga o'qishga kirdi. 1932 yili universitetni bitirib, ilmiy ish boshladi. Tinimsiz ishladi, fan sirlarini ochishga astoydil kirishdi. 1937 yili nomzodlik dissertatsiyasini yoqladi, 1938 yili dotsentlik unvonini oldi. X. Rustamov 1939 yildan Ikkinchi jahon urushining oxirigacha jang maydonlarida bo'ldi. 1945 yili urushdan qaytgach, o'zi sevgan kasbi bilan shugullandi. Toshkent Politexnika instituti kimyo - texnologiya fakultetida dotsentlik qildi, shu yili fizik - kimyo kafedrasini ochdi va mazkur kafedraga mudir qilib tayinla1shi. Olim uzoq yillar davomida kafedraga rahbarlik qildi. Pedagoglik bilan bir qatorda keng ko'lamda ilmiy ishlarni ham olib bordi. 1954 yili doktorlik dissertatsiyasini yoqlab, 1955 yili professorlik unvoniga ega bo'ldi. X. Rustamov mohir pedagog, ajoyib amaliyotchi ustozdir. Olim fizik, kimyodan mazmunli ma'ruza o'qidi, maslahatlar berdi. O'zining boy ilmiy-pedagogik tajribasini yoshlarga o'rgatdi. O'zbekistondagi texnika o'quv yurtlari talabalari X. Rustamovning umumiy kimyo va fizik - kimyo bo'yicha yozgan darsliklaridan foydalanadilar. «Umumiy kimyo» darsligining qaytadan nashr etilishi bu darslikka bo'lgan talab va ehtiyoj katta ekanligidan dalolat beradi. X. Rustamov 24 nafar fan nomzodining, 2 nafar fan doktorining taiyorlanishida rahbar va maslahatchi sifatida samarali faoliyat ko'rsatdi. Bosilib chikkan ishlarining 256 tasi ilmiy maqola bo'lib, olimning ssrunum mehnati iatijasidir. Professor X. Rustamov 1968 yili O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining muxbir azosi, 200 yili esa akademigi qilib saylandi. Olimning dastlabki ilmiy ishlari sirt hodisalaripi o'rganishga bagishlangan. Ikkinchi jahon urushi tugagandan keyin olim kislota-ishkorli jarayonlar kinetikasini o'rganishga kirishdi. X. Rustamov o'ttizdan ortiq murakkab kimyo reaksiya-larining kinetikasi va msxanizmini o'rganib, chuqur ilmiy fikrlar va xulosalar muallifi bo'ldi. Olim ionli kataliz sohasida ham muhim ishlar qildi. Ionitlar ishtirokida efirlar gidrolizi, glyukoza mutoratatsiyasi, nitrometanining furfurol bilan kondensatsiyasi, ko'p atomli spirtlar eterifikatsiyasi, fenolning atseton bilan kondensatsiyasi. Prints reaksiyasi va boshqalarning kinetikasini o'rgandi. Ionitlarni tashitgichlar sifatida ishlatish mumkinligini isbotladi. X. Rustamov metallar ishtirokida (katalizatorlar sifatida) bazi bir reaksiyalar kinetikasi va mexanizmini o'rganishga, benzoy aldegidi va furfurolning dispro-portsiyalanish reaksiyasining kinetikasini o'rganib, fan uchun muhim ma'lumotlarni olishga muvaffaq bo'ldi. X.Rustamov o'zining pedagogik va ilmiy ishlari bilan bir katordajamoat vazifalarini bajarishda xam faol ishtirok etdi. U Respublikada kimyo bilimlarini keng tarqatish va targ'ib qilishda ham namuna bo'ladigan ishlar qildi. O'zbekcha kimyo terminologiyasi ma'lumotnomasini yaratishda katnashdi va maktab hamda oliy o'quv yurtlari talabalari uchun 7 ta darslik, bir nechta o'quv qo'llanmalarini ezdi. ...

Joylangan
11 May 2024 | 08:17:20
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
19.88 KB
Ko'rishlar soni
106 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 00:22
Arxiv ichida: docx
Joylangan
11 May 2024 [ 08:17 ]
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
19.88 KB
Ko'rishlar soni
106 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 00:22 ]
Arxiv ichida: docx